Welcome to Official web site of Tashkent institute of finance   Click to listen highlighted text! Welcome to Official web site of Tashkent institute of finance Powered By GSpeech

A- A A+
  • 1.jpg
  • 2.jpg
  • 6.jpg
  • 16.jpg
  • 55.jpg
  • 77.jpg
  • 100.jpg
  • 101.jpg
  • fon1.jpg
  • fon2.JPG

Hide Main content block

“Investitsiya loyihalarining texnik ekspertizasi” mavzusida sayyor dars

2018 yil  31 oktabr kuni “Baholash ishi va investitsiyalar” kafedrasi dotsenti, i.f.n. Raimjanova  Madina  Magistratura bo‘limining IB-3 guruhi talabalari bilan ATB “Asaka bank”ning  Avtotransport filialida “Investitsiya loyihalarining texnik ekspertizasi” mavzusida sayyor dars tashkil etdi.

Sayyor darsda bankning “Kreditlash bo‘limi” boshlig‘i Rahmonov Nodirxo‘ja Xalilovich ATB “Asaka bank”ning asosiy  faoliyati, maqsad va vazifalari hamda bank xodimlarining majburiyatlari haqida talabalarga atroflicha ma’lumotlar berdi. 

ATB “Asaka bank” Avtotransport filialining “Kreditlash bo‘limi” Bosh mutaxassisi Yo‘ldashev Azamat Qo‘ziyevich tomonidan investitsiya loyihalarini moliyalashtirishni amalga oshirishda bank mablag‘lari ishtirok etishi ko‘zda tutilgan taqdirda, loyihaning  texnik iqtisodiy asoslanishi, tahlil qilinishi va olib boriladigan ekspertizaning bosqichlari batafsil bayon etildi. Shuningdek, investitsiya loyihasining dastlabki tahlili va samaradorligini baholash natijalari texnik-iqtisodiy asoslashni (TIA)ni tayyorlashda qo‘llaniladigan usullarni amaliy misollar asosida tushuntirdi.

Tashkil etilayotgan bunday sayyor darslar talabalarning kelajakda yetuk kadrlar bo‘lib yetishishiga hamda olingan nazariy bilimlarni amaliyotda qo‘llash yuzasidan bilim va ko‘nikmalarning yanada mustahkamlanishiga katta yordam beradi. Shu nuqtai nazardan  sayyor darslar talabalar uchun qiziqarli va fanga bo‘lgan ishtiyoqini o‘sishida  katta ahamiyat kasb etadi. Sayyor darsda IB-3 guruhning barcha talabalari faol ishtirok etdilar va mavzuga doir o‘z fikr-mulohazalarini bildirdilar.

BOG`LANISH

Toshkent Moliya Instituti

  • Manzil: 100000 Toshkent shahri, A.Temur ko`chasi 60A
  • Telefon: (8 371) 234-53-34
  • Faks: (8 371) 234-11-48
  • Email: admin@tfi.uz
  • Ishonch telefoni: (8 371) 235-77-66
  • Jamoat transporti: 10,17,19,24,38,51,60,67,72,93,115,140
  • Ish tartibi: 09:00 dan 18:00 gacha

Hozir saytda

Hisoblagich

uz certified

Top
Click to listen highlighted text! Powered By GSpeech
We use cookies to improve our website. By continuing to use this website, you are giving consent to cookies being used. More details…