Welcome to Official web site of Tashkent institute of finance   Click to listen highlighted text! Welcome to Official web site of Tashkent institute of finance Powered By GSpeech

A- A A+
  • 1.jpg
  • 2.jpg
  • 6.jpg
  • 16.jpg
  • 55.jpg
  • 77.jpg
  • 100.jpg
  • 101.jpg
  • fon1.jpg
  • fon2.JPG

Hide Main content block

Abdulla Qodiriyning “O‘tgan кunlar”’ romaniga bag‘ishlangan ochiq dars

Toshkent мoliya institutining “Moliyaviy мenejment” fakulteti M-20 guruhida guruh rahbari dotsent M.A.Berdiyeva bilan birgalikda o‘zbek adabiyotining eng yorqin namoyondalaridan biri Abdulla Qodiriyning “O‘tgan кunlar”’ romaniga bag‘ishlangan ochiq dars mashg‘uloti o‘tkazildi. Mashg‘ulotni guruh talabalari yozuvchining hayoti va ijodiga bag‘ishlangan taqdimot namoyishi bilan ochib berdilar. Abdulla Qodiriy 1894 yilning 10 aprelida Toshkent shahrida tavallud topgan. Qisqa bo‘lishiga qaramay, unumli hayoti davomida o‘zbek adabiyotining rivoji uchun o‘zining beqiyos hissasini qo‘shgan. Abdulla Qodiriyning o‘zbek adabiyotidagi birinchi “O‘tgan kunlar” romani dastlab 1922 yilda “Inqilob” jurnalida chop etildi, keyinchalik 1926 yilda roman kitob holida bosmadan chiqarildi. Adib o‘z romani orqali xalqning ongini uyg‘otmoqchi bo‘ldi. “Tariximizning eng kir, qora kunlari” XIX asr o‘rtasidagi mudxish tarixiy jarayonlar to‘g‘risida so‘z ochdi. “O‘tgan kunlar” romanining ma’no doirasi nihoyatda keng. Unda xilma-xil insoniy taqdirlar, ijtimoiy-siyosiy, ma’naviy-ahloqiy, oilaviy-ishqiy muammolar qalamga olingan. Biroq ular orasida yurtning, millatning taqdiri va mustaqillgi alohida ajralib turadi. Roman qahramonlarining obrazi, hayot tarzi va taqdiri guruh talabalarini ta’sirlantirmay qo‘ymadi. Talabalar ham salbiy, ham ijobiy qahramonlar obrazlarini muhokama qilib, o'zlari uchun kerakli hulosaga keldilar. Mashg‘ulot so‘ngida yozuvchi hayoti va ijodi, shuningdek, romani yuzasidan viktorina uyushtirilib, talabalar o‘rtasida savol-javoblar bo‘lib o‘tdi.

BOG`LANISH

Toshkent Moliya Instituti

  • Manzil: 100000 Toshkent shahri, A.Temur ko`chasi 60A
  • Telefon: (8 371) 234-53-34
  • Faks: (8 371) 234-11-48
  • Email: admin@tfi.uz
  • Ishonch telefoni: (8 371) 235-77-66
  • Jamoat transporti: 10,17,19,24,38,51,60,67,72,93,115,140
  • Ish tartibi: 09:00 dan 18:00 gacha

Hozir saytda

Hisoblagich

uz certified

Top
Click to listen highlighted text! Powered By GSpeech
We use cookies to improve our website. By continuing to use this website, you are giving consent to cookies being used. More details…