Welcome to Official web site of Tashkent institute of finance   Click to listen highlighted text! Welcome to Official web site of Tashkent institute of finance Powered By GSpeech

A- A A+
  • 1.jpg
  • 2.jpg
  • 6.jpg
  • 16.jpg
  • 55.jpg
  • 77.jpg
  • 100.jpg
  • 101.jpg
  • fon1.jpg
  • fon2.JPG

Hide Main content block

“Iqtisodiyotni pul-kredit siyosati orqali tartibga solish” mavzusida amaliy master-klass

2019 yilning 16 yanvar kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasi qoshidagi Yoshlar muammolarini o‘rganish va istiqbolli kadrlar tayyorlash institutida malaka oshirayotgan Yoshlar ittifoqining yetakchilari uchun “Yoshlar muammolarini o‘rganish va istiqbolli kadrlarni tayyorlash” mavzusida tashkil etilgan 4 oylik o‘quv kursida “Davlatning iqtisodiy siyosati” fanidan “Iqtisodiyotni pul-kredit siyosati orqali tartibga solish” mavzusida Toshkent moliya instituti “Bank ishi” kafedrasi dotsenti, i.f.n. - Ravshan Tursunkulovich Shomurodov tomonidan amaliy master-klass darsi o‘tkazildi.

Ushbu master klassda ma’ruzachi tomonidan tinglovchilarga Davlat iqtisodiy siyosatining mohiyati, tarkibiy qismlari, maqsadlari va ustuvor vazifalari, mamlakat iqtisodiyotini tartibga solish va rivojlantirishda hamda aholi turmush farovonligini oshirib borishda Hukumatning roli to‘g‘risida batafsil ma’lumot berildi. Jumladan, monetar, fiskal va  investitsiya siyosatlari, inflyatsiya, pul massasi, rezerv pullar, kvazi pullar va boshqa monetar ko‘rsatkichlarning mohiyati hamda ularga ta’sir qiluvchi omillar nazariy, amaliy va uslubiy jihatdan tinglovchilarga tushuntirib o‘tildi. 

Xususan, fiskal siyosatni amalga oshirishda Moliya vazirligining va monetar siyosatni amalga oshirishda Markaziy bankning roli, vakolatlari, funksiyalari va vaziflarining xususiyatlari xorijiy mamlakatlarning ilg‘or tajribasiga tayangan holda tinglovchilarga atroflicha yoritib o‘tildi. Shuningdek, monetar siyosat vositalarining tijorat banklari balansiga, pul bozoriga, bank tizimi likvidliligiga, pul va kredit taklifiga hamda shu orqali valyuta kursiga, to‘lov balansiga, narxlar darajasiga va butun iqtisodiyotga ta’siri amaliy ma’lumotlar asosida batafsil tushuntirib berildi.

O‘z navbatida, turli xil makroiqtisodiy va moliyaviy muammolarni hamda inqirozlarni bartaraf etishda, iqtisodiy o‘sishni, makroiqtisodiy va moliyaviy barqarorlikni ta’minlashda monetar siyosat davlat iqtisodiy siyosatining eng asosiy vositasi ekanligi taraqqiy etgan mamlakatlardan - AQSh, Yaponiya, Germaniya misolida tinglovchilarga tushuntirib berildi. Mavzuga oid tinglovchilar tomonidan berilgan savollarga ma’ruzachi tomonidan  javoblar qaytarildi.

Eslatib o‘tamiz, mazkur akademiyada Toshkent moliya instituti “Bank ishi” kafedrasi dotsenti, i.f.n. - Ravshan Tursunkulovich Shomurodov tomonidan 2018 yilning 20 noyabrida bank tizimi rahbar xodim va mutaxassilari uchun “Investitsiyalarni jalb qilish masalalari” mavzusida tashkil etilgan 3 oylik intensiv o‘quv kursida “Xalqaro valyuta munosabatlari” mavzusida, 23 noyabrda “Xalqaro hisob-kitoblarda tovarlarni yetkazib berish shartlari” mavzusida va 29 noyabrda esa “Xalqaro hisob-kitob shakllari va ulardan foydalanish mexanizmlari” mavzusida amaliy master klass darslari o‘tkazilgan.

Shuningdek, 2018 yil 20 dekabr kuni Bank ishi kafedrasi dotsenti R.T.Shomurodov tomonidan Toshkent moliya institituti Magistratura bo‘limi II bosqich BI-4-guruhi magistrantlari uchun 202-auditoriyada “Tijorat banklari resurslarini boshqarish” fanidan “Tijorat banklari resurslarini operativ va strategik rejalashtirish” mavzusida ochiq dars o‘tkazilgan.

BOG`LANISH

Toshkent Moliya Instituti

  • Manzil: 100000 Toshkent shahri, A.Temur ko`chasi 60A
  • Telefon: (8 371) 234-53-34
  • Faks: (8 371) 234-11-48
  • Email: admin@tfi.uz
  • Ishonch telefoni: (8 371) 235-77-66
  • Jamoat transporti: 10,17,19,24,38,51,60,67,72,93,115,140
  • Ish tartibi: 09:00 dan 18:00 gacha

Hozir saytda

Hisoblagich

uz certified

Top
Click to listen highlighted text! Powered By GSpeech
We use cookies to improve our website. By continuing to use this website, you are giving consent to cookies being used. More details…