Welcome to Official web site of Tashkent institute of finance   Click to listen highlighted text! Welcome to Official web site of Tashkent institute of finance Powered By GSpeech

A- A A+
  • 1.jpg
  • 2.jpg
  • 6.jpg
  • 16.jpg
  • 55.jpg
  • 77.jpg
  • 100.jpg
  • 101.jpg
  • fon1.jpg
  • fon2.JPG

Hide Main content block

“Pensiya ta’minoti tizimini isloh etish konsepsiyasi: xalqaro tajriba va tendensiyalar, O‘zbekistonda pensiya ta’minoti tizimini rivojlantirish istiqbollari” mavzusida respublika ilmiy-amaliy anjumani

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi hamda Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining topshirig‘iga muvofiq 2018 yil  23 oktyabr kuni Toshkent moliya institutida “Pensiya ta’minoti tizimini isloh etish konsepsiyasi: xalqaro tajriba va tendensiyalar, O‘zbekistonda pensiya ta’minoti tizimini rivojlantirish istiqbollari” mavzusida respublika miqyosida ilmiy-amaliy anjuman tashkil etildi.

Anjumanni kirish so‘zi bilan Toshkent moliya instituti rektori –Azizov Ulug‘bek O‘ktamovich ochib berdi.  

Anjumanda Birlashgan Millatlar Tashkiloti Taraqqiyot dasturi, Loyiha rahbari – Saloxuddinov Fayzulla Xamidullaevich, O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi byudjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasi ijro etuvchi direktori – Tursunov Yorqin Ergashevich, O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi huzuridagi Prognozlashtirish va makroiqtisodiy tadqiqotlar instituti direktori o‘rinbosari – Axmedov Tursun Muxitovich, Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti professori – Vaxabov Abduraxim Vasikovich, “O‘zbekiston iqtisodiyotini rivojlantirishning ilmiy asoslari va muammolari” ilmiy-tadqiqot markazi sektor mudiri, professor  – Umurzakov Baxodir Xamidovich,  Toshkent Xalqaro Vestminster universiteti “Moliya” kafedrasi mudiri – G‘aniev Omon Alijonovich, Toshkent moliya instituti “Pensiya ishi” kafedrasi mudiri – Mamatov Bahodir Safaralievichlar ma’ruza qildilar.

Anjumanda quyidagi masalalar muhokama qilindi:

1) milliy pensiya ta’minoti tizimining moliyaviy barqarorligi;

2) pensiyalarni tayinlashda mehnat stajining minimal talablarini qo‘llash (Xalqaro Mehnat Tashkilotining “Ijtimoiy ta’minotning minimal me’yorlari to‘g‘risida”gi 102-sonli Konvensiya doirasida);

3) xorij mamlakatlarining ilg‘or tajribalarini o‘rganish asosida O‘zbekistonda pensiya yoshini bosqichma-bosqich oshirish;

4) O‘zbekistonda pensiyalarni hisoblash va tayinlash mexanizmlarini takomillashtirish masalalari.

Anjumanda O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi huzuridagi Prognozlashtirish va makroiqtisodiy tadqiqotlar instituti, Loyiha rahbari – Shaulov David Iosovich, O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi byudjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasi ijro etuvchi direktori o‘rinbosari – Davronov Shuxrat Zuxurovich, O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi byudjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasi Chilonzor tumani bo‘lim boshlig‘i Muradova Gulnora Mirzaxmatovnalar ishtirok etdilar va o‘z fikr-mulohazalarini bildirdilar.

Anjuman yakunida davlat pensiya tizimining joriy holati bo‘yicha tahliliy materiallar tayyorlandi hamda fuqarolar ijtimoiy ta’minotining umumqabul qilingan standartlari va minimal me’yorlari bo‘yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqildi.

BOG`LANISH

Toshkent Moliya Instituti

  • Manzil: 100000 Toshkent shahri, A.Temur ko`chasi 60A
  • Telefon: (8 371) 234-53-34
  • Faks: (8 371) 234-11-48
  • Email: admin@tfi.uz
  • Ishonch telefoni: (8 371) 235-77-66
  • Jamoat transporti: 10,17,19,24,38,51,60,67,72,93,115,140
  • Ish tartibi: 09:00 dan 18:00 gacha

Hozir saytda

Hisoblagich

uz certified

Top
Click to listen highlighted text! Powered By GSpeech
We use cookies to improve our website. By continuing to use this website, you are giving consent to cookies being used. More details…