Welcome to Official web site of Tashkent institute of finance   Click to listen highlighted text! Welcome to Official web site of Tashkent institute of finance Powered By GSpeech

A- A A+
  • 1.jpg
  • 2.jpg
  • 6.jpg
  • 16.jpg
  • 55.jpg
  • 77.jpg
  • 100.jpg
  • 101.jpg
  • fon1.jpg
  • fon2.JPG

Hide Main content block

Institut professor-o‘qituvchilarining talabalar qishki ta’tili vaqtidagi faoliyati: kasbiy rivojlanish va uslubiy takomillashuv

Mamlakatimizning mustaqillik yillarida qaror topgan an’analaridan biri sifatida talabalarning qishki ta’tilini samarali o‘tkazish hamda professor o‘qituvchilarning bu davrda kasbiy ravnaqi hamda asosiy me’zon sifatida qaralayotgan darslarning sifat   darajasini oshirishga yoʻnaltirilgan uslubiy takomillashuv tadbirlari yuzasidan  Toshkent moliya instituti Kengashining 2018 yil 29 dekabrdagi Institut talabalarining qishki ta’tili munosib o‘tkazilishi va shu davrda professor-o‘qituvchilar hamda xodimlar faoliyati samarali tashkil etilishi to‘g‘risidagi 5 sonli qarori  hamda Rektorning shu mazmundagi buyrugʻi ijrosini ta’minlash maqsadida institutda “Ilmiy tadqiqot ishlarida ekonometrik modellashtirish” mavzusida 2019 yil 5 yanvarda seminar-trening darslari tashkil etildi. Mazkur seminarda 200 dan ortiq professor-o‘qituvchilar qatnashdilar. O‘z sohasining mutaxassislari boʻlgan I.f.n., dots. U.Azizov, i.f.n., dots. A.Xoshimov hamda i.f.d. prof. Z.Toshmatovlar oʻz ma’ruzalari bilan ishtirok  etdilar.Kunning ikkinchi yarmida I.f.d. I.Qo‘ziyev, i.f.n., dots. T.Baymuratov hamda O‘.Norboyevlar tomonidan “Oliy ta’limni rivojlantirishning zamonaviy tendyensiyalari: xalqaro tajribalar va O‘zbekiston amaliyoti” mazusi doirasida amaliy seminar mashgʻulotini professor-o‘qituvchilarning faolligida, oʻzida tahliliy-statistik ma’lumotlarni mujassam etgan taqdimotlar orqali qiziqarli va mazmunli o’tkazdilar. Mazkur seminar savol-javoblarga boy tarzda qizaqarli yakun topdi.Bundan tashqari mazkur qaror yuzasidan institut professor-o‘qituvchilarining faol ishtirokida talabalar qishki ta’tili vaqtida quyidagi tadbirlar ham samarali hamda maqsadli tarzda oʻtkazilmoqda:

  • Ilmiy-tadqiqot ishlarini bajarishda Web of Science va Scopus orqali impakt-faktorga ega jurnallarni aniqlash hamda ularda chop etilgan maqolalardan iqtiboslar keltirish ko‘nikmasini shakllantirish;
  • Kafedrada o‘qitiladigan fanlardan o‘quv-uslubiy ta’minotni takomillashtirish;
  • Raqamli iqtisodiyot. Moliyaviy texnologiyalar;
  • Chet tillari fanidan diktant yozish, erkin mavzuda (yozma shaklda)  fikr-mulohazalar bayoni hamda tematik insho yozish;
  • Ilmiy maqolalarni xalqaro andazalar darajasida yozish ko‘nikmasini shakllantirish;
  • Kafedrada o‘qitiladigan fanlardan o‘quv-uslubiy ta’minotni takomillashtirish.

 Institut professor-o‘qituvchilarining talabalar qishki ta’tili vaqtidagi faoliyati bo‘yicha ishlab chiqilgan maxsus jadvalga muvofiq har bir professor-o‘qituvchi muayyan fanlardan test topshirishlari ham belgilangan. Test sinovlari natijalari professor-o‘qituvchilarning o‘quv yili yakuni bo‘yicha reytingini aniqlashda hisobga olinadi

BOG`LANISH

Toshkent Moliya Instituti

  • Manzil: 100000 Toshkent shahri, A.Temur ko`chasi 60A
  • Telefon: (8 371) 234-53-34
  • Faks: (8 371) 234-11-48
  • Email: admin@tfi.uz
  • Ishonch telefoni: (8 371) 235-77-66
  • Jamoat transporti: 10,17,19,24,38,51,60,67,72,93,115,140
  • Ish tartibi: 09:00 dan 18:00 gacha

Hozir saytda

Hisoblagich

uz certified

Top
Click to listen highlighted text! Powered By GSpeech
We use cookies to improve our website. By continuing to use this website, you are giving consent to cookies being used. More details…