Welcome to Official web site of Tashkent institute of finance   Click to listen highlighted text! Welcome to Official web site of Tashkent institute of finance Powered By GSpeech

A- A A+
  • 1.jpg
  • 2.jpg
  • 6.jpg
  • 16.jpg
  • 55.jpg
  • 77.jpg
  • 100.jpg
  • 101.jpg
  • fon1.jpg
  • fon2.JPG

Hide Main content block

Hisob va audit fakulteti tomonidan 21-oktyabr “O‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilgan kun”ga bag‘ishlangan “Til-millat g‘ururi” mavzusida o‘tkazilgan bayram tadbiri

 2018 yil  20 oktyabr kuni Hisob va audit fakulteti tashabbusi bilan fakultet faollar zalida 21-oktyabr “O‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilgan kun”ga bag‘ishlangan “Til-millat g‘ururi” mavzusida  bayram tadbiri o‘tkazildi. Tadbirni Toshkent moliya instituti Yoshlar bilan ishlash bo‘yicha prorektori F.Muxamedov kirish so‘zi bilan ochib berdi. U o‘z so‘zida O‘zbekiston Respublikasining «Davlat tili haqida»gi qonuni qabul qilinishi va ona tilimizga davlat tili maqomi berilishi tarixiy voqea bo‘lgani, bugungi kunda o‘zbek tili dunyodagi eng qadimiy va boy tillardan biri bo‘lib, o‘zbek tili tarixi va uning hozirdagi rivoji haqida alohida ta’kidlab, hozirda zamondoshlar, ayniqsa yoshlar tomonidan o‘zbek tilining “buzib” gapirilishini qattiq tanqid qildi.

Shundan so‘ng, tadbirda so‘z fakultet dekani K.Karimovaga berilib, u avvalo barcha tadbir ishtirokchilarini til bayrami bilan muborakbod etdi. Shuningdek, K.Karimova o‘z nutqida istiqlol yillarida ona tilimizning nufuzini yanada oshirish, ommaviy muomalada adabiy til me’yor va qoidalari buzilishining oldini olish borasida amalga oshirilgan aniq maqsadli ishlar o‘z samarasini berayotganligini, tilga e’tibor, bu millatga e’tibor demakdir. Tilning taraqqiy etishi  yoshlar ongiga milliy g‘urur tuyg‘usini chuqurroq singdirish, o‘zbek tili va adabiyoti rivojini yanada yuksaltirish, ma’naviyatimiz durdonalari horijiy mamlakatlarga keng tanishtirish imkoniyatlarini kengrok ochishga imkoniyat demakdir.

Tadbirda institutning “O‘zbek va rus tillari” kafedrasi mudiri f.f.d.,prof. N.Husanov so‘zga chiqib, U o‘z ma’ruzasida jamoat joylari, korxona, muassasalarda o‘zbek adabiy tili me’yorlariga rioya qilinishini o‘rganish davomida bir qator kamchiliklarga yo‘l qo‘yilayotganini misollar asosida gapirib berdi Bunday xato va kamchiliklarni tuzatish va O‘zbek adabiy tili qoidalari buzilishining oldini olish maqsadida “Davlat tili to‘g‘risida”gi qonun talablariga rioya qilmagan korxona va tashkilotlar mutasaddilarining javobgarligini yanada oshirish bo‘yicha o‘zining taklif va tavsiyalarini yig‘ilganlarga tushuntirib berdi. 

So‘ngra tadbirning badiiy qismida Hisob va audit fakulteti 1-kurs XBA-60, XBA-61, XBA-20 va XBA-21 akademguruhlari talaba-yoshlari tomonidan tayyorlangan sahna ko‘rinishlari,  sherxonlik va bahru bayt rukni ostida g‘azallar, aytishuvlar kabi badiiy chiqishlar ishtirokchilar tomonidan samimiy kutib olindi.

Tadbirda fakultetning 1-kurs XBA-60 akademguruhi talabalari tomonidan tayyorlangan “Til - dil kaliti”, XBA-61 akademguruhining  “Til-millat g‘ururi” va XBA-20 va XBA-21 akademguruhlari talaba-yoshlari tomonidan tayyorlangan “O‘zbek tili” nomli milliy tilimiz targ‘ibotiga oid devoriy gazetalar namoyishi amalga oshirilib, tanlov natijalariga ko‘ra XBA-61 akademguruhining “Til-millat g‘ururi” nomli devoriy gazetasi 1-o‘ringa loyiq deb topildi. Shundan so‘ng, tadbirda eng faol qatnashgan  talabalar va devoriy gazeta tanlovi g‘olibi XBA-61 akademguruhi jamoasi institut rahbariyati tomonidan faxriy yorliqlar va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandilar.

 

BOG`LANISH

Toshkent Moliya Instituti

  • Manzil: 100000 Toshkent shahri, A.Temur ko`chasi 60A
  • Telefon: (8 371) 234-53-34
  • Faks: (8 371) 234-11-48
  • Email: admin@tfi.uz
  • Ishonch telefoni: (8 371) 235-77-66
  • Jamoat transporti: 10,17,19,24,38,51,60,67,72,93,115,140
  • Ish tartibi: 09:00 dan 18:00 gacha

Hozir saytda

Hisoblagich

uz certified

Top
Click to listen highlighted text! Powered By GSpeech
We use cookies to improve our website. By continuing to use this website, you are giving consent to cookies being used. More details…