Soliqlar va sug‘urta fakulteti talabalari bilan ochiq muloqot
2019-yil 7-fevral kuni 1-ma’ruzalar zalida institut rektori U.Azizov, Yoshlar bilan ishlash bo‘yicha prorektor F.Muxamedov, O‘quv ishlari bo‘yicha prorektor I.Qo‘ziyev, Ta’lim sifatini nazorat qilish bo‘limi boshlig‘i D.Saidov, Monitoring va ichki nazorat bo‘limi boshlig‘i Sh.Shayakubov, O‘zbekiston Yoshlar ittifoqi IBT yetakchisi K.Maxmudov hamda institutning Soliqlar va sug‘urta fakultetining barcha talabalari o‘rtasida ochiq muloqot o‘tkazildi.
Ochiq muloqotda institut rektori U.Azizov talabalarga mamlakatimiz oliy ta’lim tizimi oldiga qo‘yilgan ustuvor vazifalar bilan tanishtirib o‘tar ekan, institutda bu borada amalga oshirilgan va amalga oshirilishi rejalashtirilgan ishlar haqida ma’lumot berib o‘tdi. Shuningdek, fakultetda soliq tizimi va sug‘urta faoliyati uchun kadrlar tayyorlanayotganligini e’tiborga olgan holda, 2019-yil mamlakatimizda amalga oshirilayotgan soliq tizimidagi o‘zgarishlar, qabul qilingan va bochqichma-bosqich amalga oshirilayotgan soliq siyosatini isloh qilish konsepsiyasi haqida ma’lumot berib o‘tdi. Muloqot davomida institut rektori va prorektorlari talabalar tomonidan yoʻllangan turli savollarga javob berdilar.
Tadbir yakunida talabalar 2018/2019 o‘quv yilining birinchi semestri yakuni bo‘yicha so‘rovnomada ishtirok etdilar. So‘rovnomada ishtirok etgan talabalar yakunlangan o‘quv semestrida dars mashg‘ulotlarini olib borgan pedagog xodimlarning darslarni o‘tish sifatiga baho berish bilan birga, ta’lim sifatini oshirish yuzasidan taklif va mulohazalarini bildirdilar.
Fotolavhalar