• 6.jpg
  • 55.jpg
  • 77.jpg
  • fon1.jpg
  • fon2.JPG

Hide Main content block

2017-yilning 14-noyabrida Toshkent moliya institutining Kredit-iqtisod fakultetida “Ota-onalar” kuniga bag‘ishlangan tadbir bo‘lib o‘tdi

Tadbirda institutimiz rektori N.Xaydarov, o‘quv ishlari bo‘yicha prorektor I.Qo‘ziyev, ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha prorektori F.Muxamedov, Kredit- iqtisod fakultetining dekani R.Saidov, fakultet “Ota-onalar kengashi” raisi professor T.Karaliyev dekan muovinlari, fakultetning professor-o‘qituvchilari, ota-onalar va talabalar ishtirok etdilar.

Tadbirni rektor N.Xaydarov kirish so‘zi bilan ochdi. U o‘z nutqida institutda talabalarning bilim olishi uchun qulay sharoitlar yaratilgani, chet tillarni va barcha fanlarni o‘rganish uchun zamonaviy qulayliklar mavjudligi to‘g‘risida so‘z yuritdi.

Fakultet dekani R.Saidov ham o‘z nutqida fakultet tarixi, ta’lim sifatini yaxshilash choralari, talabalar davomati, kafedralar faoliyati xususida so‘z yuritdi. Shu bilan birgalikda iqtidorli talabalar bilan ishlash yaxshi yo‘lga qo‘yilgani aytib o‘tildi. Masalan, chet tillarni o‘rganish klublari tashkil etildi (ingliz, xitoy, koreys), “Yosh bankir”, “Bank buxgalteri”, to‘garaklari hamda “English Language debate club” munozara klubi tashkil etilgan. Fakultetning 3 ta guruhi ingliz tilida ta’lim beriladi. Tadbirda o‘z bilimi va xulqi bilan alohida yutuqlarga erishgan talabalarning ota-onalariga faxriy yorliqlar taqdim etildi va tashakkur el’on qilindi.

Ota-onalar o‘qish va yashash uchun talabalarga yaratilgan shart-sharoitlardan mamnun ekanliklarini bildirdilar. Ular o‘zlarini qiziqtirgan barcha savollariga javob oldilar. O‘qituvchilar bilan yaqin muloqotga tayyor ekanliklarini izhor etdilar.

BOG`LANISH

Toshkent Moliya Instituti

  • Manzil: 100000 Toshkent shahri, A.Temur ko`chasi 60A
  • Telefon: (8 371) 234-53-34
  • Faks: (8 371) 234-11-48
  • Email: admin@tfi.uz
  • Ishonch telefoni: (8 371) 235-77-66
  • Jamoat transporti: 10,17,19,24,38,51,60,67,72,93,115,140
  • Ish tartibi: 09:00 dan 18:00 gacha

Hozir saytda

Hisoblagich

uz certified

Top
We use cookies to improve our website. By continuing to use this website, you are giving consent to cookies being used. More details…