Nashr ishlari

 Toshkent moliya institutining “Moliya” ilmiy jurnali Jurnal O’zbekiston Respublikasi Matbuot va axborot agentligi tomonidan 2018 yil 24 martda 0519-raqami bilan ro‘yxatga olingan. Mazkur jurnal O’zbekiston Respublikasi Oliy attestatsiya komissiyasi rayosatining 2009 yil 26 martdagi 153/5-sonli Qaroriga binoan iqtisod fanlari bo‘yicha fan doktori ilmiy darajasiga talabgorlarning dissertatsiya ishlari yuzasidan ilmiy maqolalari e’lon kilinishi zarur bo‘lgan OAK ilmiy jurnallari ro‘yxatiga kiritilgan.

2008 yildan nashr qilinadi, bir yilda 6 marta chiqadi.

Jurnalning Internet axborot tarmog‘idagi manzili "www.tfi.uz" deb nomlanadi.

 Toshkent moliya institutining “Xalqaro moliya va hisob” nomli ilmiy elektron jurnali 2016 yil sentyabr oyidan nashr qilinmoqda. Ushbu elektron ilmiy jurnalda mualliflar o‘z maqolalarini sanoat, infratuzilmalar, transport va kommunikatsiya qurilishini innovatsion rivojlantirish, bank-moliya tizimini yanada isloh etish va uning barqarorligini oshirish, uzoq istiqboldagi tarkibiy o‘zgarishlarni davom ettirish va innovatsion iqtisodiyot raqobatbardoshligini yanada oshirishni ta’minlash masalalariga qaratishlari tavsiya etiladi.

 Respublikamizning yetuk olimlari va amaliyotchilarining nufuzli ilmiy ishlari natijalari bilan yosh olimlar, katta ilmiy xodim-izlanuvchilar, mustaqil izlanuvchilar va magistrlarni yaqindan tanishtirib borish hamda respublikamizning ijtimoiy-iqtisodiy sohalarida erishilayotgan innovatsion yutuqlarini ommaga tezkorlik bilan yetkazib berish ushbu elektron jurnalning asosiy vazifalaridan hisoblanadi.

Jurnalning Internet axborot tarmog‘idagi manzili "www.interfinance.uz" deb nomlanadi.

MOLIYА

ILMIY JURNAL

                  

                          Muassis: Toshkent moliya instituti

                                 Tahririyat ijodiy jamoasi:

                                   Bosh muharrir: A. Karimov

       Bosh muharrir o’rinbosarlari: N. Xaydarov, X. Shennaev

                               Muharrir: M. Husanova

                             Texnik muharrir: D. Haydarova

 TAHRIRIYAT KENGASHI RAISI:

B. A. Begalov  Toshkent moliya instituti rektori, iqtisod fanlari doktori, professor

                          TAHRIRIYAT KENGASHI A’ZOLARI:

 

A.A. Karimov    -  bosh muharrir, iqtisod fanlari doktori, professor

N.H. Haydarov   bosh muharrir o’rinbosari, Toshkent moliya instituti ilmiy ishlari bo’yicha prorektori, iqtisod fanlari doktori, professor

X.M. Shennaev   -  bosh muharrir o’rinbosari, Toshkent moliya instituti akademik litsey va kasb-hunar kollejlari bilan ishlash bo’yicha prorektori, iqtisod fanlari nomzodi, dotsent

A.V. Vahobov    -  O’zbekiston Respublikasi Oliy va o’rta maxsus ta’lim vaziri, iqtisod fanlari doktori, professor

T.K. Iminov    -  «Alskom» sug’urta kompaniyasi bosh direktori, iqtisod fanlari doktori, professor

M.B. Nurmurodov    -   O’zbekiston Respublikasi Markaziy bank raisi maslahatchisi, iqtisod fanlari nomzodi, dotsent

 T.T. Jo’raev     -   Toshkent moliya instituti iqtisodiyot nazariyasi kafedrasi mudiri, iqtisod fanlari doktori, professor

A.A.Omonov  -   Toshkent moliya instituti kasb ta’limi kafedrasi mudiri, iqtisod fanlari doktori, professor

B.E.Toshmurodova  -  Toshkent moliya instituti moliyaviy menejment kafedrasi mudiri, iqtisod fanlari doktori, professor

A.S.Jo’raev -   Toshkent moliya instituti soliq va soliqqa tortish kafedrasi mudiri, iqtisod fanlari doktori, professor

E.G’.Nabiev   -   Toshkent moliya instituti  professori, iqtisod fanlari doktori

T.S. Malikov   -  Toshkent moliya instituti  professori, iqtisod fanlari doktori

B.Q.Hamdamov -  Toshkent moliya instituti  professori, iqtisod fanlari doktori

SH.SH.SHoha’zamiy  -  Toshkent moliya instituti  professori, iqtisod fanlari doktori

SH.Z.Abdullaeva  -  Toshkent moliya instituti  professori, iqtisod fanlari doktori

YO.A.Abdullaev  -  Toshkent moliya instituti  professori, iqtisod fanlari doktori

SH.N.Fayziev   - Toshkent moliya instituti professori, iqtisod fanlari nomzodi

T.M.Qoraliev  - Toshkent moliya instituti professori, iqtisod fanlari nomzodi

ISSN 2010-9601

Moliya “ilmiy jurnalida maqolalarni chop etish qoidalari

Qo’lyozmalar sifatini davr talabiga moslashtirish, ularni o’z vaqtida ko’rib chiqish hamda ilmiy maqolalar  tegishli talablarga javob berishi uchun  mualliflar quyidagi qoidalarga  rioya etishlari kerak.

