Welcome to Official web site of Tashkent institute of finance   Click to listen highlighted text! Welcome to Official web site of Tashkent institute of finance Powered By GSpeech

A- A A+
  • 1.jpg
  • 2.jpg
  • 6.jpg
  • 16.jpg
  • 55.jpg
  • 77.jpg
  • 100.jpg
  • 101.jpg
  • fon1.jpg
  • fon2.JPG

Hide Main content block

Kafedra haftaligi: Chet tillari

Kafedra haftaliklari doirasida Sug‘urta fakulteti bilan hamkorlikda “Chet tillari” kafedrasi 21 oktabr - O‘zbek tiliga  davlat tili maqomi berilgan kun munosabati bilan "Til -millat xazinasi" mavzusida  davra suhbati tashkil etdi.

Tadbirni kirish so‘zi bilan Ma’naviyat bo‘limi boshlig‘i O‘.Narboyev ochib berdi va o‘zbek tilining millat ma’naviyatida tutgan o‘rni haqida o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi. Tadbirda O‘zbekiston yozuvchilar uyushmasi a’zosi, O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi shoir Bobur Bobomurod ishtirok etib, o‘zbek tili va uning tarixi, bugungi kundagi ahamiyati, tilimiz va yozuvimizdan foydalanishimizda uchraydigan xatoliklar, ularni bartaraf etishda har birimizning mas’ulligimiz haqida gapirdi va o‘z ijod namunalari bo‘lmish she’rlaridan o‘qib berdi.

Tadbirda kafedra mudiri I.Haydarov, pedagog-xodimlar A.Vasiyev, R.Azimboyeva va M.Bozorovalar o‘zbek tilining sofligi, tilning ahamiyati, millat ravnaqidagi o‘rni haqida o‘z fikrlarini bayon qilishdi. Kafedra katta o‘qituvchisi Muborak Bozorova mashhur shoirlarimiz she’rlaridan namunalar o‘qidi va talabalar bilan bahru-bayt aytishuvini tashkil etdi. Davra suhbati juda qiziqarli o‘tdi.

BOG`LANISH

Toshkent Moliya Instituti

  • Manzil: 100000 Toshkent shahri, A.Temur ko`chasi 60A
  • Telefon: (8 371) 234-53-34
  • Faks: (8 371) 234-11-48
  • Email: admin@tfi.uz
  • Ishonch telefoni: (8 371) 235-77-66
  • Jamoat transporti: 10,17,19,24,38,51,60,67,72,93,115,140
  • Ish tartibi: 09:00 dan 18:00 gacha

Hozir saytda

Hisoblagich

uz certified

Top
Click to listen highlighted text! Powered By GSpeech
We use cookies to improve our website. By continuing to use this website, you are giving consent to cookies being used. More details…