Welcome to Official web site of Tashkent institute of finance   Click to listen highlighted text! Welcome to Official web site of Tashkent institute of finance Powered By GSpeech

A- A A+
  • 1.jpg
  • 2.jpg
  • 6.jpg
  • 16.jpg
  • 55.jpg
  • 77.jpg
  • 100.jpg
  • 101.jpg
  • fon1.jpg
  • fon2.JPG

Hide Main content block

“Navoiy merosi - maʻnaviyat koʻzgusi”

Oʻzbekistonda yoshlarga oid davlat siyosatini amalga oshirishga qaratilgan chora-tadbirlar dasturida belgilangan vazifalar ijrosini taʻminlash, yosh avlodni yurtimizning buyuk siymolari xotirasini yod etish, oʻzbek mumtoz adabiyotining buyuk namoyandasi Alisher Navoiy hayoti va ijodi haqidagi bilimlarini oshirish, uning ijodiga, adabiyotga, kitobxonlikka boʻlgan qiziqishlarini oshirish, ularning dunyoqarashi va fikrlash doirasini kengaytirish maqsadida 2019-yil 8-fevral kuni Muqimiy nomidagi Oʻzbek davlat musiqali drama teatri va Toshkent moliya instituti hamkorligida Alisher Navoiy tavalludiga bagʻishlab “Navoiy merosi - maʻnaviyat koʻzgusi” mavzusida ilmiy-adabiy anjuman oʻtkazildi.

Anjumanni institutning Yoshlar bilan ishlash boʻyicha prorektori Farhod Muhamedov kirish  soʻzi bilan ochib berdi. Soʻng «Oʻzbek va rus tillari» kafedrasi mudiri Nishonboy Husanov va “Ijtimoiy fanlar kafedrasi” professori Ziyodulla Davronovlar soʻzga chiqib, Navoiy ijodiy merosi va barkamol avlod tarbiyasi haqida; “Moliya” kafedrasi mudiri, professor Tohir Malikov “Navoiydan moliyaviy saboqlar” mavzusida maʻruza qildilar. Tadbir soʻngida Muqimiy nomidagi Oʻzbek davlat musiqali drama teatri aktyorlari, Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan artist Malika Qayumova va Hayrulla Inogʻomovlar buyuk shoirimiz asarlaridan parchalar oʻqib berdilar.

Anjuman talabalarda katta taassurot qoldirdi.

BOG`LANISH

Toshkent Moliya Instituti

  • Manzil: 100000 Toshkent shahri, A.Temur ko`chasi 60A
  • Telefon: (8 371) 234-53-34
  • Faks: (8 371) 234-11-48
  • Email: admin@tfi.uz
  • Ishonch telefoni: (8 371) 235-77-66
  • Jamoat transporti: 10,17,19,24,38,51,60,67,72,93,115,140
  • Ish tartibi: 09:00 dan 18:00 gacha

Hozir saytda

Hisoblagich

uz certified

Top
Click to listen highlighted text! Powered By GSpeech
We use cookies to improve our website. By continuing to use this website, you are giving consent to cookies being used. More details…