Welcome to Official web site of Tashkent institute of finance   Click to listen highlighted text! Welcome to Official web site of Tashkent institute of finance Powered By GSpeech

A- A A+
  • 1.jpg
  • 2.jpg
  • 6.jpg
  • 16.jpg
  • 55.jpg
  • 77.jpg
  • 100.jpg
  • 101.jpg
  • fon1.jpg
  • fon2.JPG

Hide Main content block

“Tinchlik - eng oliy ne’mat”, “Islomda ekstremizm va terrorizmga o‘rin yo‘q” va “Diniy-ekstremistik oqimlar, missionerlik - davlat va jamiyatga tahdid” mavzularida ma’rifiy uchrashuv

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi tomonidan 2018 yil oktyabr-noyabr oylari davomida O‘zbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati, Bosh prokuratura hamda Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari bo‘yicha qo‘mita bilan hamkorlikda Toshkent moliya instituti professor-o‘qituvchilari va talaba-yoshlari o‘rtasida profilaktik tadbirlarni kuchaytirish maqsadida “Tinchlik - eng oliy ne’mat”, “Islomda ekstremizm va terrorizmga o‘rin yo‘q” va “Diniy-ekstremistik oqimlar, missionerlik  - davlat va jamiyatga tahdid” mavzularida tadbir o‘tkazildi. Tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari bo‘yicha qo‘mita mas’ul xodimi Zulhaydar Sultonov, Yoshlar bilan ishlash bo‘yicha prorektor F.Muxamedov, “Ma’naviyat va ma’rifat” bo‘limi xodimlari, O‘zbekiston Yoshlar ittifoqi IBT yetakchisi K.Maxmudov, O‘zbekiston Yoshlar ittifoqi fakultet sardorlari, professor-o‘qituvchilar, Sug‘urta fakulteti talaba-yoshlari ishtirok etishdi.

Tadbirni Toshkent moliya instituti Yoshlar bilan ishlash bo‘yicha prorektor F.Muxamedov kirish so‘zi bilan ochib berdi.

Tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari bo‘yicha qo‘mita mas’ul xodimi Zulhaydar Sultonov tomonidan quyidagi fikrlar bildirib o‘tildi.

 So‘nggi yillarda aqidaparast oqimlar yoshlar o‘rtasidagi faoliyatini mehnat migrantlarini ta’sir doirasiga olish, “hujralar” tashkil etish, diniy ekstremistik mazmundagi materiallarni elektron ko‘rinishda tarqatish, internet orqali targ‘ibot o‘tkazish kabi usullarda amalga oshirmoqda. Ayniqsa, internet tarmog‘ida o‘zini “Islom davlati” (ISHID), “Jabhat al-Nusra” deb atab olgan terroristik tashkilotlar go‘yoki islom ravnaqi yo‘lida kurashayotgan “mujohid birodarlar guruhi” ekani haqidagi targ‘ibot-tashviqot keng ko‘lamda olib borilayotgani, buning oqibatida dunyoning ko‘plab mamlakatlaridan musulmon yoshlar “hijrat” qilish va “jihod”da ishtirok etish  da’vosida Suriya va Iroq hududiga borib, ushbu guruh safiga borib qo‘shilayotganining guvohi bo‘lmoqdamiz. Afsuski, yoshlarning muayyan qismi ISHIDni haqiqatda ham islom dinini butun dunyoga tarqatish, islomiy davlat barpo etgan holda dunyoda adolat o‘rnatishni maqsad qilgan tashkilot deb hisoblaydi. Bunday fikrlovchilar Markaziy Osiyoda, xususan, O‘zbekistonda ham bor ekani hech kimga sir emas. Bunday yoshlar yuqorida qayd etilgan hududlarda insonlarga qarshi sodir etilayotgan jinoyatlarni go‘yoki xalifalik qurish uchun joiz amal hisoblab qattiq adashmoqdalar. Aslida, mutaassib oqim a’zolarining maqsadlari - “jihod”, “hijrat”, “shahidlik”, “kofir bo‘lish” kabi diniy tushunchalarni soxta talqin qilish orqali yoshlarimizni oilasi va yaqinlarining ta’siridan chiqarish, o‘qish yoki ishidan ajratib olish hamda ularni qurolli to‘qnashuvlar ketayotgan Suriya, Iroq, Afg‘oniston yoki Pokiston kabi mamlakatlarga jo‘natib, manqurt-jangari yoki “tirik bomba”ga aylantirishdan iborat.

Diniy ekstremizm dunyodagi deyarli barcha mamlakatlarda shaxs, jamiyat va davlatning hayotiy muhim manfaaatlariga tahdid solib kelmoqda. Jumladan, diniy ekstremistik oqim tarkibiga kirib qolgan shaxs:

- oilasi, qarindosh-urug‘lari va yaqin insonlaridan mahrum bo‘ladi;

- jamiyatdagi ijtimoiy mavqeini yo‘qotadi, chuqur ilm olish, yaxshi kasb egasi bo‘lish va hayotda munosib o‘rin egallash imkoniyatlaridan ayriladi;

- yon-atrofidagi jarayonlarga shaxsiy munosabatga ega bo‘la olmay, voqelikka faqat DEO nuqtai-nazaridan qarashga majbur bo‘ladi;

- umri qamoqda yoki o‘zga yurtlarda xor-zor va sargardonlikda o‘tadi, ota-onasi, turmush o‘rtog‘i va farzandlari oldidagi insoniy majburiyatlarini bajara olmaydi.

Vatan oiladan boshlanadi. Oilada tinchlik bo‘lsa, mahalla, qishloq, shahar, viloyat va nihoyat mamlakatda osoyishtalik bo‘ladi, yurt ravnaq topadi. Farzandlarimizning ilmiy saviyalari, kasbu-hunarlari bilan axloqiy fazilatlarini ham o‘stirib borishimiz kerak. Yosh avlodning turli yot oqimlar ta’siriga tushib qolishini oldini olish to‘g‘risida g‘amxo‘rlik faqat hukumatimiz yoki ta’lim muassasalarining vazifasi emas, balki har bir ota-onaning ham muhim burchlaridan biridir.

Shunday ekan, yurtimizda hukm surayotgan tinch va osuda hayotni asrash, uning mustaqilligi va barqarorligiga munosib hissamizni qo‘shish – har birimizning, shu aziz Vatanda yashayotgan barcha fuqarolarning, davlat yoki jamoat tashkilotida ishlashi, tadbirkor yoki boshqa kasb egasi bo‘lishidan qat’iy nazar, eng asosiy vazifalaridan bo‘lib qolmog‘i lozim.

Tadbir ochiq muloqot va savol-javoblar tarzida bo‘lib o‘tdi, professor-o‘qituvchilar va talaba-yoshlar o‘zlarini  qiziqtirgan mavzularda fikr-mulohazalarini bildirdilar.

BOG`LANISH

Toshkent Moliya Instituti

  • Manzil: 100000 Toshkent shahri, A.Temur ko`chasi 60A
  • Telefon: (8 371) 234-53-34
  • Faks: (8 371) 234-11-48
  • Email: admin@tfi.uz
  • Ishonch telefoni: (8 371) 235-77-66
  • Jamoat transporti: 10,17,19,24,38,51,60,67,72,93,115,140
  • Ish tartibi: 09:00 dan 18:00 gacha

Hozir saytda

Hisoblagich

uz certified

Top
Click to listen highlighted text! Powered By GSpeech
We use cookies to improve our website. By continuing to use this website, you are giving consent to cookies being used. More details…