Welcome to Official web site of Tashkent institute of finance   Click to listen highlighted text! Welcome to Official web site of Tashkent institute of finance Powered By GSpeech

A- A A+
  • 1.jpg
  • 2.jpg
  • 6.jpg
  • 16.jpg
  • 55.jpg
  • 77.jpg
  • 100.jpg
  • 101.jpg
  • fon1.jpg
  • fon2.JPG

Hide Main content block

TANISHING DAVLAT STIPENDIYASI SOVRINDORLARI

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2008 yil 13 oktyabrdagi “O‘zbekiston iqtidorli yoshlarini taqdirlash va moddiy rag‘batlantirish to‘g‘risida”gi 226-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Talabalar uchun O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining davlat stipendiyalari va ularni tayinlash tartibi to‘g‘risida”gi Nizomga muvofiq 2018/2019 o‘quv yilida mazkur qaror ijrosini ta’minlash maqsadida respublikamiz oliy  ta’lim muassasalarining a’lochi, iqtidorli va ijodkor talabalari o‘rtasida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining davlat stipendiyalari va Navoiy, Beruniy, Ulug‘bek, Ibn Sino, Imom al-Buxoriy va Islom Karimov Davlat stipendiyalariga tanlov o‘tkazildi.

Tanlov natijalariga ko‘ra institutimizning quyidagi talabalari: magistraturaning “Bank hisobi va audit” mutaxassisligi 2-kurs BHA-3 guruhi talabasi Rajabov Sharof Ataboy o‘g‘li “Biznes va boshqaruv” yo‘nalishi bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining davlat stipendiyasiga, Umirzoqov Ja’sur Artiqboy o‘g‘li va Mamadjonov Shukurillo Ibrohimjon o‘g‘li O‘zbekiston Respublikasi Navoiy nomidagi Davlat stipendiyasiga, Sattoriy Fayzulloh Abdijabbor o‘g‘li O‘zbekiston Respublikasi Islom Karimov nomidagi Davlat stipendiyasiga sazovor bo‘ldilar.

O‘zbekiston Respublikasi Davlat stipendiyalariga sazovor bo‘lgan talabalarni Institut rahbariyati va jamoasi nomidan qutlab, ularning kelgusidagi o‘qishlari, ilmiy faoliyatlari va shaxsiy hayotlarida  muvaffaqiyatlar tilaymiz.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti
Davlat stipendiyasi sovrindori

 

RAJABOV  ShAROF ATABOY o`g`li 

Rajabov Sharof Ataboy o‘g‘li  1994-yil 1-iyunda Xorazm viloyati Bog‘ot tumanida tavallud topgan.

2017-yil Termiz davlat universiteti “Moliya” yo‘nalishini muvaffaqiyatli tamomlagan. Bugungi kunda Toshkent moliya institutining Magistratura bo‘limida “Bank hisobi va audit” mutaxassisligi bo‘yicha tahsil olib kelmoqda. U institutda o‘zining namunali xulqi, bilimga chanqoqligi bilan keng jamoatchilik orasida hurmat qozondi.

O‘tgan davr mobaynida Sh.Rajabov qator yutuqlarga erishishga muvaffaq bo‘ldi. U 2010 yil "Matematika" fani bo‘yicha o‘tkazilgan fan olimpiadasining Xorazm viloyati bosqichida g‘olib bo‘ldi.

         Sh.Rajabov 2016 yil “Soliq bilimdonlari” ko‘rik tanlovining mintaqaviy bosqichida faol ishtirok etganligi uchun munosib taqdirlandi.

         Rajabov Sharof 2018-2019 o‘quv yili uchun magistraturaning “Biznes va boshqaruv” yo‘nalishi bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti davlat stipendiyasi sovrindori bo‘ldi.

Rajabov Sharof Ataboy o‘g‘li ilmiy izlanishdagi erishgan natijalar bilan ham talaba-yoshlarga oʻrnak boʻlib kelmoqda. Bugungi kunda uning ko‘plab ilmiy maqola va tezislari respublika va xalqaro konferensiyalar hamda ilmiy jurnallarda chop etilgan. Shuningdek, Rajabov Sharof  “Tijorat banklarida ichki audit xizmati va uni takomillashtirish” mavzusidagi magistrlik dissertatsiyasi ustida izlanishlar olib bormoqda.

O‘zbekiston Respublikasi Islom Karimov nomidagi
Davlat stipendiyasi sovrindori


SATTORIY FAYZULLOH ABDIJABBOR O‘G‘LI

 

Sattoriy Fayzulloh Abdijabbor o‘g‘li 1997 yil 9 fevralda Namangan viloyatida tavallud topgan.

2015 yilda Namangan davlat universiteti qoshidagi 1-son akademik litseyini tamomlab, Toshkent moliya institutiga o‘qishga qabul qilingan. Hozirda Moliya fakultetining 4-kurs talabasi.

