Welcome to Official web site of Tashkent institute of finance   Click to listen highlighted text! Welcome to Official web site of Tashkent institute of finance Powered By GSpeech

A- A A+
  • 1.jpg
  • 2.jpg
  • 6.jpg
  • 16.jpg
  • 55.jpg
  • 77.jpg
  • fon1.jpg
  • fon2.JPG

Hide Main content block

“Yoshlar bilan ishlash va ma’naviy-ma’rifiy faoliyat samaradorligini yanada oshirish” mavzusida o‘quv seminari bo‘lib o‘tdi

Joriy yilning 4-iyun kuni Toshkent moliya institutining 1-ma’ruza zalida Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi bilan hamkorlikda “Yoshlar bilan ishlash va ma’naviy-ma’rifiy faoliyat samaradorligini yanada oshirish” mavzusidagi o‘quv seminar bo‘lib o‘tdi.

O‘quv seminarda Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi rahbari birinchi o‘rinbosari, pedagogika fanlari doktori, professor Muhammadjon Quronov, O‘zbekiston Milliy universiteti Jurnalistika fakulteti dotsenti, O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a'zosi, “Oltin qalam” mukofoti sovrindori, filologiya fanlari nomzodi, To‘lqin Eshbek, Toshkent moliya instituti rektori N.Haydarov, Ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha prorektor F.Muxamedov va 220 nafar pedagog-xodimlar ishtirok etishdi.

Bugungi kunda dunyoda globallashuv jarayonlari kuchayib, tinchlik va barqarorlikka qarshi yangi tahdid va xatarlar tobora ko‘payib bormoqda. Bunday murakkab va tahlikali vaziyat sohada amalga oshirilgan ishlarni tanqidiy baholab, yoshlar bilan ishlash va ma'naviy-ma'rifiy faoliyat samaradorligini yanada oshirishga qaratilgan muhim va dolzarb amaliy ishlar yuzasidan atroflicha fikr-mulohazalar bildirildi.

Seminar yakunida Oliy ta'lim muassasalarida yoshlar bilan ishlashning yangicha zamonaviy yo‘nalishlari va ma'naviy-ma'rifiy faoliyat samaradorligini yanada oshirishga qaratilgan innovatsion yondashuvlar yuzasidan taklif va tavsiyalar ishlab chiqildi.

Bu esa o‘z navbatida yoshlar ma'naviyatini yuksaltirish, ularni barkamol avlod, O‘zbekiston buyuk kelajagining munosib yaratuvchilari qilib tarbiyalash ishiga xizmat qilishi seminar ishtirokchilari tomonidan alohida e'tirof etib o‘tildi. Seminar qizg‘in, bahs-munozaraga boy o‘tdi.

BOG`LANISH

Toshkent Moliya Instituti

  • Manzil: 100000 Toshkent shahri, A.Temur ko`chasi 60A
  • Telefon: (8 371) 234-53-34
  • Faks: (8 371) 234-11-48
  • Email: admin@tfi.uz
  • Ishonch telefoni: (8 371) 235-77-66
  • Jamoat transporti: 10,17,19,24,38,51,60,67,72,93,115,140
  • Ish tartibi: 09:00 dan 18:00 gacha

Hozir saytda

Hisoblagich

uz certified

Top
Click to listen highlighted text! Powered By GSpeech
We use cookies to improve our website. By continuing to use this website, you are giving consent to cookies being used. More details…