Welcome to Official web site of Tashkent institute of finance   Click to listen highlighted text! Welcome to Official web site of Tashkent institute of finance Powered By GSpeech

A- A A+
  • 1.jpg
  • 2.jpg
  • 6.jpg
  • 16.jpg
  • 55.jpg
  • 77.jpg
  • 100.jpg
  • 101.jpg
  • fon1.jpg
  • fon2.JPG

Hide Main content block

Pedagog, olim, ustoz va mehribon inson

Toshkent moliya institut O‘quv uslubiy boshqarma boshlig‘i Tursunboy Mahkamboyevich Baymuratov muborak 60 yoshni qarshiladi. Tursunboy Baymuratov 1992-yilda aspiranturani tamomlab Toshkent moliya institutida o‘z ish faoliyatini kafedra assissenti lavozimidan boshlab, institut O‘quv uslubiy boshqarma boshlig‘i lavozimigacha bo‘lgan yo‘lni bosib o‘tdi. Dastlab talabalarga ijtimoiy fanlardan saboq bergan bo‘lsa, iqtisodiy ma’lumotga erishib, respublikamiz sug‘urta sohasi uchun malakali kadrlar tayorlashda yetakchi mutaxassis sifatida shakllandi. Sug‘urta sohasida ilmiy izlanishlar olib bordi va iqtisod fanlari nomzodi ilmiy darajasini olish uchun nomzodlik dissertatsiyasini muvaffaqiyatli himoya qildi. T.Baymuratov talabalarga sug‘urta fanidan dars berish bilan birga, respublika va xalqaro anjumanlarda sug‘urta masalalariga bag‘ishlangan ilmiy maqolalari, ma’ruzalari bilan ishtirok etib, talabalar uchun o‘quv qo‘llanmalar chop ettirdi. U insitutda o‘qitilayotgan fanlarning Davlat ta’lim standartlarini, malakaviy talablarini va fan ishchi o‘quv dasturlarini tayyorlashda bevosita ishtirok etib kelmoqda.

Muborak kun munosabati bilan institut jamoasi, kasaba uyushmasi va shaxsan institut rektori U.O‘.Azizov T.Baymuratovning beminnat, fidokorona xizmatlarini alohida va munosib baholab esdalik sovg‘alari bilan taqdirladi. Dotsent T.Baymuratov o‘nlab bitiruv malakaviy ishlari va magistrlik dissertatsiyalariga ilmiy rahbarlik qildi. U institut professor-o‘qituvchilari, xodimlari va talabalari o‘rtasida hurmat e’tiborga ega.

T.Baymuratovni muborak yosh bilan qutlab, uzoq umr, sihat-salomatlik, oilaviy totuvlik, farzandlar va nabiralar kamolini ko‘rishini tilaymiz. Ulug‘ yosh muborak bo‘lsin aziz zamondosh.

BOG`LANISH

Toshkent Moliya Instituti

  • Manzil: 100000 Toshkent shahri, A.Temur ko`chasi 60A
  • Telefon: (8 371) 234-53-34
  • Faks: (8 371) 234-11-48
  • Email: admin@tfi.uz
  • Ishonch telefoni: (8 371) 235-77-66
  • Jamoat transporti: 10,17,19,24,38,51,60,67,72,93,115,140
  • Ish tartibi: 09:00 dan 18:00 gacha

Hozir saytda

Hisoblagich

uz certified

Top
Click to listen highlighted text! Powered By GSpeech
We use cookies to improve our website. By continuing to use this website, you are giving consent to cookies being used. More details…