Welcome to Official web site of Tashkent institute of finance   Click to listen highlighted text! Welcome to Official web site of Tashkent institute of finance Powered By GSpeech

A- A A+
  • 1.jpg
  • 2.jpg
  • 6.jpg
  • 16.jpg
  • 55.jpg
  • 77.jpg
  • 100.jpg
  • 101.jpg
  • fon1.jpg
  • fon2.JPG

Hide Main content block

“UZDOC 2.0: O‘zbekiston Oliy ta’lim muassalarida doktorlik ta’limi sifatini yaxshilash”

Toshkent moliya institutida “UZDOC 2.0: O‘zbekiston Oliy ta’lim muassalarida doktorlik ta’limi sifatini yaxshilash” loyihasi doirasida ilmiy-amaliy seminar bo‘lib o‘tdi.Seminarda O‘zbekiston Respublikasi Oliya va o‘rta maxsus talim vaziri o’rinbosari U.Begimqulov, O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vaziri o‘rinbosari Yu.Mansurov ishtirok etdilar. Seminarni Toshkent moliya instituti rektori U.Azizov kirish so‘zi bilan ochib, seminarda ishtirok etayotgan mahalliy va xorijlik mehmonlarni tashriflari uchun samimiy minnatdorlikchilik izhor etdi.

Seminaring yalpi majlisi davomida Yevropaning nufuzli Oliy ta’lim muassasalari professorlari va loyihaning asosiy koordinatorlari o‘z ma’ruzalari bilan chiqishqildilar.

Mazkur loyihaning koordinatori UNICA –Yevropa poytaxtlarining universitetlari assotsiatsiyasi (Belgiya) hisoblanadi. Xorijiy hamkorlar sifatida Lorand Etvesh nomidagi Universitet (Vengriya), Turin politexnika universiteti (Italiya), Granada Universiteti (Ispaniya), Bryusselerkin universiteti (Belgiya), Zagreb universiteti (Xorvatiya) vakillari ishtirok etdilar. Milliy hamkorlar sifatida O’zbekiston Respublikasi Oliyva o‘rtamaxsus ta’lim vazirligi, Toshkent moliya instituti, Toshkent kimyo-texnologiya instituti, Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat universiteti, Qarshi davlat universiteti, Namangan davlat universiteti, Samarqand iqtisodiyot va servis instituti, O‘zbekiston san’at va madaniyat instituti vakillari ham faol ishtirok etdilar.

UZDOC 2.0 loyihasining asosiy maqsadi O‘zbekiston OTMlarida doktorlik ta’limini yaxshilashga yo‘naltirilgan. Loyiha 4 bosqichni ya’ni institutsional ta’minlash tizimi, sifatni ta’minlash elementlari va mexanizmlarini integratsiyasi, mehnat resurslarini takomillashtirish hamda O‘zbekiston sharoitida ishlab chiqarish va biznes bilan bog‘liqlikni kuchaytirishni o‘z ichiga oladi. Mazkur loyihadan kutilayotgan natijalar loyihada ishtirok etayotgan OTMlarni potensialini kuchaytirish va doktorlik ta’lim sifatini rivojlantirish hamda modernizatsiya qilishga o‘z hissasini qo‘shish hisoblanadi.

Mazkur seminar O’zbekiston-24, Yoshlar telekanalari orqali namoyish etildi.

BOG`LANISH

Toshkent Moliya Instituti

  • Manzil: 100000 Toshkent shahri, A.Temur ko`chasi 60A
  • Telefon: (8 371) 234-53-34
  • Faks: (8 371) 234-11-48
  • Email: admin@tfi.uz
  • Ishonch telefoni: (8 371) 235-77-66
  • Jamoat transporti: 10,17,19,24,38,51,60,67,72,93,115,140
  • Ish tartibi: 09:00 dan 18:00 gacha

Hozir saytda

Hisoblagich

uz certified

Top
Click to listen highlighted text! Powered By GSpeech
We use cookies to improve our website. By continuing to use this website, you are giving consent to cookies being used. More details…