Welcome to Official web site of Tashkent institute of finance   Click to listen highlighted text! Welcome to Official web site of Tashkent institute of finance Powered By GSpeech

A- A A+
  • 1.jpg
  • 2.jpg
  • 6.jpg
  • 16.jpg
  • 55.jpg
  • 77.jpg
  • 100.jpg
  • 101.jpg
  • fon1.jpg
  • fon2.JPG

Hide Main content block

Xalqimizga buyuk bobo-kalonimizning 682 yilligi muborak bo‘lsin!

Moliyaviy-menejment fakulteti “Kasbiy ta’lim” kafedrasi MKT(BI)-90 guruh murabbiyi dotsent G‘aniyev Sh. tashabbusi bilan MKT(BI)-90 guruhi talabalari A.Temur tavalludining 682 yilligi munosabati bilan Temuriylar Davlat muzeyiga tashrif buyurishdi. Muzeyga kirishdan oldin Toshkent markazida qad roslagan Amir Temur haykaliga gul qo‘yildi.

Mashhur davlat arbobi, O‘rta asrlar islohotchisi, sarkarda, adolat uchun tolmas kurashchi, ilm-fan va madaniyat rahnamosi Amir Temur davrida ilm-fan, madaniyat va ta’lim mislsiz darajada yuksaldi.

1370-yilda Amir Temur Balxda bo‘lib o‘tgan qurultoyda Movarounnahrning ulug‘ amiri deb e’lon qilindi. Tarqoqlikni bartaraf etib, ayrim o‘lkalarni yagona davlatga birlashtirish Amir Temurning asosiy maqsadi edi. U davlatning poytaxti qilib So‘g‘diyonaning qadimiy poytaxti bo‘lgan Afrosiyob xarobalari yonidagi Samarqandni belgiladi va yangi shaharga asos soldi.

Amir Temur tarixda mohir diplomat va davlatlar o‘rtasida yaxshi munosabatlarni rivojlantirish, savdo-iqtisodiy aloqalarini yo‘lga qo‘yish tarafdori sifatida chuqur iz qoldirdi. U Yevropa va Osiyo o‘rtasida o‘zaro aloqalarni mustahkamlashga qaratilgan keng ko‘lamli ishlarni amalga oshirdi. Sohibqiron dunyoning turli mamlakatlari bilan aloqalar o‘rnatdi: bir tarafdan-Xitoy, Hindiston, ikkinchi tarafdan-Fransiya, Angliya, shuningdek, Usmonlilar imperiyasi, Ispaniya, Italiya, Misr va boshqa davlatlar.

Yevrosiyo hududida ulkan saltanat barpo qilgan Amir Temur shaxsi va faoliyatiga qiziqish xalqaro maydonda tobora ortib bormoqda. U haqida sharq va G’arb tillarida 1,5 mingdan ortiq asar bitilgan. Bugun dunyoning qariyb 50 mamlakatida temurshunos olimlar ilmiy izlanishlar olib bormoqda.

1996-yil 18-oktabr kuni Sohibqiron tavalludining 660-yilligi munosabati bilan Amir Temur xiyoboniga tutash hududda Temuriylar tarixi davlat muzeyi barpo etildi.

Bu tadbirdan talabalar Temuriylar sulolasi haqida to‘liq ma’lumotga ega bolishdi.

BOG`LANISH

Toshkent Moliya Instituti

  • Manzil: 100000 Toshkent shahri, A.Temur ko`chasi 60A
  • Telefon: (8 371) 234-53-34
  • Faks: (8 371) 234-11-48
  • Email: admin@tfi.uz
  • Ishonch telefoni: (8 371) 235-77-66
  • Jamoat transporti: 10,17,19,24,38,51,60,67,72,93,115,140
  • Ish tartibi: 09:00 dan 18:00 gacha

Hozir saytda

Hisoblagich

uz certified

Top
Click to listen highlighted text! Powered By GSpeech
We use cookies to improve our website. By continuing to use this website, you are giving consent to cookies being used. More details…