Welcome to Official web site of Tashkent institute of finance   Click to listen highlighted text! Welcome to Official web site of Tashkent institute of finance Powered By GSpeech

A- A A+
  • 1.jpg
  • 2.jpg
  • 6.jpg
  • 16.jpg
  • 55.jpg
  • 77.jpg
  • 100.jpg
  • 101.jpg
  • fon1.jpg
  • fon2.JPG

Hide Main content block

Moliya fakulteti talabalari bilan ochiq muloqot.

   2019-yilning 4-fevral kuni Toshkent moliya instituti rektori U.Azizov, Yoshlar bilan ishlash boʻyicha prorektor F.Muxamedov, Oʻquv ishlari boʻyicha prorektor I. Qoʻziyev, Oʻzbekiston Yoshlar ittifoqi IBT yetakchisi K.Maxmudov va institutning Moliya fakulteti talabalari oʻrtasida ochiq muloqot oʻtkazildi. Muloqotda talabalarga mamlakatimizda olib borilayotgan keng qamrovli islohotlar va bu islohotlar zamirida talaba-yoshlarning ishtiroki katta ahamiyat kasb etishi taʻkidlandi. Shuning bilan birga, institutdagi taʻlim tizimi, darslarning sifati, professor-oʻqituvchilarning ilmiy salohiyati, maʻnaviy-maʻrifiy tadbirlar, axborot-resurs markazi, talabalar turar joyida talabalar uchun yaratilgan sharoitlar haqida rahbar hodimlar va talabalar oʻrtasida ochiq muloqot tashkil etildi. “Talabalarni qiynayotgan har qanday muammo butun jamoamizning muammosi. Biz barcha muammolardan bohabar boʻlgan holda, har bir talabani oʻylantirayotgan muammo va kamchiliklarni batafsil oʻrganib, ularni birgalikda bartaraf etishga tayyormiz” – deb taʻkidladi institut rektori U.Oʻ.Azizov.                                                                                                                                                                                   Tadbir soʻngida 2018/2019 oʻquv yilining birinchi semestri yakuni boʻyicha soʻrovnoma tashkil etildi. Bunda talabalar yozma ravishda oʻqituvchi-pedagoglarning darslarni oʻtish sifatini, institutda yaratilgan shoroitlar darajasi, maʻnaviy-maʻrifiy tadbirlar koʻlami, Yoshlar ittifoqi foliyati hamda shu kabi muhim masalalar yuzasidan anonim tarzda taklif va xulosalar berdilar.

BOG`LANISH

Toshkent Moliya Instituti

  • Manzil: 100000 Toshkent shahri, A.Temur ko`chasi 60A
  • Telefon: (8 371) 234-53-34
  • Faks: (8 371) 234-11-48
  • Email: admin@tfi.uz
  • Ishonch telefoni: (8 371) 235-77-66
  • Jamoat transporti: 10,17,19,24,38,51,60,67,72,93,115,140
  • Ish tartibi: 09:00 dan 18:00 gacha

Hozir saytda

Hisoblagich

uz certified

Top
Click to listen highlighted text! Powered By GSpeech
We use cookies to improve our website. By continuing to use this website, you are giving consent to cookies being used. More details…