Welcome to Official web site of Tashkent institute of finance   Click to listen highlighted text! Welcome to Official web site of Tashkent institute of finance Powered By GSpeech

A- A A+
  • 1.jpg
  • 2.jpg
  • 6.jpg
  • 16.jpg
  • 55.jpg
  • 77.jpg
  • 100.jpg
  • 101.jpg
  • fon1.jpg
  • fon2.JPG

Hide Main content block

Malayziyalik professor Huang Soon Fook dars mashg‘ulotlari

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 20 apreldagi “Oliy ta’lim tizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-2909-sonli, 2017 yil 27 iyuldagi “Oliy ma’lumotli mutaxassislar tayyorlash sifatini oshirishda iqtisodiyot sohalari va tarmoqlarining ishtirokini yanada kengaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-3151-sonli va 2018 yil 5 iyundagi “Oliy ta’lim muassasalarida ta’lim sifatini oshirish va ularning mamlakatda amalga oshirilayotgan keng qamrovli islohotlarda faol ishtirokini ta’minlash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-3775-sonli qarorlari ijrosini ta’minlash maqsadida, Malayziya Davlatining “Binary University of management and entrepreneurship” universitetining professori Huang Soon Fook Toshkent moliya instituti bilan tuzilgan memorandum shartnomaga asosan 2018 yil 19-25 oktabr kunlari tashrif buyurdi va o‘z dars mashg‘ulotlarini o‘tkazdi.

Professor Huang Soon Fook “Financial Implications of Corporate  Entrepreneurship” mavzusida “Buxgalteriya hisobi”, “Budjet hisobi” kafedralari professor-o‘qituvchilari hamda barcha fakultetlarda talabalar bilan ma’ruza darslarini olib bordi. Dars mashg‘ulotlarida barcha talabalar va professor o‘qituvchilar faol ishtirok etdilar, savol va javoblar orqali o‘z bilimlarini yanada boyitib, Malayziya davlatining buxgalteriya hisobi tizimi to‘g‘risida ma’lumotlarga ega bo‘ldilar va tadbirkorlik faoliyatini samarali boshlash kabi masalalarda amaliy tavsiyalar oldilar. Ma’ruzalar juda qiziqarli tarzda bo‘lib o‘tdi, barchada yaxshi ta’surotlar qoldirdi.

Malayziyalik professor Huang Soon Fookni institut rektori U.Azizov qabul qildi va unga hamkorlik uchun o‘z minnatdorchiligini bildirdi hamda milliy liboslar va esdalik sovg‘alari taqdim etdi. Tomonlar o‘zaro hamkorlikni yanada rivojlantirish, kelgusidagi rejalar haqida kelishib oldilar.

BOG`LANISH

Toshkent Moliya Instituti

  • Manzil: 100000 Toshkent shahri, A.Temur ko`chasi 60A
  • Telefon: (8 371) 234-53-34
  • Faks: (8 371) 234-11-48
  • Email: admin@tfi.uz
  • Ishonch telefoni: (8 371) 235-77-66
  • Jamoat transporti: 10,17,19,24,38,51,60,67,72,93,115,140
  • Ish tartibi: 09:00 dan 18:00 gacha

Hozir saytda

Hisoblagich

uz certified

Top
Click to listen highlighted text! Powered By GSpeech
We use cookies to improve our website. By continuing to use this website, you are giving consent to cookies being used. More details…