Welcome to Official web site of Tashkent institute of finance   Click to listen highlighted text! Welcome to Official web site of Tashkent institute of finance Powered By GSpeech

A- A A+
  • 1.jpg
  • 2.jpg
  • 6.jpg
  • 16.jpg
  • 55.jpg
  • 77.jpg
  • 100.jpg
  • 101.jpg
  • fon1.jpg
  • fon2.JPG

Hide Main content block

Belarus prezidenti Aleksandr Lukashenko Toshkentga yetib keldi

Bugun, 12-sentabr sanasida ​Belarus prezidenti Aleksandr Lukashenko  rasmiy tashrif bilan Toshkentga yetib keldi. Bu haqda “Xalq So‘zi” xabar berdi.

Aleksandr Lukashenkoni Islom Karimov nomidagi Toshkent xalqaro aeroportida O‘zbekiston Bosh vaziri Abdulla Aripov va Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov kutib oldi.

Ma’lumot uchun, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning taklifiga binoan Belarus prezidenti Aleksandr Lukashenko 2018-yil 12—14-sentabr kunlari rasmiy tashrif bilan O‘zbekistonda bo‘ladi.

Bo‘lajak oliy darajadagi uchrashuv va muzokaralarda ikki tomonlama hamkorlikka doir keng ko‘lamli masalalarni muhokama qilish, siyosiy muloqotni, savdo-iqtisodiy, investitsiya, fan va ta’lim, madaniy-gumanitar va boshqa sohalardagi o‘zaro manfaatli hamkorlikni mustahkamlash va rivojlantirishning uzoq muddatli istiqbolga mo‘ljallangan asosiy yo‘nalishlarini belgilab olish rejalashtirilgan.

Oliy darajadagi muzokaralar yakunida davlat rahbarlarining Qo‘shma bayonoti, O‘zbekiston va Belarus o‘rtasidagi ko‘p qirrali do‘stona aloqalarga yangi sur’at baxsh etishga qaratilgan salmoqli davlatlararo, hukumatlararo va idoralararo kelishuvlar va boshqa hujjatlar imzolanishi kutilmoqda.

Manba: www.kun.uz

BOG`LANISH

Toshkent Moliya Instituti

  • Manzil: 100000 Toshkent shahri, A.Temur ko`chasi 60A
  • Telefon: (8 371) 234-53-34
  • Faks: (8 371) 234-11-48
  • Email: admin@tfi.uz
  • Ishonch telefoni: (8 371) 235-77-66
  • Jamoat transporti: 10,17,19,24,38,51,60,67,72,93,115,140
  • Ish tartibi: 09:00 dan 18:00 gacha

Hozir saytda

Hisoblagich

uz certified

Top
Click to listen highlighted text! Powered By GSpeech
We use cookies to improve our website. By continuing to use this website, you are giving consent to cookies being used. More details…