Welcome to Official web site of Tashkent institute of finance   Click to listen highlighted text! Welcome to Official web site of Tashkent institute of finance Powered By GSpeech

A- A A+
  • 1.jpg
  • 2.jpg
  • 6.jpg
  • 16.jpg
  • 55.jpg
  • 77.jpg
  • 100.jpg
  • 101.jpg
  • fon1.jpg
  • fon2.JPG

Hide Main content block

Ph.D. Rafał Sieradzki: Cryptocurrencies - the brave new financial world

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 20 apreldagi “Oliy ta’lim tizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-2909-sonli, 2017 yil 27 iyuldagi “Oliy ma’lumotli mutaxassislar tayyorlash sifatini oshirishda iqtisodiyot sohalari va tarmoqlarining ishtirokini yanada kengaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-3151-sonli va 2018 yil 5 iyundagi “Oliy ta’lim muassasalarida ta’lim sifatini oshirish va ularning mamlakatda amalga oshirilayotgan keng qamrovli islohotlarda faol ishtirokini ta’minlash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-3775-sonli qarorlari ijrosini ta’minlash maqsadida, Polsha Davlatining  Krakov iqtisodiyot universitetining (Cracow University of Economics)  falsafa doktori (Ph.D.) Rafał Sieradzki  2018 yil 2 noyabr kuni tashrif buyurdi.

Ph.D. Rafał Sieradzki Cryptocurrencies - the brave new financial world” mavzusida “Moliyaviy menejment” kafedrasi professor-o‘qituvchilari hamda talabalarga ma’ruza  olib bordi.  Maruza davomida talabalar kriptovalyutalar, blokcheyn tehnologiyalar va raqamli iqtisodiyot rivojlanishi haqida tushunchalarga va dunyo amaliyoti haqida ma’lumotlarga ega boʻldilar. Ma’ruza mashgʻuloti ingliz tilida olib borildi va unda talabalar oʻzlarini qiziqtirgan savollarga javob oldilar. Barcha talabalar va professor o‘qituvchilar ushbu ma’ruzada faol ishtirok etdilar, savol va javoblar orqali o‘z bilimlarini yanada boyitib, kriptovalyutalar va blokcheyn tehnologiyalar  to‘g‘risida ma’lumotlarga ega bo‘ldilar. Ma’ruza  juda qiziqarli tarzda bo‘lib o‘tdi, barchada yaxshi ta’surotlar qoldirdi.

Polshalik Ph.D. Rafał Sieradzki va Moliyaviy menejment kafedrasi professor-o‘qituvchilari bilan uchrashuv boʻlib oʻtdi va kafedra mudiri i.f.d. S.Elmirzayev  unga hamkorlik va olib borgan ma’ruzalari uchun o‘z minnatdorchiligini bildirdi hamda esdalik sovg‘alari taqdim etdi.

 

BOG`LANISH

Toshkent Moliya Instituti

  • Manzil: 100000 Toshkent shahri, A.Temur ko`chasi 60A
  • Telefon: (8 371) 234-53-34
  • Faks: (8 371) 234-11-48
  • Email: admin@tfi.uz
  • Ishonch telefoni: (8 371) 235-77-66
  • Jamoat transporti: 10,17,19,24,38,51,60,67,72,93,115,140
  • Ish tartibi: 09:00 dan 18:00 gacha

Hozir saytda

Hisoblagich

uz certified

Top
Click to listen highlighted text! Powered By GSpeech
We use cookies to improve our website. By continuing to use this website, you are giving consent to cookies being used. More details…