Welcome to Official web site of Tashkent institute of finance   Click to listen highlighted text! Welcome to Official web site of Tashkent institute of finance Powered By GSpeech

A- A A+
  • 1.jpg
  • 2.jpg
  • 6.jpg
  • 16.jpg
  • 55.jpg
  • 77.jpg
  • 100.jpg
  • 101.jpg
  • fon1.jpg
  • fon2.JPG

Hide Main content block

O'zbekiston inson taraqqiyoti yuqori darajada rivojlangan mamlakatlar qatoridan joy oldi

Norvegiya, Shveytsariya, Avstraliya, Irlandiya va Germaniya inson taraqqiyoti eng yuqori darajada bo'lgan davlatlar deb topildi. Bu haqda BMTning Taraqqiyot dasturi bo'yicha ma`ruzasida ma`lum qilindi.

Reytingda inson taraqqiyoti eng yuqori darajada bo'lgan mamlakatlar guruhiga 59 mamlakat kiritildi. Ular orasida Rossiya (49-o'rin), Belarus (53-o'rin) va Qozog'iston (58-o'rin) ham bor.

O'zbekiston 105-o'rin bilan inson taraqqiyoti yuqori darajada rivojlangan mamlakatlar guruhidan joy egalladi. Shuningdek, Ozarbayjon (80-o'rin), Armaniston (83- o'rin), Ukraina (88- o'rin) va Turkmaniston (108-o'rin) ham mazkur guruhga kiritildi.

Moldova va Tojikiston esa inson taraqqiyoti o'rtacha darajadagi davlatlar guruhiga kiritildi. 

Reytingning oxirgi o'rinlarida Niger, Markaziy Afrika Respublikasi, Janubiy Sudan, Chad va Burundi joylashgan.  

189 mamlakat o'rin olgan reytingda AQSh 13-, Rossiya 49-pog'onada.

Davlatlar reytingini belgilashda kutilayotgan umr ko'rish davomiyligi, ta`lim olish davomiyligi va jon boshiga yalpi milliy daromad asosiy ko'rsatkichlar sifatida qayd etilgan. Shuningdek, ijtimoiy muhofaza darajasi, aholi salomatligi va madaniy rivojlanishi, gender tengligi, jinoyatchilik, atrof-muhit muhofazasi, fuqarolarning qarorlar qabul qilinishidagi ishtiroki kabi ko'rsatkichlar ham hisobga olingan.

Manba: www.kun.uz

BOG`LANISH

Toshkent Moliya Instituti

  • Manzil: 100000 Toshkent shahri, A.Temur ko`chasi 60A
  • Telefon: (8 371) 234-53-34
  • Faks: (8 371) 234-11-48
  • Email: admin@tfi.uz
  • Ishonch telefoni: (8 371) 235-77-66
  • Jamoat transporti: 10,17,19,24,38,51,60,67,72,93,115,140
  • Ish tartibi: 09:00 dan 18:00 gacha

Hozir saytda

Hisoblagich

uz certified

Top
Click to listen highlighted text! Powered By GSpeech
We use cookies to improve our website. By continuing to use this website, you are giving consent to cookies being used. More details…