Jurnalga chop etish  uchun  taqdim  qilinayotgan maqolalar   quyidagi  ruknllarga   mos  kelishi   lozim:

  1. Moliya (davlat byudjeti va byudjetdan tashqari davlat jamg’armalari, soliqlar va soliqqa tortish, qimmatli qog’ozlar, sug’urta ishi va g’aznachilik).
  2. Bank ishi (kredit, mahalliy va davlat qarzlari, lizing, baholash ishi).
  3. Buxgalteriya hisobi va audit (moliyaviy tahlil).
  4. Moliyaviy menejment (investitsiyalar, moliyaviy resurslar menejmenti);
  5. Iqtisodiyot (mikro- va makroiqtisodiy ko’rsatkichlar).

 Shuningdek, oliy ta’lim tizimini rivojlantirishga oid maqolalar qabul qilinadi.

Ushbu ruknlarga mos kelmaydigan maqolalar qabul qilinmaydi va  bu  masalada mualliflar tomonidan   berilgan   savollarga  javob    qaytarilmaydi.

Maqolani chop etish shartlari:

  • chop qilish uchun taqdim etilayotgan maqola dolzarb, yangilikka ega bo’lishi, unda muammolar qo’yilishi, ularning yechimi, taklif va tavsiyalar hamda xulosalar berilishi  kerak;
  • sahifalash qoidalariga muvofiq kelishi kerak.

Maqolani taqdim etish  tartibi:

  • Maqola tahririyatga faqat tfi.uz korporativ sayti orqali yuboriladi. Yanada batafsil axborot jurnal saytining «Mualliflarga/ SHakl. Maqola» blokida berilgan.
  • taqdim etilayotgan  maqolalar kompьyuterda14 shriftda 1.5 intervalda bo’lishi va hajmi 6 betdan kam, 10 sahifadan oshmasligi lozim. Maqolada jadval, diagramma ishlatilishi   
  • maqola matni muallif tomonidan talab  darajada    taxrir   qilingan  bo’lishi    CHop etilayotgan materialning ilmiy-nazariy darajasi va statistik ma’lumotlarning ob’ektivligi, ularda keltirilgan iqtibos(tsitata)lar, qonunlar, farmonlar, qarorlar va boshqa hujjatlar nomlarining to’g’riligi uchun javobgarlik mualliflar zimmasida bo’ladi.
  • Adabiyotlarga ihtibos (snoska)lar kvadrat shaklda matn ichida  berilgan bo’lib, foydalanilgan  adabiyotlar ro’yxati maqola so’nggida joylashtiriladi.
  • Muallif o’z maqolasiga Universal o’nlik tasnifi –UO’T (UDK) taqdim etishi UO’Tsiz maqolalar qabul qilinmaydi.

Maqolaning tuzilishi:

  • Maqola sarlavhasi
  • Muallifning familiyasi, ismi, otasining ismi (to’liq), ilmiy darajasi, ilmiy unvoni, ish joyi, lavozimi, aloqa telefonlari,elektron pochta manzili ko’rsatilishi kerak.
  • Maqola o’zbek tilida bo’lsa ,rus va ingliz tililarida, maqola ingliz tilida bo’lsa, o’zbek va rus tillarida , rus tilida bo’lsa, o’zbek va ingliz tillarida 25-30 so’zdan iborat qisqacha annotatsiya taqdim etiladi.
  • Tayanch (kalit) so’zlar, uchta (o’zbek,rus, ingliz)tilda - 10 tadan 15 tagacha so’zdan iborat bo’lishi lozim.
  • Maqola ingliz yoki o’zbek tilida yozilgan bo’lsa ustuvorlik beriladi.

Tahririyat qabul qilgan maqolalar  tegishli mutaxasssislar  ekspertizasidan o’tkaziladi va ijobiy baholanganlari  chop  etiladi.

Tahririyat yuborilgan maqolaga rasmiy taqriz yozilmaydi va u muallifga qaytarilmaydi. Murojaat uchun  telefonlar: 71-234-66-89; +998935763068; +998909695741

BOG`LANISH

Toshkent Moliya Instituti

  • Manzil: 100000 Toshkent shahri, A.Temur ko`chasi 60A
  • Telefon: (8 371) 234-53-34
  • Faks: (8 371) 234-11-48
  • Email: admin@tfi.uz
  • Ishonch telefoni: (8 371) 235-77-66
  • Jamoat transporti: 10,17,19,24,38,51,60,67,72,93,115,140
  • Ish tartibi: 09:00 dan 18:00 gacha

Hozir saytda

Hisoblagich

uz certified

Top
We use cookies to improve our website. By continuing to use this website, you are giving consent to cookies being used. More details…