Welcome to Official web site of Tashkent institute of finance   Click to listen highlighted text! Welcome to Official web site of Tashkent institute of finance Powered By GSpeech

A- A A+
  • 1.jpg
  • 2.jpg
  • 6.jpg
  • 16.jpg
  • 55.jpg
  • 77.jpg
  • 100.jpg
  • 101.jpg
  • fon1.jpg
  • fon2.JPG

Hide Main content block

Yaponiyalik fotosuratchi Numat Sanaening “Asakusa Tarixi” nomli ko‘rgazmasiga tashrif

M-20 guruh talabalari guruh Murabbiysi dotsent M.A.Berdiyeva boshchiligida Yaponiyaning iqtidorli fotosuratchisi Numat Sanaening “Asakusa Tarixi” nomli ko‘rgazmasiga tashrif  buyurib, Yaponiyaning Tokyo Shahri, Taygo tumanida barpo etilgan Asakusa dahasining buyuk tarixi, o‘zgacha urf-odatlari shuningdek, butun dunyoga mashhur ibodatxonalari suratlari bilan tanishdilar. Asakusa dahasi XX-asrda Yaponiyaliklarning eng mashhur ko‘ngilochar markazlaridan biri bo‘lib, o‘zining teatr va “Dekikan” nomli kinoteatrlari bilan mashhur bo‘lgan. Bugungi kunda esa Yaponiyaning eng turistbop joylaridan biri sanaladi. Afsuski, II-Jahon urushi tufayli Asakusa dahasinig aksariyat binolari va ibodatxonalari vayronaga aylangan. Hozirgi kunda Asakusaning eng go‘zal va betakror binolaridan biri “Senso-Dzi” ibodatxonasi hisoblanadi. U yerda asrlar davomida me‘morchilik, hunarmandlik, o‘ymakorlik, san’at va raqs yuksak baholanib kelingan. Ko‘rgazmadagi bir-biridan go‘zal va rangbarang fotosuratlarda tasvirlangan Asakusa aholisining  hayoti, buyuk tarixga egaligining isboti bo‘lgan binolari, guruh talabalarida o‘zgacha his uyg‘otib, qalbida o‘chmas iz qoldirdi. Hattoki ba’zi talabalar kelajakda Asakusa dahasiga tashrif buyurish istagi paydo bo‘lgani haqida aytib o‘tdilar.

BOG`LANISH

Toshkent Moliya Instituti

  • Manzil: 100000 Toshkent shahri, A.Temur ko`chasi 60A
  • Telefon: (8 371) 234-53-34
  • Faks: (8 371) 234-11-48
  • Email: admin@tfi.uz
  • Ishonch telefoni: (8 371) 235-77-66
  • Jamoat transporti: 10,17,19,24,38,51,60,67,72,93,115,140
  • Ish tartibi: 09:00 dan 18:00 gacha

Hozir saytda

Hisoblagich

uz certified

Top
Click to listen highlighted text! Powered By GSpeech
We use cookies to improve our website. By continuing to use this website, you are giving consent to cookies being used. More details…