Bank ishi fakulteti talabalari bilan ochiq muloqot.
2019-yilning 5 fevral kuni Toshkent moliya instituti rektori U.Azizov, Yoshlar bilan ishlash boʻyicha prorektor F.Muxamedov, O'quv ishlari boʻyicha prorektor I.Qoʻziyev, Oʻzbekiston Yoshlar ittifoqi IBT yetakchisi K.Maxmudov, Ta’lim sifatini nazorat qilish bo‘limi boshligʻi va institutning Bank ishi fakulteti talabalari oʻrtasida ochiq muloqot oʻtkazildi. Muloqotda talabalarga mamlakatimizda olib borilayotgan keng qamrovli islohotlar va bu islohotlar zamirida talaba-yoshlarning ishtiroki katta ahamiyat kasb etishi taʻkidlandi. Shuning bilan birga, institutdagi taʻlim tizimi, darslarning sifati, professor-oʻqituvchilarning ilmiy salohiyati, maʻnaviy-maʻrifiy tadbirlar, axborot-resurs markazi, talabalar turar joyida talabalar uchun yaratilgan sharoitlar haqida rahbar hodimlar va talabalar oʻrtasida ochiq muloqot boʻlib oʻtdi. “Talabalarni qiynayotgan har qanday muammo butun jamoamizning muammosi. Biz barcha rahbarlar Siz aziz talabalarni oʻylantirayotgan muammo yoki kamchiliklarni batafsil oʻrganib, ularni birgalikda bartaraf etishga tayyormiz” – deb taʻkidladi institut rektori U.Oʻ.Azizov Tadbir soʻngida 2018/2019 oʻquv yilining birinchi semestri yakuni boʻyicha soʻrovnoma tashkil etilib, talabalar yozma ravishda oʻqituvchi-pedagoglarning darslarni oʻtish sifatini, institutda yaratilgan shoroitlar darajasini, maʻnaviy-maʻrifiy tadbirlar koʻlamini hamda Yoshlar ittifoqi foliyatini anonim tarzda baholadilar hamda o’zlarining taklif va xulosalarini berdilar.