Welcome to Official web site of Tashkent institute of finance   Click to listen highlighted text! Welcome to Official web site of Tashkent institute of finance Powered By GSpeech

  • 6.jpg
  • 55.jpg
  • 77.jpg
  • fon1.jpg
  • fon2.JPG

Hide Main content block

Hisob va audit fakulteti tashabbusi bilan “Diniy ekstremizm va terrorizm - yoshlar kelajagiga tahdid” mavzusida davra suhbati tashkil etildi

2017-yil 8-noyabr kuni Hisob va audit fakulteti dekanati tashabbusi bilan “Toshkent moliya instituti tasarrufidagi fakultetlarda ATM xodimlari, huquq-tartibot organlar hamda OAV vakillari ishtirokida uch tomonlama hamkorlikni kuchaytirishga qaratilgan profilaktik tadbirlar reja-jadvali”ga muvofiq institutning 2-sonli ma’ruzalar zalida “Diniy ekstremizm va terrorizm - yoshlar kelajagiga tahdid” mavzusida davra o‘tkazildi.

Davra suhbatida Toshkent moliya instituti akademik litsey va kollejlar bilan ishlash bo‘yicha prorektori X.Shennayev, Yunusobod tumani IIB “Terrorrizm va ekstremizmga qarshi kurashish” bo‘lim boshlig‘i, podpolkovnik B.K.Irismetov, Yunusobod tumani IIB “Terrorrizm va ekstremizmga qarshi kurashish” bo‘limi mayori X.M.Sodiqov va katta serjanti S.A.Abduraxmonov, Toshkent moliya instituti ijtimoiy fanlar kafedrasi mudiri, f.f.n., dotsent M.N.Primov, Hisob va audit fakulteti dekani K.Karimova, dekan muovinlari S.Sherov va I.Meliyev, fakultet akademguruhlari murabbiylari va 220 nafar fakultet talabalari qatnashdilar.

Tadbirdan ko‘zlangan asosiy maqsad - Diniy ekstremizm va terrorizmning mazmuni va uning xavfli oqibatlarini talaba-yoshlarga tushuntirish, talaba-yoshlarni to‘g‘ri yo‘ldan ozdirishga harakat qilayotgan turli buzg‘unchi g‘oya va mafkuralarga qarshi immunitetni shakllantirish va ularga qarshi ma’rifat bilan kurashishni talaba-yoshlarga tushuntirishdan iboratdir.

Tadbirda Yunusobod tumani IIB “Terrorrizm va ekstremizmga qarshi kurashish” bo‘lim boshlig‘i, podpolkovnik B.K.Irismetov, Yunus­obod tumani IIB “Terrorrizm va ekstremizmga qarshi kurashish” bo‘limi mayori X.M.Sodiqov va katta serjanti S.A.Abduraxmonov, Toshkent moliya instituti ijtimoiy fanlar kafedrasi mudiri, f.f.n., dotsent M.N.Primov, Hisob va audit fakulteti dekani K.Karimovalar so‘z olib, Ular o‘z nutqlarida talaba-yoshlarga bugungi kunda Islom dinini niqob qilib terroristik harakatlarni olib borayotgan diniy ekstremistik va terrorchilik tashkilotlari faoliyati haqida hamda ommaviy tahdidlar kabi yoshlarimizning ongini zaharlashga urinishlar bo‘layotganligini amaliy misollar orqali talabalarga tushuntirib berdilar.

Shuningdek, Ular hozirgi kunda shiddat bilan o‘zgarib borayotgan, tahlikali davrda yashayotganligimizni, bir tomondan, uyushgan jinoyatchilik, giyohvandlik, odam savdosi kabi tahdidlar bo‘lsa, ikkinchi tomondan g‘oyaviy tahdidlar-axborot xuruji, diniy ekstremizm va missionerlik harakatlari tinchlik va osoyishtalikka o‘z ta’sirini o‘tkazayotganligini, terrorizm va din niqobidagi siyosiy ekstremizm allaqachon, milliy, etnik, diniy va hududiy xususiyatini yo‘qotib, xalqaro muammoga aylanganligini ta’kidlab, bu borada eng avvalo, har bir insonda daxldorlik hissi bo‘lishini hamda atrofda ro‘y berayotgan voqea-hodisalarga bee’tibor bo‘lmaslik va bilib-bilmay o‘z umrini xazon qilmaslik zarurligini ta’kidladilar.

Tadbir davomida talabalar tomonidan berilgan savollarga mutaxassislar tushunarli va ogohlikka da’vat etgan holda javob berdilar. Jumladan, davra suhbatida fakultet 3-bosqich HBA-34 guruh talabasi U.Karimberdiyev va 3-bosqich HBA-80 guruh talabasi X.Xamidovlar ham tadbir tashkilotchilari va qatnashchilariga mazmunli hamda asosli ma’ruzalar uchun talabalar nomidan o‘z minnatdorchiliklarini bildirib, mavzuga doir o‘z fikr-mulohazalari va takliflarini berishdi. Shuningdek, tadbirda O‘zbekiston tederadiokompaniyasining “Mahalla” va “Toshkent” nomli radiokanallar muxbirlari ham tadbirni xalq ommasiga yetkazish maqsadida qatnashib, o‘z navbatida, ushbu radiokanallar uchun Toshkent moliya instituti ijtimoiy fanlar kafedrasi mudiri, f.f.n., dotsent M.N.Primov va fakultetning 4-bosqich HBA-52 guruhi talabasi O‘.Jo‘rayev tadbir to‘g‘risida o‘z fikr-mulohazalari asosida intervyu berishdi.

BOG`LANISH

Toshkent Moliya Instituti

  • Manzil: 100000 Toshkent shahri, A.Temur ko`chasi 60A
  • Telefon: (8 371) 234-53-34
  • Faks: (8 371) 234-11-48
  • Email: admin@tfi.uz
  • Ishonch telefoni: (8 371) 235-77-66
  • Jamoat transporti: 10,17,19,24,38,51,60,67,72,93,115,140
  • Ish tartibi: 09:00 dan 18:00 gacha

Hozir saytda

Hisoblagich

uz certified

Top
Click to listen highlighted text! Powered By GSpeech
We use cookies to improve our website. By continuing to use this website, you are giving consent to cookies being used. More details…