Welcome to Official web site of Tashkent institute of finance   Click to listen highlighted text! Welcome to Official web site of Tashkent institute of finance Powered By GSpeech

A- A A+
  • 1.jpg
  • 2.jpg
  • 6.jpg
  • 16.jpg
  • 55.jpg
  • 77.jpg
  • 100.jpg
  • 101.jpg
  • fon1.jpg
  • fon2.JPG

Hide Main content block

Institut kengashi

2018 yil 25 oktyabrda institut Kengashining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Kengash ishini Kengash  raisi rektor U.Azizov olib bordi.  Kengash  raisi U.Azizov 2018 yil 24 oktabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev rahbarligida oliy ta’lim sohasini yanada rivojlantirish, kadrlar tayyorlash sifatini oshirish, ilm-fan va ishlab chiqarish integratsiyasini kengaytirish masalalariga bag‘ishlangan yig‘ilish bo‘lib o‘tganligi haqida axborot berdi. Mazkur yig‘ilishda prezidentimiz tomonidan oliy ta’limdagi mavjud kamchiliklar qattiq tanqid qilinib va ularni bartaraf etish yuzasidan har bir oliy ta’lim muassasasi rahbarlariga aniq talablar va topshiriqlar belgilab berilganligini alohida ta’kidladi.

            Jumladan, yig‘ilishda prezidentimiz oliy ta’lim muassasalarining nufuzi, professor-o‘qituvchilarning ilmiy salohiyati xalqaro ilmiy hamjamiyatda munosib o‘ringa ega emasligi, ta’lim jarayoniga dunyoda tan olingan fan arboblari, yuqori malakali professor-o‘qituvchilarni jalb etish yaxshi yo‘lga qo‘yilmaganligini tanqid qilgan. Shuningdek, ilm-fanni rivojlantirish, tadqiqotlarni ishlab chiqarish bilan integratsiya qilish, ilmiy faoliyat natijadorligini oshirish, iqtidorli talabalar ilmiy izlanishlar olib borishi uchun zarur sharoitlar yaratilmaganligi, ta’lim jarayoniga innovatsion metodikalarni joriy etish, o‘quv dasturlarining ishlab chiqarish bilan hamohangligini ta’minlash va eng asosiysi, professor-o‘qituvchilar malakasini oshirish ishlari umuman qoniqarsiz ahvoldaligi, iqtisodiyot shiddat bilan rivojlanayotgan bir paytda oliy ta’lim tizimi taraqqiyotning lokomotivi bo‘lish o‘rniga, zamon bilan hamqadam bo‘lmayotgani, mehnat bozoridagi tarkibiy o‘zgarishlarga javob beradigan, yoshlarimizga kasb-hunar o‘rgatadigan, ularda tadbirkorlik ko‘nikmalarini shakllantiradigan tizim yo‘q desak, bu ham achchiq haqiqat, – degan davlatimiz rahbari. Shu bois sohadagi kechiktirib bo‘lmaydigan vazifalarni bajarish yuzasidan topshiriqlar berilganligi qayd etildi.

         Institut Kengashi kun tartibiga kiritilgan masalalar yuzasidan mas’ullarning axborot va hisobotlari eshitildi, tanqidiy ruhda ko‘rib chiqildi, muhokama jarayonida bildirilgan fikr-mulohazalar, takliflar asosida tegishli qarorlar qabul qilindi.

BOG`LANISH

Toshkent Moliya Instituti

  • Manzil: 100000 Toshkent shahri, A.Temur ko`chasi 60A
  • Telefon: (8 371) 234-53-34
  • Faks: (8 371) 234-11-48
  • Email: admin@tfi.uz
  • Ishonch telefoni: (8 371) 235-77-66
  • Jamoat transporti: 10,17,19,24,38,51,60,67,72,93,115,140
  • Ish tartibi: 09:00 dan 18:00 gacha

Hozir saytda

Hisoblagich

uz certified

Top
Click to listen highlighted text! Powered By GSpeech
We use cookies to improve our website. By continuing to use this website, you are giving consent to cookies being used. More details…