Welcome to Official web site of Tashkent institute of finance   Click to listen highlighted text! Welcome to Official web site of Tashkent institute of finance Powered By GSpeech

  • 6.jpg
  • 55.jpg
  • 77.jpg
  • fon1.jpg
  • fon2.JPG

Hide Main content block

Toshkent moliya instituti Kredit-iqtisod fakultetida “Ta’lim muassasalarida korrupsiyaning oldini olish va unga qarshi kurashishning ma’naviy-ma’rifiy asoslari” mavzusida ma’naviy-ma’rifiy profilaktik tadbir bo‘lib o‘tdi

Toshkent moliya instituti Kredit-iqtisod fakulteti talaba-yoshlari va pedagog-xodimlari orasida ijtimoiy-ma’naviy muhitni yanada sog‘lomlashtirish hamda profilaktik tadbirlar samaradorligini oshirish maqsadida “Ta’lim muassasalarida korrupsiyaning oldini olish va unga qarshi kurashishning ma’naviy-ma’rifiy asoslari” mavzusida O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Soliq, valyutaga oid jinoyatlar va jinoiy daromadlarni legallashtirishga qarshi kurashish departamenti bilan hamkorlikda profilaktik tadbir bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Soliq, valyutaga oid jinoyatlar va jinoiy daromadlarni legallashtirishga qarshi kurashish departamenti “Tadbirkorlik sub’ektlari huquqlarini himoya qilish va korrupsiyaga qarshi kurashish” bo‘limi katta inspektori To‘lqin Boshbekovich Sharipov, ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha prorektor F.Muxamedov, Kredit-iqtisod fakulteti dekani R.Saidov, pedagog-xodimlar va fakultetning 220 nafar talabalari ishtirok etishdi.

Mamlakatni isloh qilishda bugungi kunda oldimizda turgan asosiy vazifalardan biri korrupsiya, poraxo‘rlik, mansab lavozimini su’iste’mol qilish, tamagirlik kabi illatlarning oldini olish va bu kabi illatlarga qarshi kurashishdir.

Bugungi kunda korrupsiyaga qarshi kurash maqsadlariga faqat jinoyat-huquqiy vositalar bilan erishib bo‘lmasligini hayotning o‘zi ko‘rsatmoqda. O‘ylaymizki, bunday ma’naviy buzilish holatga qarshi kurashda nafaqat davlat organlari, balki, jamiyat va umuman barcha fuqarolarimiz mas’uldirlar. Shunday ekan, davlat va jamiyat, shu bilan birga ta’lim muassasalari bunday illatni oldini olish va unga qarshi kurashda birgalikdagi harakatigina samarali natijalarga erishishning eng maqbul yo‘li bo‘lib hisoblanadi.

Tadbir davomida talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javoblar olishdi.

BOG`LANISH

Toshkent Moliya Instituti

  • Manzil: 100000 Toshkent shahri, A.Temur ko`chasi 60A
  • Telefon: (8 371) 234-53-34
  • Faks: (8 371) 234-11-48
  • Email: admin@tfi.uz
  • Ishonch telefoni: (8 371) 235-77-66
  • Jamoat transporti: 10,17,19,24,38,51,60,67,72,93,115,140
  • Ish tartibi: 09:00 dan 18:00 gacha

Hozir saytda

Hisoblagich

uz certified

Top
Click to listen highlighted text! Powered By GSpeech
We use cookies to improve our website. By continuing to use this website, you are giving consent to cookies being used. More details…