Welcome to Official web site of Tashkent institute of finance   Click to listen highlighted text! Welcome to Official web site of Tashkent institute of finance Powered By GSpeech

A- A A+
  • 2.jpg
  • 6.jpg
  • 16.jpg
  • 55.jpg
  • 77.jpg
  • fon1.jpg
  • fon2.JPG

Hide Main content block

Kafedralar samarali faoliyati-ta’lim sifati va institut reytingining barqaror o‘sish manbasi

Institut rektori prof. N.X.Xaydarov 2018 yil 6 yanvarda professor-o‘qituvchilar uchun “Kafedralar samarali faoliyati-ta’lim sifati va institut reytingining barqaror o‘sish manbasi” mavzusida ma’ruza qildi.

Ma’ruza uch qismda tashkil etilib, o‘z ichiga “Prezidentimiz rahnamoligida mamlakat ta’lim tizim oldiga qo‘yilayotgan asosiy vazifalar”, “O‘tgan yilda O‘quv-uslubiy, Ilmiy-innovatsion, Ma’naviy-tarbiyaviy, Akademik litsey va nihoyat Moliya-iqtisodiy sohadagi holat tahlili”, “Faoliyatimizdagi muammolar va ularni bartaraf etish yo‘llari” kabi qismlarni oldi.

Ma’ruza davomida prof. N.Xaydarov institutning shu kunga qadar rivojlanish tarixiga qisqacha nazar solish bilan boshlab, bugungi kunda institutda faoliyat yuritayotgan professor o‘qituvchilar haqida ma’lumot berdi. Shuningdek, 2017 yil “Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari” yilida institut oldiga qo‘yilgan vazifalar va ularning bajarilish holati, xususan, institut virtual qabulxonasiga kelib tushgan ariza, shikoyat va takliflar hamda ularning o‘z vaqtida to‘liqligicha ijrosi ta’minlanganligi xususida ma’lumot berib o‘tdi.

Shuningdek, institut rektori O‘zbekiston Respublikasi 2017 yil 7 fevraldagi “2017-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasi” belgilangan 5 ta ustuvor vazifalar va ularning institut miqyosida bajarilish holati xususida to‘xtalib o‘tdi. Bu jarayonda mazkur ustuvor vazifalarni bajarishda faol qatnashgan kafedralarni aytib o‘tgan holda, bu jarayonda Prezident farmonini ijro qilishda nafaqat tashabbuskorlik, balki aytilgan topshiriq va vazifalarni ham ijro qilishda kamchiliklarga yo‘l qo‘yib kelayotgan kafedralarni tanqidiy baholab o‘tdi.

Shundan so‘ng, institut rektori prof. N.Xaydarov O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 20 apreldagi “Oliy ta’lim tizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 2909-sonli Qarori va 2017 yil 27 iyuldagi PQ-3151-sonli “Oliy ma’lumotli mutaxassislar tayyorlash sifatini oshirishda iqtisodiyot sohalari va tarmoqlarining ishtirokini yanada kengaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Qarorining bugungi kundagi ahamiyati va ushbu Qarorlardan kelib chiqqan holda institut tomonidan bajarilishi lozim bo‘lgan vazifalar xususida to‘xtalib o‘tdi.

Prof. N.Xaydarov 2017 yil 22 dekabr kuni Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning Oliy Majlisga murojaatnomasini Xalqimiz Ommaviy axborot vositalarida muhokama qilayotganligi va izohlar berayotganligini ta’kidlab o‘tdi. Shuningdek, ushbu murojaatnomada ta’lim tizimiga ham institut faoliyatiga aloqador bo‘lgan bir qator ko‘rsatkichlar qayd etilganligi xususida alohida to‘xtalib, professor-o‘qituvchilarga bu bo‘yicha qator ma’lumotlar va bajarilishi kechiktirib bo‘lmaydigan vazifalarni keltirib o‘tdi.

Ma’ruzaning ikkinchi qismida prof. N.Xaydarov tomonidan “O‘tgan yilda O‘quv-uslubiy, Ilmiy-innovatsion, Ma’naviy-tarbiyaviy, Akademik litsey va nihoyat Moliya-iqtisodiy sohadagi holat tahlili” bo‘yicha ma'lumotlar berildi. Bunda asosiy e’tibor o‘quv-uslubiy ishlar bo‘yicha institut tomonidan o‘qitilayotgan fanlar va ular bo‘yicha uslubiy ta’minotning ta’minlanganlik darajasi, professor-o‘qituvchilar tomonidan barbod etilgan darslar; ilmiy va innovatsion faoliyat bo‘yicha institut kafedralari kesimidagi ilmiy salohiyat darajasi, keyingi besh yil davomida himoya bo‘lmagan kafedralar tarkibi, mahalliy va xorijiy grantlarda ishtirok etmayotgan kafedralar tarkibi, keyingi uch yilda mahalliy va xorijiy anjumanlar tashkil etmagan kafedrlar tarkibi, ilmiy maqola va monografilar chop etishda ortda qolayotgan kafadrlar tarkibi tanqidiy baholandi.

Ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha ham institut tomonidan erishilgan qator yutuqlar aytib o‘tilishi bilan bir qatorda, bu borada yo‘l qo‘yilayotgan kamchiliklar va bajarilishi lozim bo‘lgan muhim masalalar bo‘yicha ham alohida to‘xtalib o‘tildi. Ma’ruzada akademik litsey va kasb hunar kollejlari bilan hamkorlik borasida amalga oshirilgan ishlar xususida ham alohida to‘xtalib o‘tildi. Shuningdek, moliyaviy-iqtisodiy faoliyat bo‘yicha institutning daromadlari va xarajatlari xususida to‘xtalib o‘tilib, ularni samarali tashkil etish xususida vazifalar qo‘yildi.