F.Sattoriy institutda o‘qishi bilan birgalikda ilmiy-amaliy konferensiyalarda ham faol ishtirok etib kelmoqda. Uning 30 ga yaqin ilmiy maqola va tezislari xalqaro va respublika ilmiy jurnallarda, ilmiy-amaliy konferensiya materiallarida chop etilgan. Uning ilmiy maqola va tezislarida iqtisodiyotning ustuvor sohalarini modernizatsiya va diversifikatsiyalashni yanada jadallashtirish, davlat moliya tizimini xorijiy tajribalar asosida isloh qilish kabi dolzarb masalalar o‘rin olgan.

Shuningdek, unga O‘zbekiston Respublikasi Intellektual mulk agentligi tomonidan “Korxonalar moliyaviy holatini baholash” elektron dasturi uchun guvohnoma berilgan.

Qolaversa, u qator tanlovlar, fan olimpiadalarida ishtirok etib, g‘oliblikni qo‘lga kiritdi. Xususan, oliy ta’lim muassasalari talabalari o‘rtasida 2017-2018 o‘quv yilida o‘tkazilgan “Moliya va kredit” fanlari bo‘yicha Respublika fan olimpiadasida 1-o‘rinni egalladi.

F.Sattoriy 2017-2018 o‘quv yili uchun ta’sis etilgan “S. Qodirxonov” nomli Toshkent moliya instituti stipendiyasi, 2018-2019 o‘quv yilida Islom Karimov nomidagi Davlat stipendiyasi sovrindori bo‘ldi.  

F.Sattoriy ilmiy tadqiqot faoliyatini davom ettirib, bugungi kunda korxonalar moliyasini rivojlantirish metodologiyasi va bu borada xorijiy tajribalarni amaliyotga keng tadbiq etish yuzasidan ilmiy izlanishlar olib bormoqda.

O‘zbekiston Respublikasi Navoiy nomidagi

Davlat stipendiyasi sovrindori

 

 UMIRZOQOV JA’SUR ARTIQBOY O‘G‘LI

 

Umirzoqov Ja’sur Artiqboy o‘g‘li 1993 yil 26 yanvarda Samarqand viloyatida shifokorlar oilasida tug‘ilgan. Millati o‘zbek.

Hozirda u G‘aznachilik va davlat jamg‘armalari fakultetining
4-kursida tahsil olmoqda. J.Umirzoqov o‘qish bilan bir qatorda, O‘zbekiston yoshlar ittifoqi fakultet yetakchisi sifatida faoliyat olib bormoqda.

Umirzoqov Ja’sur qator nufuzli tanlovlar, xalqaro va respublika ilmiy konferensiya, seminarlar, turli tanlovlarda ham faol ishtirok etib kelmoqda. Jumladan, Yevropa Ittifoqining “Erasmus+” dasturining UZDOC2.0. loyihasi doirasida bo‘lib o‘tgan xalqaro ilmiy seminarda, Rossiya Federatsiyasining Moskva shahrida o‘tkazilgan “Молодой ученый: вызовы и перспективы” mavzusidagi yosh olimlarning xalqaro konferensiyasida faol ishtirok etib, sertifikat bilan taqdirlandi. Shuiningdek, u Adliya vazirligi tomonidan tashkil etilgan “Eng yaxshi huquq targ‘ibotchisi” Respublika tanlovi hamda O‘zbekiston xalq demokratik partiyasining “Yosh siyosatchi” ko‘rik-tanlovi Respublika bosqichida g‘olib bo‘ldi.

         J.Umirzoqov ustozlari bilan birgalikda yaratilgan “Korxonalar bankrotligini bashoratlashning ko‘p omilli modeli” nomli innovatsion ishlanmasi uchun ADWEEK marketing va reklama haftaligi doirasida o‘tkazilgan “Innovatsion g‘oyalar va texnologiyalar” ko‘rik-tanlovi, “Yoshlarning innovatsion g‘oyalari va texnologiyalarini qo‘llab-quvvatlash yarmarka”larida sertifikatlarga ega bo‘ldi.  

J.Umirzoqov iqtisodiyot tarmoqlariga erkin iqtisodiy hududlar orqali xorijiy investitsiyalarni jalb etish yuzasidan ilmiy izlanishlar olib borib, i.f.n., dotsent J.Karimqulovning ilmiy rahbariligida 1ta monografiya va ilmiy risola, xalqaro va respublika ilmiy jurnallarida 11 ta maqola, xalqaro va respublika ilmiy-amaliy konferensiya to‘plamlarida 30 dan ortiq ilmiy tezislari chop etgan.

Joriy yilda J.Umirzoqov Malayziyaning nufuzli oliy ta’lim muassasalaridan biri – Bayneri (BINARY UNIVERSITY OF MANAGEMENT AND ENTERPRENEURShIP) universitetida o‘z malakasini oshirib qaytdi.

