Welcome to Official web site of Tashkent institute of finance   Click to listen highlighted text! Welcome to Official web site of Tashkent institute of finance Powered By GSpeech

A- A A+
  • 1.jpg
  • 2.jpg
  • 6.jpg
  • 16.jpg
  • 55.jpg
  • 77.jpg
  • 100.jpg
  • 101.jpg
  • fon1.jpg
  • fon2.JPG

Hide Main content block

Gazprombank (Rossiya Federatsiyasi) va Toshkent moliya instituti o‘rtasida kadrlar tayyorlash borasida hamkorlik o‘rnatiladi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyovning 2017 yil 4-5 aprel kunlari davlat tashrifi bilan Rossiya Federatsiyasida bo‘lishi ikki davlat o‘rtasidagi samimiy va do‘stona munosabatlarni yanada ravnaq topishida muhim ahamiyatga ega bo‘ldi. Mazkur davlat tashrifi doirasida savdo-iqtisodiyot, neft-kimyo, transport kommunikatsiyalari, qishloq xo‘jaligi, madaniyat, turizm, mehnat migrantlariga munosib sharoitlar yaratish va boshqa sohalardagi hamkorlikni yanada rivojlantirish yuzasidan shartnoma va kelishuvlar imzolangan.

Loyihalarni moliyalashtirish, davlat va xususiy sherikchiligi sohasida o‘zaro hamkorlik qilish va tajriba almashish bo‘yicha hukumatlararo imzolangan kelishuvda belgilangan vazifalarni hayotga tatbiq etish maqsadida 2018 yil 10 avgust kuni Toshkent moliya institutiga Rossiya Federatsiyasining yirik moliya institutlaridan biri – Gazprombankning loyihaviy va tarkibiy moliyalashtirish departamenti direktori o‘rinbosari M.N.Pazayev tashrif buyurdi.

Rossiyalik mehmonni institutimizga tashrifi bilan qutlar ekan institut rektori, iqtisod fanlari doktori professor N.Xaydarov Gazprombank va institut o‘rtasida ta'limni rivojlantirish yuzasidan hamkorlik o‘rnatilayotganligidan mamnun ekanligini alohida ta’kidladi. Joriy yil oktyabr oylarida institut va Gazprombank o‘rtasida o‘zaro hamkorlik qilish yuzasidan memorandum imzolanishi hamda mazkur memorandum doirasida institut “Bank ishi” ta'lim yo‘nalishi va magistratura talabalari uchun Gazprombank mutaxassislari ishtirokida loyihalarni moliyalashtirish sohasida modulli o‘quv kursi, mahorat darslari tashkil etishga kelishildi. O‘z navbatida, Gazprombank departamenti direktori o‘rinbosari M.N.Pazayev samimiy va do‘stona qabul uchun institut rahbariyatiga minnatdorchilik bildirdi hamda Rossiya tomonidan Toshkent moliya instituti bilan hamkorlik qilishga tayyor ekanligini ma’lum qildi.

BOG`LANISH

Toshkent Moliya Instituti

  • Manzil: 100000 Toshkent shahri, A.Temur ko`chasi 60A
  • Telefon: (8 371) 234-53-34
  • Faks: (8 371) 234-11-48
  • Email: admin@tfi.uz
  • Ishonch telefoni: (8 371) 235-77-66
  • Jamoat transporti: 10,17,19,24,38,51,60,67,72,93,115,140
  • Ish tartibi: 09:00 dan 18:00 gacha

Hozir saytda

Hisoblagich

uz certified

Top
Click to listen highlighted text! Powered By GSpeech
We use cookies to improve our website. By continuing to use this website, you are giving consent to cookies being used. More details…