Welcome to Official web site of Tashkent institute of finance   Click to listen highlighted text! Welcome to Official web site of Tashkent institute of finance Powered By GSpeech

A- A A+
  • 1.jpg
  • 2.jpg
  • 6.jpg
  • 16.jpg
  • 55.jpg
  • 77.jpg
  • 100.jpg
  • 101.jpg
  • fon1.jpg
  • fon2.JPG

Hide Main content block

TOSHKENT MOLIYA INSTITUTI MALAYZIYANING NUFUZLI UNIVERSITETLARI BILAN HAMKORLIK ALOQALARINI O‘RNATDI

Toshkent moliya instituti rektori U.O‘.Azizov, Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektor J.Karimqulov va Xalqaro aloqalar bo‘lim boshlig‘i S.Avazxodjayevlardan iborat institut delegatsiyasi joriy yilning 21-28 oktyabr kunlari Malayziya davlatida xizmat safarida bo‘lishdi.

Xizmat safari davomida O‘zbekiston Respublikasi ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilish bo‘yicha Davlat komissiyasi majlisining 2018 yil 5 oktyabrdagi 11-son bayoniga muvofiq Toshkent moliya instituti va Malayziyaning Bayneriy universiteti  (Binary University of Management & Entrepreneurship) o‘rtasida qo‘shma “Binary Graduate School” fakulteti tashkil etilganligi munosabati bilan qo‘shma fakultet faoliyatini yo‘lga qo‘yish va ta’lim mutaxassisliklari uchun zarur o‘quv rejalari, o‘quv dasturlari, o‘quv-uslubiy faoliyatga oid boshqa zarur me’yoriy hujjatlar imzolandi.

Shuningdek, xizmat safari davomida mamlakatimizning Malayziyadagi elchixonasida Favqulodda va muxtor elchi Ravshan Usmanov bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuvda Toshkent moliya instituti va Malayziya oliy o‘quv yurtlari hamkorlik aloqalari asosida qo‘shma dasturlar, talabalar va ilmiy tadqiqotchilar hamda professor-o‘qituvchilar almashinuvi bo‘yicha amalga oshirilayotgan amaliy chora-tadbilar haqida fikr va mulohazalar yuritildi.

Bundan tashqari, Toshkent moliya instituti va Malayziyaning Milliy energetika universiteti (UNITEN) vakillari o‘rtasida bo‘lib o‘tgan muzokaralar natijasiga ko‘ra endi nafaqat Toshkent moliya institutining talabalari, pedagog-xodimlari va doktorantlari uchun almashinuv dasturlarini yo‘lga qo‘yish, 2019 yilning aprel oyida Malayziyaning Milliy energetika universitetidan 30 nafar iqtidorli talabalar Toshkent moliya institutiga qisqa muddatli (Study and Tourism) dasturda ishtirok etish uchun tashrif buyurishadi.

        Xizmat safari davomida Malayziyaning boshqa nufuzli oliy ta’lim muassasalari jumladan, Putra universiteti, Avstraliyaning Malayziyadagi Monash universitetlariga ham tashriflar amalga oshirilib, ushbu oliy ta’lim muassasalari bilan istiqbolda almashinuv dasturlarini yo‘lga qo‘yish, xususan qo‘shma bakalavriat va magistratura ta’lim dasturlarini amalga oshirish, ikki tomonlama diplom berish, qo‘shma PhD dasturlarini tashkil etish yuzasidan kelishuvlarga erishildi.

BOG`LANISH

Toshkent Moliya Instituti

  • Manzil: 100000 Toshkent shahri, A.Temur ko`chasi 60A
  • Telefon: (8 371) 234-53-34
  • Faks: (8 371) 234-11-48
  • Email: admin@tfi.uz
  • Ishonch telefoni: (8 371) 235-77-66
  • Jamoat transporti: 10,17,19,24,38,51,60,67,72,93,115,140
  • Ish tartibi: 09:00 dan 18:00 gacha

Hozir saytda

Hisoblagich

uz certified

Top
Click to listen highlighted text! Powered By GSpeech
We use cookies to improve our website. By continuing to use this website, you are giving consent to cookies being used. More details…