YoF-1-2-sonli “Iqtisodiyotni modernizatsiyalash sharoitida ishlab chiqarish infratuzilmasini mutanosib rivojlantirishning asosiy yo‘nalishlari” mavzusidagi fundamental tadqiqot davlat granti doirasida 2018 yilda i.f.n., dotsent J.Karimqulov va J.Umirzoqov muallifligida “Xorijiy investitsiyalarni erkin iqtisodiy hududlarga jalb qilish va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish” nomli ilmiy risolasi chop etildi. Ilmiy risoladan o‘rin olgan Samarqand, Farg‘ona, Navoiy, Jizzax, Buhoro viloyatlariga jalb etiladigan xorijiy investitsiyalar hajmini oshirishga qaratilgan ilmiy-amaliy takliflar viloyat hokimliklariga taqdim etildi.

J.Umirzoqov 2018/2019 o‘quv yillari uchun Navoiy nomidagi Davlat stipendiyasiga sazovor bo‘ldi.

J.Umirzoqov mamlakatimiz iqtisodiyotiga xorijiy investitsiyalarni jalb etishdagi ilg‘or xorijiy tajribalarni o‘rganish orqali erkin iqtisodiy hududlarni yanada rivojlantirish bo‘yicha ilmiy izlanishlar olib bormoqda.

O‘zbekiston Respublikasi Navoiy nomidagi
D
avlat stipendiyasi sovrindori

 

MAMADJONOV ShUKURILLO IBROHIMJON O‘G‘LI

 

Mamadjonov Shukurillo Ibrohimjon o‘g‘li 1998 yil 20 dekabr kuni Namangan viloyatida tug‘ilgan.

U 2016 yilda Namangan davlat universiteti qoshidagi 2-son akademik litseyini tamomlagan. Shu yilda Toshkent moliya institutiga Banki ishi ta’lim yo‘nalishiga o‘qishga qabul qilindi. Bugungi kunda Bank ishi fakultetining 3-kurs talabasi.

Mamadjonov Shukurillo institutda qisqa fursatda o‘zining na’munali xulqi, bilimga chanqoqligi bilan keng jamoatchilik orasida hurmat qozondi. Shu bilan bir qatorda, u 2017 yilning sentyabridan O‘zbekiston yoshlar ittifoqi fakultet kengashi a’zosi hisoblanadi.

Sh.Mamadjonov institutda o‘qish davri mobaynida o‘zining fanlarni a’lo baholarga o‘zlashtirishi hamda ilmiy-tadqiqot faoliyatiga qiziqishi tufayli ilmiy-amaliy konferensiya va seminarlarda faol ishtirok etmoqda. Uning 25 dan ortiq tezis va maqolalari xalqaro va respublika ilmiy jurnallari, ilmiy-amaliy konferensiya materiallari to‘plamlarida chop etildi.

2018 yilda O.Bafoyev, Sh.Mamadjonov hammuallifligida “Mintaqalarda agrosanoat tizimini rivojlantirish” nomli ilmiy risola chop etildi. Ilmiy risola respublikamiz hududlarida asosiy tarmoqlaridan biri – agrosanoat majmuasida infratuzilmani rivojlantirish, mazkur sohani zamon talabalari asosida modernizatsiyalash bo‘yicha imliy izlanishlar natijalariga bag‘ishlangan.

Shuningdek, Sh.Mamadjonov respublika, institut hamda O‘zbekiston yoshlar ittifoqi tomonidan o‘tkaziladigan ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar, o‘quv seminarlar, yoshlar festivallari hamda sport musobaqalarida faol ishtirok etib kelmoqda. Uning tashabbuskorligida “Faxriy ustozlar – e’zozda” ijtimoiy loyihasi, “Eng yaxshi kitobxon talaba” tanlovi kabi tadbirlar amalga oshirildi.

Sh.Mamadjonov sportning karate turi bilan muntazam shug‘ullanib, o‘tgan davr mobaynida sportning ushbu turi bo‘yicha o‘tkazilgan qator respublika musobaqalarida ishtirok etib, g‘oliblikni qo‘lga kiritdi.

Sh.Mamadjonov 2018-2019 o‘quv yilida Navoiy nomidagi Davlat stipendiyasiga sazovor bo‘ldi.

Kelgusida ilmiy izlanishlarni davom ettirishni maqsad qilgan Sh.Mamadjonov O‘zbekistonda ajrosanoat majmuasini rivojlantirishning istiqbolli yo‘nalishlarini o‘rganish, bu borada hududlarning imkoniyatlarini tahlil etish yuzasidan ilmiy faoliyatini davom ettirmoqda

BOG`LANISH

Toshkent Moliya Instituti

  • Manzil: 100000 Toshkent shahri, A.Temur ko`chasi 60A
  • Telefon: (8 371) 234-53-34
  • Faks: (8 371) 234-11-48
  • Email: admin@tfi.uz
  • Ishonch telefoni: (8 371) 235-77-66
  • Jamoat transporti: 10,17,19,24,38,51,60,67,72,93,115,140
  • Ish tartibi: 09:00 dan 18:00 gacha

Hozir saytda

Hisoblagich

uz certified

Top
Click to listen highlighted text! Powered By GSpeech
We use cookies to improve our website. By continuing to use this website, you are giving consent to cookies being used. More details…