Welcome to Official web site of Tashkent institute of finance   Click to listen highlighted text! Welcome to Official web site of Tashkent institute of finance Powered By GSpeech

A- A A+
  • 1.jpg
  • 2.jpg
  • 6.jpg
  • 16.jpg
  • 55.jpg
  • 77.jpg
  • 100.jpg
  • 101.jpg
  • fon1.jpg
  • fon2.JPG

Hide Main content block

“O‘zbekiston bo‘ylab sayohat qil!”

 “O‘zbekiston bo‘ylab sayohat qil!” – ichki turizmni rivojlantirish dasturi doirasida institut professor-o‘qituvchilari, ishchi-xodimlar va talaba-yoshlarining Xiva shahriga sayohati

         Institut rektorati va kasaba uyushma qo‘mitasi bilan hamkorlikda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 7 fevraldagi “Ichki turizmni jadal rivojlantirishni ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-3514-sonli qarori asosida 2018 yil 21-23 dekabr kunlari 40 nafar institut professor-o‘qituvchilari, ishchi-xodimlar va talaba-yoshlari uchun ko‘hna va hamisha navqiron Xiva shahriga jamoaviy sayohat tashkil etildi.

         Xiva – muzey shahar, lekin Rim shahri kabi aholi yashaydigan shahardir. Arxeologik tadqiqotlarning ko‘rsatishicha Xiva shahri 2500 yoshga kirgan. Bularning hammasi YuNYeSKO tashkilotiga Xivani qo‘riqxona ahamiyatidagi shahar deb e’lon qilishga, shaharning ichki qismida joylashgan Ichan-qal’ani esa jahon ahamiyatidagi tarixiy yodgorlik deb e’tirof etishga asos bo‘lgan. Ha, Xiva shahrini bejizdan ochiq osmon ostidagi muzey deb atashmaydi.

Sayohatning birinchi kuni institut professor-o‘qituvchilari, ishchi-xodimlar va talaba-yoshlari Urganch shahridagi temir yo‘l vokzalida maxsus avtobusda kutib olindi. Sayohatchilar dastlab Urganch shahridagi Jaloliddin Manguberdi xaykalini ziyorat qilishga bordilar. Shundan so‘ng sayohatchilar o‘tirgan avtobus Xorazm viloyatining Xiva shahriga qarab yo‘l oldi. Xiva shahriga tashrif buyurgan institut professor-o‘qituvchilari, ishchi-xodimlar va talaba-yoshlari “QIBLA TOZA BOG’” mehmonxonasiga joylashdilar. Ushbu tarixiy shaharga uyushtirilgan sayohat Ichan-kal’ada joylashgan muqaddas joylar, xususan, shahar ichidagi shahar nomi bilan mashhur bo‘lgan Ichan-Qal’a, Said Alovuddin madrasasi, Kalta-Minor minorasi va Muxammad Amin xona madrasalarida bo‘ldi.

Sayohatning ikkinchi kuni davomida Xiva shahridagi Alla-Kuli-Xon madrasasi, Pahlavon Mahmud mavzoleyi, Tosh-hovli saroyi, Ko‘xna-Ark qal’asi, Xodja Islom minora-masjidi va Polvon-Darvoza darvozalari kabi ko‘plab tarixiy obida va ibodat maskanlarini tomosha qildilar.

Sayohat institut professor-o‘qituvchilari, ishchi-xodimlar va talaba-yoshlarida betakror va unutilmas xotiralar qoldirdi.

BOG`LANISH

Toshkent Moliya Instituti

  • Manzil: 100000 Toshkent shahri, A.Temur ko`chasi 60A
  • Telefon: (8 371) 234-53-34
  • Faks: (8 371) 234-11-48
  • Email: admin@tfi.uz
  • Ishonch telefoni: (8 371) 235-77-66
  • Jamoat transporti: 10,17,19,24,38,51,60,67,72,93,115,140
  • Ish tartibi: 09:00 dan 18:00 gacha

Hozir saytda

Hisoblagich

uz certified

Top
Click to listen highlighted text! Powered By GSpeech
We use cookies to improve our website. By continuing to use this website, you are giving consent to cookies being used. More details…