Welcome to Official web site of Tashkent institute of finance   Click to listen highlighted text! Welcome to Official web site of Tashkent institute of finance Powered By GSpeech

A- A A+
  • 1.jpg
  • 2.jpg
  • 6.jpg
  • 16.jpg
  • 55.jpg
  • 77.jpg
  • 100.jpg
  • 101.jpg
  • fon1.jpg
  • fon2.JPG

Hide Main content block

Qonun loyihasi muhokamasi

Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan iqtisodiy-ijtimoiy o‘zgarishlar birinchi navbatda qonun ustuvorligi, qonunchilik tizimining takomillashganligi bilan o‘z ifodasini namoyon etadi. 2017-2021 yillarda O‘zbekistonni rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishlari bo‘yicha Harakatlar strategiyasini amalga oshirishning asosi qonunlar hayotiyligi, xalqchilligi va amalda foydalanilishi bilan ahamiyatli. Shu maqsadda, bank sohasida umumxalq muhokamasiga kiritilgan O‘zbekiston Respublikasining “Banklar va bank faoliyati to‘g‘risida”gi, “O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki to‘g‘risida”gi va “Valyutani tartibga solish va valyuta nazorati to‘g‘risida”gi qonunlari loyihasi muhokamasini tashkil etish uchun “Bank ishi” kafedrasi professor-o‘qituvchilaridan iborat ishchi guruhlar tuzilgan. 24-sentyabr kuni “Bank ishi” kafedrasi professor-o‘qituvchilari va ilmiy izlanuvchilari ishtirokida “Banklar va bank faoliyati to‘g‘risida”gi qonun loyihasi muhokamasi bo‘lib o‘tdi.

Muhokamada institut rektori U.Azizov, kafedra mudiri i.f.d., prof. A.Omonov, i.f.d., prof. SH.Abdullaeva, i.f.d., prof. T.Boboqulov, i.f.d., dots. I.Almardonov, i.f.n., dots. U.Abdullaev, i.f.n. I.Raxmonov, “Bank hisobi va audit” kafedrasi mudiri i.f.n., dots. Z.Umarov va boshqalar qonun loyihasi bo‘yicha o‘z takliflarini bildirdilar. Rektor U.Azizov qonunlar loyihasi muhokamasini har bir qonun loyihasi bo‘yicha alohida-alohida emas, balki uchta qonun ham bir-biri bilan uzviy bog‘liqligini inobatga olib, xorij tajribasini o‘rganib, tahlil etib, amaldagi qonun moddalari bilan solishtirib, kiritilayotgan o‘zgartirishlar, berilayotgan takliflarni asoslagan holda amalga oshirish maqsadga muvofiqligini qayd etdi.  

Har bir ishchi guruh rahbarlari va a’zolariga uchta qonunni ham to‘liq o‘qib chiqish, o‘rganish va navbatdagi yig‘ilishlarda 10 yoki 15 tadan moddalarini solishtirish asosida muhokama qilish tavsiya etildi.

BOG`LANISH

Toshkent Moliya Instituti

  • Manzil: 100000 Toshkent shahri, A.Temur ko`chasi 60A
  • Telefon: (8 371) 234-53-34
  • Faks: (8 371) 234-11-48
  • Email: admin@tfi.uz
  • Ishonch telefoni: (8 371) 235-77-66
  • Jamoat transporti: 10,17,19,24,38,51,60,67,72,93,115,140
  • Ish tartibi: 09:00 dan 18:00 gacha

Hozir saytda

Hisoblagich

uz certified

Top
Click to listen highlighted text! Powered By GSpeech
We use cookies to improve our website. By continuing to use this website, you are giving consent to cookies being used. More details…