Malakaviy imtihonlar

Fan doktori ilmiy darajasini olish uchun dissertatsiya tadqiqotlarini olib borayotgan izlanuvchilar quyidagilardan malakaviy imtihonlarni topshiradi:

O’zbekistonning eng yangi tarixi;

dissertatsiya mavzusiga muvofiq ixtisoslik;

chet tili (ingliz, fransuz yoki nemis tili).

Dissertatsiyani bajarish uchun boshqa chet tilini bilish talab qilinadigan hollarda, chet tilidan malakaviy imtihon ish bajarilayotgan muassasaning taqdimnomasi asosida O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oliy attestatsiya komissiyasi bilan kelishilgan holda taqdimnomada ko‘rsatilgan chet tilidan topshiriladi.

Izlanuvchilar tegishli fan tarmog‘idan kelib chiqib, qo‘shimcha ravishda quyidagi malakaviy imtihonlarni topshiradi:

  • ijtimoiy-gumanitar fanlar sohalari — Mustaqillik mafkurasi hamda demokratik jamiyat qurishning iqtisodiy, ijtimoiy-siyosiy, ma’naviy negizlari va ilmiy asoslari fanidan;
  • aniq va tabiiy fanlar sohalari — O’zbekistonning eng yangi tarixi fani savollari tarkibida maxsus fandan;
  • iqtisodiyot fanlari — iqtisodiyot nazariyasi fanidan;
  • izlanuvchining oliy ma’lumoti sohasi dissertatsiya yoqlanayotgan fan tarmog‘idan farq qilgan hollarda, OAK tomonidan belgilangan mutaxassislikdan (ixtisoslikdan);
  • chet tillari bo‘yicha filologiya fanlari doktori ilmiy darajasini olish uchun ikkinchi chet tili fanidan.

Bakalavr darajasiga yoki oliy ma’lumotli mutaxassis diplomiga ega bo‘lgan izlanuvchilar malakaviy imtihonlardan tashqari tegishli fan sohasining asosiy mazmuni hamda umummetodologik va nazariy muammolarini qamrab oladigan mutaxassislikdan, oliy ma’lumotli harbiy mutaxassis diplomiga ega bo‘lgan izlanuvchilar harbiy fanlar doktori ilmiy darajasini olish uchun tegishli oliy harbiy ta’lim o‘quv dasturlariga muvofiq mutaxassislikdan ham qo‘shimcha malakaviy imtihon topshiradi.

Xorijiy fuqarolar faqat dissertatsiya mavzusiga muvofiq ixtisoslik bo‘yicha malakaviy imtihon topshiradi.

Malakaviy imtihonlar yetakchi oliy ta’lim va ilmiy-tadqiqot muassasalari tomonidan ishlab chiqilgan va tasdiqlangan hamda OAK tomonidan ma’qullangan dasturlar asosida, qo‘shimcha malakaviy imtihonlar esa, tegishli magistratura mutaxassisligi o‘quv dasturlari asosida topshiriladi.

BOG`LANISH

Toshkent Moliya Instituti

  • Manzil: 100000 Toshkent shahri, A.Temur ko`chasi 60A
  • Telefon: (8 371) 234-53-34
  • Faks: (8 371) 234-11-48
  • Email: admin@tfi.uz
  • Ishonch telefoni: (8 371) 235-77-66
  • Jamoat transporti: 10,17,19,24,38,51,60,67,72,93,115,140
  • Ish tartibi: 09:00 dan 18:00 gacha

Hozir saytda

Hisoblagich

uz certified

Top
We use cookies to improve our website. By continuing to use this website, you are giving consent to cookies being used. More details…