TANLOVGA SHOSHILING!

Zamonaviy noutbuk, telefon yoki  planshetni  qo‘lga kiritmoqchimisiz?

 

Unda Asia Alliance Bank bilan  hamkorlikda Toshkent moliya institutida o‘tkazilayotgan «YaNGI INNOVATSION BANK XIZMATI» tanlovida ishtirok etib uni qo‘lga kiriting. Buning uchun e’londan pastda ko‘rsatilgan tartib bilan tanishib, berilgan shaklni to‘ldirib o‘z g‘oyalaringizni jo‘nating. Hay’at a’zolari aynan Sizning g‘oyangizni g‘olib deb topsa - sovg‘alardan biri Sizniki bo‘lishi mumkin.

G’oyalaringizni «Innovatsion tanlov» mazvusi ko‘rsatilgan holda joriy yilning 25 noyabrigacha This email address is being protected from spambots. You need JavaScript enabled to view it. elektron pochtasiga jo‘natishingiz yoki Ilmiy – innovatsion ishlanmalarni tijoratlashtirish bo‘yicha bo‘linmaga topshirishingiz mumkin! (Rektorat binosi 404-xona)

 

TARTIBI

 

  1. Tanlovda ijodiy jamoalar, alohida mualliflar qatnashishi mumkin. Bir muallif yoki jamoadan taqdim etiladigan g‘oyalar soni cheklanmagan.
  2. Tanlovga yangi bank xarajatlarini kamaytirish, resurslarni tejash, ishonchliligini oshirish, foydasini oshirish, raqobatdoshligini oshirishga qaratilgan yangi bank maxsuloti, xizmati yoki uni yetkazish bo‘yicha ishlanmalar qabul qilinadi.
  3. Innovatsion g‘oya bank uchun yangi va foydali, bank faoliyatida qo‘llanadigan, konkret vazifani hal qilishi, qo‘llash imkoniyati bo‘lishi kerak. Loyiha muallif tomonidan tanlovga qadar e’lon qilinmagan bo‘lsa, u haqida ma’lumotlar chop etilmagan bo‘lsa yangi hisoblanadi.
  4. G’oyalarni baholashda amaliyotda joriy qilish imkoniyati mavjud bo‘lishi va yuqori samara berishiga afzallik beriladi.
  5. Ko‘rik-tanlov 3 bosqichda o‘tkaziladi:

1-bosqich – 2018 yil 26 noyabriga qadar Toshkent moliya institutida barcha ta’lim yo‘nalishlari va bosqichlarida tahsil olayotgan talaba va magistrantlar ishtirok etishi mumkin.

2-bosqich – joriy yil 3 dekabriga qadar saralash bosqichi o‘tkaziladi. Yakuniy bosqich uchun 10 ta ishlanma tanlab olinadi.

3-bosqich – final bosqichi: joriy 10 dekabr kuni barcha tashkilotchilar, Hay’at a’zolari, Toshkent moliya instituti talabalari va barcha qiziquvchilar ishtirokida o‘tkaziladi.

Tanlovning 1-bosqich (saralash)ini o‘tkazish tartibi:

1-bosqichda ishtirokchilar moliya instituti veb-saytda joylashtirilgan ishtirokchi blanklarini to‘ldirish orqali tanlovga jo‘natilgan ishlanma va g‘oyalar ko‘rib chiqiladi;

Tanlovning 2-bosqich(yakuniy)ini o‘tkazish tartibi:

Hay’at a’zolari tomonidan sirtdan o‘tkazilgan tanlov asosida yakuniy bosqichga ishlanmalar tanlab olinadi. 2-bosqichda tanlov ishtirokchilari Hay’at a’zolari oldida o‘z g‘oyalarini, aniqlashtiruvchi savollarga javob beradilar.

Tanlovning 3-bosqich(final)ini o‘tkazish tartibi:

10 ta tanlab olingan ishlanmalar taqdimot qilinadi va Hay’at a’zolari tomonidan baholanadi. Barcha ishlanmalar quyidagi baholash mezonlari asosida o‘rganilib, jami 100 ballik tizim bilan baholanadi va natijasi final bosqichiga taqdim etiladi.

 

Tanlov Xay’ati g‘oyani baholashda quyidagilar hisobga olinadi:

  1. Ishtirokchilar taqdimotlarini baholash-5;
  2. Ishlanmalarni jozibadorligini baholash-10;
  3. G’oyaga bozorda mavjud talab-10;
  4. Taqdimotda ishlanma mavzusi va mazmunini yoritilishi-5;
  5. G’oyaga erishish darajasi-10;
  6. G’oya mazmunini aniq ifodalanganligi-10;
  7. Joriy etish maqsadi, usullari va vositalarining aniqligi-10;
  8. Loyihaning foydaliligi-10;
  9. Muammoning dolzarbligi-10;
  10. Iqtisodiy tahlilning mavjudligi-10;
  11. Ijobiy samara hajmi va muddatlari-10.

Tanlovning final bosqichi hakamlar Hay’ati tarkibi malakali bank mutaxassislaridan hamda uzoq yillik tajribaga ega professor-o‘qituvchilar jalb qilgan holda tuziladi.

Hakamlar Hay’ati a’zolari tasdiqlangan baholash mezoni asosida ishtirokchilarning loyiha, g‘oya va ishlanmalarini baholab boradi. Baholashda har bir hakam o‘z balini qo‘yadi va Sanoq komissiyasiga taqdim etadi. Sanoq komissiyasi ballarni qo‘shib, o‘rtacha ballni chiqaradi va natijasini e’lon qiladi.

Hakamlar Hay’ati a’zolarining xulosalari asosida «YaNGI INNOVATSION BANK XIZMATI» ishtirokchilari ballari aniqlanadi va g‘oliblari (1-, 2-, 3-o‘rin) taqdirlanadi.

 

 G’oliblarni taqdirlash

 

«YaNGI INNOVATSION BANK XIZMATI» – Toshkent moliya instituti va Xususiy aksionerlik tijorat Asia Alliance Bank bilan hamkorlikda o‘tkaziladigan tanlovining g‘oliblarini taqdirlash tanlovni tashkil etish va o‘tkazish to‘g‘risidagi nizomga asosan amalga oshiriladi.

 

 «YaNGI INNOVATSION BANK XIZMATI» tanlovi ishtirokchisi

 

 

(Familiya, ismi, otasining ismi)

 

       (fakultet)                                                                      (guruh)

 

      (yo‘nalish)                                                                      (yoshi)

         ___________________________________________________

      (telefoni raqami kodi bilan)                                            (e-mail)

 

Innovatsion g‘oya nomi:

 

 

 

G’oya maqsadi:

 

 

 

G’oyaga tavsif:

 

 

 

 

Kutiladigan ijobiy samara:

 

 

 

 

Iqtisodiy ko‘rsatkichlar:

 Joriy qilish qiymati:

 Yillik iqtisodiy samara:

 Mablag‘larni qaytish muddati:

 Iqtisodiy samara hisob-kitobi: