Welcome to Official web site of Tashkent institute of finance   Click to listen highlighted text! Welcome to Official web site of Tashkent institute of finance Powered By GSpeech

A- A A+
  • 1.jpg
  • 2.jpg
  • 6.jpg
  • 16.jpg
  • 55.jpg
  • 77.jpg
  • 100.jpg
  • 101.jpg
  • fon1.jpg
  • fon2.JPG

Hide Main content block

«Ochiq eshiklar kuni»

2019 yil 4 yanvar kuni Toshkent moliya institutida umumiy o‘rta ta’lim maktablari va akademik litseylarning bitiruvchi bosqich o‘quvchilari uchun «Ochiq eshiklar kuni» tadbiri o‘tkazildi.

Tadbirdan ko‘zlangan asosiy maqsad O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 26 sentyabrdagi «Oliy ta’lim muassasalariga kirish uchun nomzodlarni maqsadli tayyorlash tizimini yanada takomillashtirish to‘g‘risida»gi  3290-son qaroriga muvofiq kelgusi o‘quv yiliga Toshkent moliya institutiga o‘qishga kirish uchun eng bilimli va iqtidorli munosib nomzodlarni aniqlash va ularning bilimlarini tegishli fanlar bo‘yicha sinovdan o‘tkazish orqali ularni dastlabki saralash ishlarini amalga oshirishdan iborat.

Tadbirda ishtirok etganlar O‘zbekiston Respublikasi Rahbariyati tomonidan oliy ta’lim muassasalari oldiga yuqori malakali kadrlar tayyorlash sifatini oshirish, talabalarning o‘qishi uchun yetarli shart-sharoitlar yaratish bilan bir qatorda institut va universitetlarga o‘qishga kirish uchun saralash yo‘li bilan eng iqtidorli va bilimdon o‘quvchilarni tanlash ishlarini tashkil etish vazifalari qo‘yilganligini alohida ta’kidladilar.

Tadbirda institut rektorati, institutning tajribali professor-o‘qituvchilari hamda umumta’lim maktablarining 11 sinf o‘quvchilari va akademik litseylarning bitiruvchi bosqich o‘quvchilari va ularning ota-onalari ishtirok etdilar.

“Ochiq eshiklar kuni”ga tashrif buyurgan o‘quvchilarning ota-onalariga ushbu tadbirni tashkil etishning maqsadi to‘g‘risida tushuntirib o‘tildi. Institut faoliyatiga oid taqdimot va videorolik namoyish etildi.

Mamlakatimizning turli xududlaridan 200 dan ziyod o‘quvchi-yoshlar va ularning ota-onalari ishtirok etgan mazkur tadbirda o‘quvchilar o‘zlarining kelajakda qaysi kasbni tanlashni aniqlash bo‘yicha psixologik testdan o‘tdilar hamda bank-moliya yo‘nalishida mutaxassislar tayyorlovchi oliy ta’lim muassasalari, shu jumladan, Toshkent moliya institutiga o‘qishga kirishda o‘tkaziladigan va umumiy o‘rta ta’lim maktablari va akademik litseylarning o‘quv dasturlari asosida tayyorlangan matematika fanidan nazorat ishi, chet tillari fanidan test sinovlari hamda ona tili va adabiyoti fanidan insho yozdilar.

Institut tomonidan «Ochiq eshiklar kuni» tadbiriga tashrif buyurgan o‘quvchilarning ota-onalariga ma’ruzalar zalida o‘rnatilgan elektron monitor orqali sinovlar o‘tkazilayotgan o‘quv xonalarida farzandlarining sinovlarni topshirish jarayonini onlayn rejimda kuzatib borish imkoniyati yaratildi.

Shuni alohida ta’kidlash lozimki, tadbirda institutning www.tfi.uz veb-saytida onlayn ro‘yxatdan o‘tib, kasbga qiziqishini aniqlash bo‘yicha o‘tkazilgan so‘rovnomada qatnashgan o‘quvchi-yoshlarning ota-onalariga institutning psixologi tomonidan so‘rovnoma natijalariga ko‘ra farzandining qaysi kasbga qiziqishi yuqoriligini ko‘rsatuvchi tegishli tavsiyanomalar berildi.

O‘quvchi-yoshlarning bilimlarini aniqlash yuzasidan o‘tkazilgan mazkur sinov yakuni bo‘yicha eng yuqori natijalarga erishgan o‘quvchilarga Toshkent moliya institutiga o‘qishga kirish uchun hujjat topshirishga yo‘llanmalar taqdim etiladi.

Tadbirda ishtirok etgan o‘quvchi-yoshlar va ularning ota-onalari institut tashkil etgan ushbu tadbirdan mamnun ekanligini hamda bunday tadbirlarni yanada ko‘proq tashkil etish maqsadga muvofiq ekanligini bildirdil

BOG`LANISH

Toshkent Moliya Instituti

  • Manzil: 100000 Toshkent shahri, A.Temur ko`chasi 60A
  • Telefon: (8 371) 234-53-34
  • Faks: (8 371) 234-11-48
  • Email: admin@tfi.uz
  • Ishonch telefoni: (8 371) 235-77-66
  • Jamoat transporti: 10,17,19,24,38,51,60,67,72,93,115,140
  • Ish tartibi: 09:00 dan 18:00 gacha

Hozir saytda

Hisoblagich

uz certified

Top
Click to listen highlighted text! Powered By GSpeech
We use cookies to improve our website. By continuing to use this website, you are giving consent to cookies being used. More details…