Welcome to Official web site of Tashkent institute of finance   Click to listen highlighted text! Welcome to Official web site of Tashkent institute of finance Powered By GSpeech

A- A A+
  • 1.jpg
  • 2.jpg
  • 6.jpg
  • 16.jpg
  • 55.jpg
  • 77.jpg
  • 100.jpg
  • 101.jpg
  • fon1.jpg
  • fon2.JPG

Hide Main content block

Toshkent moliya instituti Moliya fakulteti “Moliya” kafedrasi tomonidan 2019-yil 11-12 fevral kunlari “Davlat xaridlari: huquqiy asoslari va amalda qo‘llash mexanizmi” mavzusida seminar-trening o‘tkazildi

O‘zbekiston Respublikasining “Davlat xaridlari to‘g‘risida”gi Qonuni hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 27 sentyabrdagi “O‘zbekiston Respublikasining “Davlat xaridlari to‘g‘risida”gi Qonunini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-3953-son Qaroriga muvofiq oliy ta’lim muassasalarida davlat xaridlarini amalga oshiruvchi mas’ul xodimlar uchun 2019 yilning 11-12 fevral kunlari “Moliya” kafedrasi tomonidan “Davlat xaridlari: huquqiy asoslari va amalda qo‘llash mexanizmi” mavzusida seminar-trening o‘tkazildi.

Mazkur seminar-treningda Toshkent moliya instituti rektori U.Azizov, Moliya fakulteti dekani D.Rustamov, “Moliya” kafedrasi mudiri T.Malikov, “Moliya” kafedrasi professor-o‘qituvchilari, davlat, korporativ va xalqaro tashkilotlarda xaridlar sohasi bo‘yicha tajribali mutaxassislar, shu jumladan O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi G‘aznachiligi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari, iqtisod fanlari doktori, professor Pulatov Dilshod Xaqberdiyevich, O‘zbekiston Respublika Tovar xomashyo birjasi “Elektron tijorat va xaridlarni tashkillashtirish” bo‘limi bosh mutaxassisi Shanazarov Farux Shadiyarovich, institut ilmiy kotibi i.f.n., professor S.Mexmonov hamda respublikamizning 40 dan ortiq oliy ta’lim muassasalarining davlat xaridlarini amalga oshiruvchi mas’ul xodimlari ishtirok etdilar.

Seminar-treningda quyidagi mavzular yuzasidan mashg‘ulotlar olib borildi:

  1. Davlat xaridlari: mohiyati, amalga oshirish modellari, shakllari;
  2. O‘zbekistonda davlat xaridlarini shakllanish va rivojlanish bosqichlari;
  3. ”Davlat xaridlari to‘g‘risida”gi Qonunning ahamiyati va u bilan amaliyotga kiritilgan yangiliklar;
  4. To‘g‘ridan-to‘g‘ri shartnomalar bo‘yicha xarid qilish tartibi;
  5. Elektron do‘kon orqali davlat xaridlarini amalga oshirish tartibi va amaliyoti;
  6. Elektron auksion savdolar orqali davlat xaridlarini amalga oshirish tartibi va amaliyoti;
  7. Tanlov savdolari orqali xarid qilish tartib-taomillari;
  8. Tender savdolari orqali davlat xaridlarini amalga oshirish tartibi va amaliyoti.

Seminar-treningda barcha ishtirokchilar davlat xaridlarini amalga oshirish jarayoniga oid o‘z amaliy tajribalari va ma’lumotlari bilan bo‘lishdilar, o‘zlarini qiziqtirgan savollariga javoblar oldilar. Seminar-trening barcha ishtirokchilarda katta taassurot qoldirdi va davlat xaridlari bo‘yicha bilimlarini yanada mustahkamlashga xizmat qildi.

BOG`LANISH

Toshkent Moliya Instituti

  • Manzil: 100000 Toshkent shahri, A.Temur ko`chasi 60A
  • Telefon: (8 371) 234-53-34
  • Faks: (8 371) 234-11-48
  • Email: admin@tfi.uz
  • Ishonch telefoni: (8 371) 235-77-66
  • Jamoat transporti: 10,17,19,24,38,51,60,67,72,93,115,140
  • Ish tartibi: 09:00 dan 18:00 gacha

Hozir saytda

Hisoblagich

uz certified

Top
Click to listen highlighted text! Powered By GSpeech
We use cookies to improve our website. By continuing to use this website, you are giving consent to cookies being used. More details…