Welcome to Official web site of Tashkent institute of finance   Click to listen highlighted text! Welcome to Official web site of Tashkent institute of finance Powered By GSpeech

A- A A+
  • 1.jpg
  • 2.jpg
  • 6.jpg
  • 16.jpg
  • 55.jpg
  • 77.jpg
  • 100.jpg
  • 101.jpg
  • fon1.jpg
  • fon2.JPG

Hide Main content block

Institutga Qozon davlat universitetining boshqaruv, iqtisod va moliya instituti direktori, iqtisod fanlari doktori, professor N.G.Bagautdinova tashrif buyurdi

2018-yil 27-iyun kuni institutga Qozon davlat universitetining boshqaruv, iqtisod va moliya instituti direktori, iqtisod fanlari doktori, professor N.G.Bagautdinova tashrif buyurdi.

O‘quv ishlari bo‘yicha prorektor, iqtisod fanlari doktori, professor I.N.Qo‘ziev mexmonni institutimizga tashrif buyurganliklari bilan samimiy qutlar ekan, Rossiya Federatsiyasi va O‘zbekiston Respublikasi o‘rtasida siyosiy, iqtisodiy, madaniy, savdo va ta’lim sohalaridagi hamkorlik tobora ravnaq topayotganligini alohida ta’kidladi.

Uchrashuvda professor N.G.Bagautdinova o‘zi rahbarlik qilayotgan institutda tayyorlanayotgan ta’lim yo‘nalishlari, magistratura mutaxassisliklari xususida atroflicha ma’lumot berdi. O‘z navbatida, professor I.N.Qo‘ziev ham institut faoliyat yo‘nalishlari, fakultet va kafedralarda o‘quv jarayonini tashkil etilishi, talabalar uchun yaratilgan shart-sharoitlar haqida Rossiyalik mehmonga ma’lumot berdi.

Uchrashuvda ikkala oliy ta’lim muassasalari o‘rtasida o‘zaro manfaatli hamkorlikni yo‘lga qo‘yish, xususan, doktorlik dissertatsiyalarini himoya qilish bo‘yicha ilmiy kengashlar ishida ikkala oliy ta’lim muassasasining taniqli professorlarini kengash a’zosi sifatida ishtirok etishlarini ta’minlash, hamkorlikda ilmiy konferensiyalar tashkil etish masalalari bo‘yicha fikr almashildi.

Uchrashuv doirasida institut va Qozon davlat universitetining boshqaruv, iqtisod va moliya instituti va Toshkent moliya instituti o‘rtasida ta’lim va ilm-fanni rivojlantirish borasida o‘zaro hamkorlik qilish to‘g’risida Kelishuv imzolandi.

Rossiyalik mehmon uchrashuv so‘ngida institutga tashrif buyurganligidan va ikkala oliy ta’lim muassasasi o‘rtasida hamkorlik Kelishuvi imzolanganidan mamnun ekanligini ma’lum qildi va samimiy qabul uchun institut rahbariyatiga minnatdorlik bildirdi.

Uchrashuvda ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektor J.I. Karimqulov, xalqaro aloqalar bo‘limi boshlig’i U.R. Xoliqov ishtirok etdilar.

BOG`LANISH

Toshkent Moliya Instituti

  • Manzil: 100000 Toshkent shahri, A.Temur ko`chasi 60A
  • Telefon: (8 371) 234-53-34
  • Faks: (8 371) 234-11-48
  • Email: admin@tfi.uz
  • Ishonch telefoni: (8 371) 235-77-66
  • Jamoat transporti: 10,17,19,24,38,51,60,67,72,93,115,140
  • Ish tartibi: 09:00 dan 18:00 gacha

Hozir saytda

Hisoblagich

uz certified

Top
Click to listen highlighted text! Powered By GSpeech
We use cookies to improve our website. By continuing to use this website, you are giving consent to cookies being used. More details…