Welcome to Official web site of Tashkent institute of finance   Click to listen highlighted text! Welcome to Official web site of Tashkent institute of finance Powered By GSpeech

A- A A+
  • 1.jpg
  • 2.jpg
  • 6.jpg
  • 16.jpg
  • 55.jpg
  • 77.jpg
  • 100.jpg
  • 101.jpg
  • fon1.jpg
  • fon2.JPG

Hide Main content block

Islomda ekstremizm va terrorizmga oʻrin yoʻq!

2019-yilning 7-fevral kuni Oʻzbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati bilan hamkorlikda Toshkent moliya instituti professor-oʻqituvchilari va talaba-yoshlari oʻrtasida 1-maʻruzalar zalida “Tinchlik eng oliy neʻmat!”, “Islomda ekstremizm va terrorizmga oʻrin yoʻq” mavzusida tadbiri boʻlib oʻtdi. Tadbirda institut Yoshlar bilan ishlash boʻyicha prorektor F.Muxamedov, Shayxontoxur tumani “Koʻhi ota” jome masjidi imom xatibi Abduhakim domla Pirnazarov, Buxgalteriya hisobi va audit fakulteti dekan muovini I.Meliyev, Oʻzbekiston Yoshlar ittifoqi IBT yetakchisi K.Maxmudov, professor-oʻqituvchilar hamda 230 nafar talaba-yoshlar ishtirok etdilar.

Tadbirni Yoshlar bilan ishlash boʻyicha prorektor F.Muxamedov oʻzining kirish soʻzi bilan ochib berib, soʻng navbatni Shayxontoxur tumani “Koʻhi ota” jome masjidi imom xatibi Abduhakim domla Pirnazarovga berdi.

A.Pirnazarov “…Tinchlikni naqadar oliy neʻmat ekanligini, uning qadrini halovatini yoʻqotganlardan, urush sabab vayron boʻlgan yurtini tark etganlardan, oila aʻzolarini koʻchaga kuzatib, qay biri tirik qaytar ekan deya xavotir olganlardan soʻrab koʻring. Ha, tinchlikning ahamiyati beqiyos. Taassufki, oʻzida bor neʻmatning qadriga yetmaydigan, yurtimizda hukm surayotgan tinchlikni koʻra olmaydigan qora kuchlarning borligi hech kimga sir emas. Bugun dunyo tez oʻzgarib, kuchli davlatlar geosiyosiy manfaatlari toʻqnashuvi keskin tus olayotgani, xalqaro terrorizm, ekstremizm, erkinlik niqobi ostidagi «ommaviy madaniyat» kabi xavf-xatarlar kuchayib borayotganini hisobga olib, avvalo, bu balo-qazolardan oʻz vaqtida ogoh boʻlish, tegishli xulosalar chiqarib olish zarur” - deya takidladi oʻz soʻzida.

Davra suhbati talabalarni tinchlikning qadrini, tinchlik oʻz-oʻzidan kelmasligini, bu kunning har bir oni, lahzasi, daqiqasining qadriga yetib yashashni, bu ozod, tinchlik havosidan nafas olish gashti qanday sharaf va baxt ekanligini his etishga undadi.

BOG`LANISH

Toshkent Moliya Instituti

  • Manzil: 100000 Toshkent shahri, A.Temur ko`chasi 60A
  • Telefon: (8 371) 234-53-34
  • Faks: (8 371) 234-11-48
  • Email: admin@tfi.uz
  • Ishonch telefoni: (8 371) 235-77-66
  • Jamoat transporti: 10,17,19,24,38,51,60,67,72,93,115,140
  • Ish tartibi: 09:00 dan 18:00 gacha

Hozir saytda

Hisoblagich

uz certified

Top
Click to listen highlighted text! Powered By GSpeech
We use cookies to improve our website. By continuing to use this website, you are giving consent to cookies being used. More details…