Toshkent moliya instituti “Moliya” fakulteti “Xalqaro moliya-kredit” kafedrasi tomonidan “Inson shaxsini rivojlantirishda huquqiy madaniyatning ahamiyati” mavzusida talabalar bilan oʻtkazilgan maʼnaviy-maʼrifiy tadbir
Toshkent moliya institutining “Xalqaro moliya-kredit” kafedrasi professor-oʻqituvchilari, MMT-94-95 va MM-64i gurux talabalari, institut tyutorlari va Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokraturasining “Fuqarolarning huquqi va erkinliklarini himoya qilish” boʻlimi boshligʻi, yuridik fanlar doktori T.A.Umarov ishtirokida 2021-yil 11-noyabr kuni “Inson shaxsini rivojlantirishda huquqiy madaniyatning ahamiyati” mavzusida maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi.
Tadbir davomida maʼruzachi huquqiy madaniyat jamiyatning qonunchilik va mavjud qonunlardan aholining xabardorlik darajasi, huquq normalariga rioya qilinishi va ularga boʻysunmagan shaxslarga nisbatan qoʻllaniladigan chora-tadbirlarga bogʻliqligi hamda uning inson shaxsini rivojlantirishda tutgan oʻrni alohida ahamiyatga ega ekanligini taʼkidlab oʻtdi.
Buyuk kelajagimizning mustahkam poydevori boʻlgan Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganiga qariyb oʻttiz yil boʻlmoqda. Har bir fuqaro, eng avvalo, Konstitutsiyani yaxshi bilishi, undagi normalarni oʻrganishi, oʻzining huquqi, burchi va majburiyatlarini toʻla anglashi va ularni hayotda qoʻllay olishi kerak. Yillar oʻtgani sayin, biz ushbu tarixiy hujjatning davlatimiz va jamiyatimiz, shuningdek har bir fuqaro hayotidagi tutgan oʻrni bebaho ekanligini va ahamiyatini teranroq his qilmoqdamiz. Tadbir yakunida talabalar oʻzlarini qiziqtirgan savollar bilan ishtirok etib, maʼruzachilar tomonidan tegishli javoblar oldilar.