Shundan so‘ng institut rektori prof. N.Xaydarov yuqoridagi tahliliy ma’lumotlardan kelib chiqqan holda yig‘ilish ishtirokchilariga xulosa va takliflarini bayon etdi. Bunda, institut faoliyatida yo‘l qo‘yilayotgan kamchiliklar va ularni bartaraf etish yuzasida tegishli prorektorlarga alohida vazifalar belgilab berdi. Shuningdek, prof. N.Xaydarov o‘z so‘zida “Yuqoridagi qayd etilgan holat va xulosalarning barchasida kafedralarning roli o‘ta ahamiyatli bo‘lganligi uchun, 2018 yilni institutimiz uchun “Faol va innovatsiyaga yo‘naltirilgan kafedra faoliyati” mazmunida ish olib borsak, bir vaqtning o‘zida, ta’lim sifati va institutning innovatsion faoliyati yuksalishi orqali reytinggi ham oshishiga qulay imkoniyat tug‘ilgan bo‘lar edi” deya, ta’kidladi.

Ma’ruza yakunida Muhtaram Prezidentimizning xalq deputatlariga qilgan murojaati so‘ngida aytgan so‘zlariga mos so‘zlar bilan, ya’ni: “O‘zimiz o‘zimizga xiyonat qilmasak, o‘zimiz o‘zimizni aldamasak, halol-pok bo‘lib mehnat qilsak, men aminman, ko‘zlagan barcha marralarimizga albatta yetamiz. Bu borada men avvalo ko‘p sinovlardan yorug‘ yuz bilan o‘tgan kafedra mudirlarimiz va kafedralarda faoliyat yuritayotgan olijanob professor-o‘qituvchilarimizning mustahkam irodasi va bunyodkorlik salohiyatiga to‘la to‘kis ishonaman” – deb, ta’kidladi. So‘ngra majlis ishtirokchilariga “Ezgu maqsadlarimizga erishish yo‘lida barchangizga kuch-g‘ayrat, sihat-salomatlik, oilaviy baxt va farovonlik tilayman” – deya, ma’ruzani yakunladi.

Shundan so‘ng “Kasbiy ta’lim” kafedrasi professori S.Xasanov so‘zga chiqib, institut xududida faoliyat yuritayotgan oshxonalar faoliyatini nazorat qilishni yanada kuchaytirish, ovqatlarning sifat va narxini tanqidiy ko‘rib chiqish lozim. Chunki, bu bevosita institutda faoliyat yuritayotgan professor-o‘qituvchilar va xodimlar, shuningdek, institutda tahsil olayotgan talabalar uchun bugungi kunda muhim ahamiyat kasb etadi, deb ta'kidlab o‘tdi.

Institut Kasaba uyushmasi raisi prof. Z.Yuldashev ham so‘zga chiqib, institutda o‘qitiladigan fanlar xususida to‘xtalib o‘tdi. Institutimizda o‘qitiladigan aksariyat fanlar bo‘yicha o‘quv adabiyotlarning ta’minlangan darajasi yuz foizdir. Ammo, hozirgi kunda o‘qitilayotgan ayrim fanlar bo‘yicha o‘quv adabiyotlar yetarli darajada emas. Bu, o‘z navbatida, o‘qitish jarayonini murakkablashtiradi va turli muammolarni keltirib chiqaradi. Bunday fanlardan zudlik bilan o‘quv adabiyotlarini yaratishimiz lozim. Chunki, bugungi kunda o‘quv adabiyoti mavjud bo‘lmagan fan bo‘yicha talabalarni bilimli qila olmaymiz. Ishonchim komilki, institutda faoliyat yuritayotgan professor-o‘qituvchilar uslubiy ta’minotlarni to‘liq ta’minlay oladilar, deya ta’kidlab o‘tdi.

Shundan so‘ng “Moliya” kafedrasi mudiri prof. T.Malikov so‘zga chiqib, institutda faoliyat boshlagan har bir professor-o‘qituvchi ilmiy darajaga ega bo‘lishi uchun ilmiy ish qilishi shart. Har bir professor-o‘qituvchi o‘z oldiga ilmiy ish qilishni maqsad qilib qo‘yishi kerak, aks holda ularda bugungi kunda ilmiy ish qilish uchun shunday imkoniyatlarga ega joyda mehnat faoliyatini olib borayotganliklariga qaramasdan ilmiy ish qilmaganligi uchun ularning vijdoni qiynalishi kerak. To‘g‘ri, ilmiy ish qilish oson ish emas, buni xalqimiz bekorga “Igna bilan quduq qazish”ga o‘xshatishmagan, lekin, ko‘nglimizda bu bo‘yicha xoxish-istakimiz bo‘lsa, albatta ilmiy ish qilib, institut jamoasi oldida yuzimiz yorug‘ bo‘la oladi. Bu qilinadigan ishlarimiz institut umumiy ilmiy salohiyatini oshirishga xizmat qiladi, deb qayd etdi.

BOG`LANISH

Toshkent Moliya Instituti

  • Manzil: 100000 Toshkent shahri, A.Temur ko`chasi 60A
  • Telefon: (8 371) 234-53-34
  • Faks: (8 371) 234-11-48
  • Email: admin@tfi.uz
  • Ishonch telefoni: (8 371) 235-77-66
  • Jamoat transporti: 10,17,19,24,38,51,60,67,72,93,115,140
  • Ish tartibi: 09:00 dan 18:00 gacha

Hozir saytda

Hisoblagich

uz certified

Top
Click to listen highlighted text! Powered By GSpeech
We use cookies to improve our website. By continuing to use this website, you are giving consent to cookies being used. More details…