• 6.jpg
  • 55.jpg
  • 77.jpg
  • fon1.jpg
  • fon2.JPG

Hide Main content block

“Mehnat va ish haqi hisobi konstitutsiyamizning 25-yilligiga bag‘ishlanadi” mavzusida ochiq dars o‘tkazildi

2017-yil 7-dekabr kuni kasbiy ta’lim kafedrasi dotsenti Sh.G‘aniyevning tashabbusi bilan Moliyaviy-menejment fakulteti MKT(BI)-90 guruh tabalalari bilan “Mehnat va ish haqi hisobi konstitutsiyamizning 25-yilligiga bag‘ishlanadi” mavzusida ochiq dars bo‘lib o‘tdi. Ochiq darsda Moliyaviy-menejment fakulteti dekani O.Ostonaqulov, Moliyaviy-menejment fakulteti dekani muovini X.Shodmonov, TDIU buxgalteriya hisobi kafedrasi katta o‘qituvchisi R.Abdurahmonov, Kasbiy ta’lim katta o‘qituvchisi U.Aglayeva, Chet tili kafedrasi katta o‘qituvchisi X.Sodiqovalar ishtirok etishdi.

Ochiq darsni boshlashdan oldin guruh talabalari O‘zbekiston Respublikasi madhiyasini jo‘r bo‘lib kuylashdi. Ustoz va murabbiylar talabalarga O‘zbekiston Respublikasining konstitutsiyasi haqida ma’lumotlar berishdi.

Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi — Oʻzbekiston Respublikasining asosiy qonuni, oliy yuridik kuchga ega boʻlgan siyosiyhuquqiy hujjat. 1992 -yil 8-dekabrda XXI chaqiriq Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining 11-sessiyasida qabul qilingan. “Oʻzbekiston Respublikasining davlat mustaqilligi toʻgʻrisida”gi Konstitutsiyaviy qonun (1991-yil 31-avgust.) ushbu Konstitutsiya uchun asos boʻlib xizmat qilgan. Mustaqil Oʻzbekistonning birinchi Konstitutsiyasini yaratish gʻoyasi ilk bor 1990-yil 20-iyunda boʻlib oʻtgan mamlakat Oliy Kengashining 2-sessiyasida ilgari surilgan. Ushbu sessiya birinchi Prezidentimiz I.A.Karimov raisligida 64 kishidan iborat Konstitutsiyaviy komissiyani tuzish toʻgʻrisida qaror qabul qilgan.

Qisqa muddatli axborot almashinishidan so’ng moliya va boshqaruv hisobi fani boshlandi. Mehnat va ish haqi hisobi- hisob ishlarining aniq va operativ ma’lumotlar talab qiluvchi eng muhim hamda qiyin soxalaridan biridir. Talabalarga Mehnat va ish haqini hisobga olishning asosiy vazifalari, mehnatga haq to‘lash shakllari, tizimlari, fondi va uning tarkibi, mehnat va ish haqini dastlabki hujjatlarda rasmiylashtirish, uni umumlashtirish to‘g‘risida aniq fikrlar berildi.

Suhbat davomida talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savollariga javob olishdi.

BOG`LANISH

Toshkent Moliya Instituti

  • Manzil: 100000 Toshkent shahri, A.Temur ko`chasi 60A
  • Telefon: (8 371) 234-53-34
  • Faks: (8 371) 234-11-48
  • Email: admin@tfi.uz
  • Ishonch telefoni: (8 371) 235-77-66
  • Jamoat transporti: 10,17,19,24,38,51,60,67,72,93,115,140
  • Ish tartibi: 09:00 dan 18:00 gacha

Hozir saytda

Hisoblagich

uz certified

Top
We use cookies to improve our website. By continuing to use this website, you are giving consent to cookies being used. More details…