Ilmiy tadqiqot faoliyati

Oliy malakali ilmiy va ilmiy-pedagog kadrlar tayyorlash tizimini yanada takomillashtirish, Kadrlar tayyorlash milliy dasturining ustuvor vazifalarini va mamlakatda amalga oshirilayotgan iqtisodiy va demokratik islohotlarni, ilg‘or jahon tajribasi, xalqaro standartlarni hisobga olgan holda oliy o‘quv yurtidan keyingi ta’lim tizimini tubdan isloh qilish, shuningdek dissertatsiya tadqiqotlarining sifatini, ilmiy va amaliy ahamiyatini oshirish, yoshlarning o‘z ijodiy va intellektual salohiyatlarini namoyon etishlariga bugungi kunda katta e’tibor berilmoqda.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012 yil 28 dekabrdagi “Oliy o‘quv yurtidan keyingi ta’lim hamda oliy malakali ilmiy va ilmiy-pedagog kadrlarni attestatsiyadan o‘tkazish tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 365-son qarorining “Oliy o‘quv yurtidan keyingi ta’limga qo‘yiladigandavlat talablari” nomli 1-ilovasiga muvofiq oliy o‘quv yurtidan keyingi uch yilgacha davom etadigan o‘qish quyidagi shakllarda amalga oshiriladi:

- katta ilmiy xodimlar-izlanuvchilar instituti;

- mustaqil izlanuvchilik.

Katta ilmiy xodimlar-izlanuvchilar instituti — ishlab chiqarishdan bo‘shagan holda mutaxassislikni chuqur o‘rganish va doktorlik dissertatsiyasini tayyorlash va himoya qilish maqsadida ular tomonidan ilmiy izlanishlar olib borish bo‘yicha fan doktori darajasi izlanuvchilari uchun oliy ta’lim muassasalari va ilmiy-tadqiqot muassasalarida tashkil etiladigan oliy malakali ilmiy va ilmiy-pedagog kadrlar ixtisosliklar bo‘yicha oliy o‘quv yurtidan keyingi ta’lim shakli;

Mustaqil izlanuvchilik — ishlab chiqarishdan bo‘shamagan holda doktorlik dissertatsiyasini tayyorlash va himoya qilish maqsadida mutaxassislikni chuqur o‘rganish va ular tomonidan ilmiy izlanishlar bo‘yicha fan doktori ilmiy darajasi izlanuvchilari uchun oliy ta’lim muassasalari va ilmiy-tadqiqot muassasalarida tashkil etiladigan oliy malakali ilmiy va ilmiy-pedagog kadrlar bo‘yicha oliy o‘quv yurtidan keyingi ta’lim shakli;

Katta ilmiy xodim-izlanuvchi — oliy ta’lim muassasasiga yoki ilmiy-tadqiqot muassasasiga katta ilmiy xodim-izlanuvchi lavozimiga belgilangan tartibda qabul qilingan shaxs;

Mustaqil izlanuvchi — oliy ta’lim muassasasiga yoki ilmiy-tadqiqot muassasasiga mustaqil izlanuvchilikka belgilangan tartibda qabul qilingan shaxs.

Now on site

Registered: 4130
Users: 500
Guests: 89
 
A mistake in the text?
Mark it and Press Ctrl+Enter

Counters

uz certified

Top
We use cookies to improve our website. By continuing to use this website, you are giving consent to cookies being used. More details…