Welcome to Official web site of Tashkent institute of finance   Click to listen highlighted text! Welcome to Official web site of Tashkent institute of finance Powered By GSpeech

A- A A+
  • 1.jpg
  • 2.jpg
  • 6.jpg
  • 16.jpg
  • 55.jpg
  • 77.jpg
  • 100.jpg
  • 101.jpg
  • fon1.jpg
  • fon2.JPG

Hide Main content block

“Buxgalteriya hisobi va audit” fakulteti talabalari bilan “Ochiq muloqot” oʻtkazildi.

 2019-yilning 6-fevral kuni “Buxgalteriya hisobi va audit” fakulteti talabalari bilan “Ochiq muloqot” oʻtkazildi. Ochiq muloqotda institut Yoshlar bilan ishlash boʻyicha prorektor F.Muxamedov, Oʻquv ishlari boʻyicha prorektor I. Qoʻziyev, Oʻzbekiston Yoshlar ittifoqi IBT yetakchisi K.Maxmudov va institutning Buxgalteriya hisobi va audit fakulteti talaba-yoshlari ishtirok etishdi. Muloqotda mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlar ahamiyati, qabul qilinayotgan hujjatlar mazmun-mohiyati, ilm olish uchun institutda yaratilgan keng sharoit va imkoniyatlar haqida fikr yuritildi. Shuning bilan birga, institutdagi taʻlim tizimi, darslarning sifati, professor-oʻqituvchilarning ilmiy salohiyati, maʻnaviy-maʻrifiy tadbirlar, axborot-resurs markazi, talabalar turar joyida talabalar uchun yaratilgan sharoitlar haqida rahbar hodimlar va talabalar oʻrtasida ochiq muloqot boʻlib oʻtdi. Shundan soʻng, talabalarni qiynayotgan masalalar xususida ularni tinglandi, mavjud muammo va kamchiliklarni batafsil oʻrganib, ularni birgalikda bartaraf etish boʻyicha aniq chora-tadbirlar belgilandi.

Tadbir soʻngida 2018/2019 oʻquv yilining birinchi semestri yakuni boʻyicha soʻrovnoma tashkil etildi. Bunda talabalar yozma ravishda oʻqituvchi-pedagoglarning darslarni oʻtish sifatini, institutda yaratilgan shoroitlar darajasi, maʻnaviy-maʻrifiy tadbirlar koʻlami, Yoshlar ittifoqi foliyati hamda shu kabi muhim masalalar yuzasidan anonim tarzda taklif va xulosalar berdilar.

BOG`LANISH

Toshkent Moliya Instituti

  • Manzil: 100000 Toshkent shahri, A.Temur ko`chasi 60A
  • Telefon: (8 371) 234-53-34
  • Faks: (8 371) 234-11-48
  • Email: admin@tfi.uz
  • Ishonch telefoni: (8 371) 235-77-66
  • Jamoat transporti: 10,17,19,24,38,51,60,67,72,93,115,140
  • Ish tartibi: 09:00 dan 18:00 gacha

Hozir saytda

Hisoblagich

uz certified

Top
Click to listen highlighted text! Powered By GSpeech
We use cookies to improve our website. By continuing to use this website, you are giving consent to cookies being used. More details…