Welcome to Official web site of Tashkent institute of finance   Click to listen highlighted text! Welcome to Official web site of Tashkent institute of finance Powered By GSpeech

A- A A+
  • 1.jpg
  • 2.jpg
  • 6.jpg
  • 16.jpg
  • 55.jpg
  • 77.jpg
  • 100.jpg
  • 101.jpg
  • fon1.jpg
  • fon2.JPG

Hide Main content block

Lukashenko: «33 million aholiga ega gigant mamlakatni to'g'ri yo'ldan olib boryapsiz»

O'zbekiston Respublikasi prezidenti Shavkat Mirziyoyevning taklifiga binoan Belarus Respublikasi prezidenti Aleksandr Lukashenko 12 sentabr kuni rasmiy tashrif bilan O'zbekistonga keldi. 

Tashrif doirasidagi asosiy tadbirlar 13 sentabr kuni Ko'ksaroyda rasmiy kutib olish marosimi bilan boshlandi. 

Prezident matbuot xizmati xabariga ko'ra, Shavkat Mirziyoyev va Aleksandr Lukashenko avval tor doirada muzokara o'tkazdi.

Davlat rahbari oliy martabali mehmonni yurtimizga tashrifi bilan qutlab, O'zbekiston bilan Belarus samimiy do'st va ishonchli sherik ekanini ta`kidladi. 

– 2016 yil Samarqanddagi uchrashuvimizda davlatlararo munosabatlarni har tomonlama mustahkamlashga kelishib olgandik. O'tgan ikki yilda mamlakatlarimiz o'rtasidagi hamkorlik xalqlarimizni quvontiradigan darajaga yetdi. O'zaro tovar ayirboshlash hajmi 2017 yil yakunlari bo'yicha 60 foizdan ziyod o'sdi. Joriy yilning yanvar-iyul oylarida esa qariyb 4 barobar oshdi. Bunday natijalar hech qachon bo'lmagan. Bu o'zaro hamkorlik uchun ulkan salohiyat borligidan, odamlarimiz bir-birini sog'inganidan dalolat beradi. Mamlakatlarimiz iqtisodiyoti bir-birini to'ldiradi, – dedi Shavkat Mirziyoyev.

Belarus Prezidenti taklif uchun davlat rahbariga minnatdorlik bildirdi.

– Sizning rahbarligingizda O'zbekistonda amalga oshirilayotgan ishlar tahsinga sazovor, – dedi Aleksandr Lukashenko. – Ham ichki, ham tashqi siyosatda oqilona o'zgarishlar qildingiz. 33 million aholiga ega gigant mamlakatni to'g'ri yo'ldan olib boryapsiz. Qo'shni davlatlar bilan munosabatlarni mustahkamladingiz. Ushbu muvaffaqiyatli siyosiy kurs bilan Sizni tabriklayman. Biz yaxshi bilgan va o'zaro manfaatli bo'lgan barcha sohalarda hamkorlik qilishga, tajriba almashishga tayyormiz.

Manba: www.kun.uz

BOG`LANISH

Toshkent Moliya Instituti

  • Manzil: 100000 Toshkent shahri, A.Temur ko`chasi 60A
  • Telefon: (8 371) 234-53-34
  • Faks: (8 371) 234-11-48
  • Email: admin@tfi.uz
  • Ishonch telefoni: (8 371) 235-77-66
  • Jamoat transporti: 10,17,19,24,38,51,60,67,72,93,115,140
  • Ish tartibi: 09:00 dan 18:00 gacha

Hozir saytda

Hisoblagich

uz certified

Top
Click to listen highlighted text! Powered By GSpeech
We use cookies to improve our website. By continuing to use this website, you are giving consent to cookies being used. More details…