Welcome to Official web site of Tashkent institute of finance   Click to listen highlighted text! Welcome to Official web site of Tashkent institute of finance Powered By GSpeech

A- A A+
  • 1.jpg
  • 2.jpg
  • 6.jpg
  • 16.jpg
  • 55.jpg
  • 77.jpg
  • 100.jpg
  • 101.jpg
  • fon1.jpg
  • fon2.JPG

Hide Main content block

E’lon

O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA‘LIM VAZIRLIGI

TOSHKENT MOLIYA INSTITUTI

“Kasbiy ta'lim” kafedrasi tomonidan 2017-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasini “Faol tadbirkorlik, innovatsion g‘oyalar va texnologiyalarni qo‘llab-quvvatlash yili”da amalga oshirishga oid Davlat dasturi hamda Oliy va o‘rta maxsus ta'lim vazirligining 2018 yil 12 martdagi “Vazirlik tizimidagi oliy ta'lim va ilmiy-tadqiqot muassasalarida 2018 yilda o‘tkaziladigan ilmiy va ilmiy-texnikaviy anjumanlar rejasini tasdiqlash to‘g‘risida”gi 233-sonli buyrug‘i hamda 2018 yil 23 martdagi 87-03-1086 sonli xati ijrosini ta'minlash uchun institut 1-ma'ruzalar zalida 2018 yil 10 oktyabridaYoshlarda kasbiy motivlarni shakllantirishning moliyaviy-iqtisodiy va pedagogik-psixologik masalalari” mavzusida vazirlik miqyosidagi ilmiy-amaliy konferensiya o‘tkazilishi rejalashtirilgan. Konferensiyada barcha professor-o‘qituvchi, katta ilmiy xodim va mustaqil izlanuvchi, magistr va talabalar ishtirok etishi mumkin.

Konferensiya quyidagi yo‘nalishlarni o‘z ichiga oladi:

  1. Yoshlarda kasbiy motivlarni shakllantirishda buxgalteriya hisobi va audit bilan bog‘liqlik jihatlari
  2. Yoshlarni moliya-kredit mutaxassisliklariga tayyorlashda kasbiy motivlarning o‘rni
  3. Yoshlarda kasbiy motivlarni shakllantirishda O‘zbekiston va xorij tajribasi
  4. Yoshlarda kasbiy motivlarni shakllantirishning pedagogik hamda psixologik masalalari
  5. Innovatsion g‘oyalar va texnologiyalarni joriy etishning dolzarb masalalari.
  6. Ta'lim sohasining barqaror rivojlanishida ijtimoiy-iqtisodiy fanlarning roli.

Ma'ruza matnlarining rasmiylashtirilish talablari:

Ma'ruzalar matni Times New Roman va 14 o‘lchamdagi shrift kattaligida, 2 betdan kam bo‘lmagan holda 1,5 intervalda yozilishi lozim. Ma'ruza matnini joylashtirishda sahifaning chegaralari quyidagi tarzda belgilanadi: yuqori va pastdan 2,5 sm, o‘ng tomondan 1,5 sm, chap tomondan 3 sm.

Ma'ruzalar 1 nusxada qog‘ozda va elektron variantda RTF formatda taqdim etiladi. Fayl nomi muallif familiyasi bilan yozilishi lozim. Maqolaning nomi bosh harflar bilan yozilishi kerak. Ma'ruzalar mavzusidan yuqorida muallifning ismi, sharifi, ilmiy darajasi va unvoni (agar bo‘lsa), ish joyi to‘liq ko‘rsatilishi lozim.

Matnda foydalanilgan adabiyotlar ixtibos (snoska)da keltirilishi maqsadga muvofiq.

Anjuman materiallarini chop etish xarajatlari uchun har bir betiga o‘n ming so‘m miqdorida pul to‘lanadi.

Tashkiliy qo‘mitaga kelib tushgan ilmiy materiallar konferensiya mavzusiga mos ravishda tanlanadi va yozilish qoidasiga qarab qabul qilinadi. Anjuman materiallariga o‘zbek, rus tillarida maqola va tezislar taqdim etish mumkin. Xorijiy tillardagi maqola va tezislar taqrizlar orqali qabul qilinadi. Ilmiy-amaliy anjuman natijalari ilmiy maqolalar to‘plami sifatida chop etilishi mo‘ljallangan.  

Ilmiy-amaliy anjumanda ishtirok etuvchilar ma'ruza matnlarini 2018 yilning 1 oktyabriga qadar “Kasbiy ta'lim” kafedrasiga yuborishlari so‘raladi (100000, Toshkent shahri, Amir Temur ko‘chasi, 60-A uy, “V” bino, 311-xona).

Tashkiliy qo‘mita: “Kredit-iqtisod” fakulteti “Kasbiy ta'lim” kafedrasi, elektron pochta: This email address is being protected from spambots. You need JavaScript enabled to view it.. Aloqa uchun telefon: kafedra mud. dots. Sh.Allayarov (97) 751-46-59; (71) 234-66-39; (90) 988-90-97

BOG`LANISH

Toshkent Moliya Instituti

  • Manzil: 100000 Toshkent shahri, A.Temur ko`chasi 60A
  • Telefon: (8 371) 234-53-34
  • Faks: (8 371) 234-11-48
  • Email: admin@tfi.uz
  • Ishonch telefoni: (8 371) 235-77-66
  • Jamoat transporti: 10,17,19,24,38,51,60,67,72,93,115,140
  • Ish tartibi: 09:00 dan 18:00 gacha

Hozir saytda

Hisoblagich

uz certified

Top
Click to listen highlighted text! Powered By GSpeech
We use cookies to improve our website. By continuing to use this website, you are giving consent to cookies being used. More details…