Magistratura bo‘limi

Bo‘lim boshlig‘i: Ortiqov Uyg'un Davlatovich
Qabul vaqti: Har kuni: 14:00 dan 17:00 gacha
Telefon: (+998 71) 235-87-48
Email: This email address is being protected from spambots. You need JavaScript enabled to view it.
Ortiqov Uyg'un Davlatovich - Magistratura bo‘limi boshlig‘i.

Magistratura bo‘limi tarixi

   O‘zbekiston Respublikasining “Ta’lim to‘g‘risida”gi qonuni va “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi”ga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1999 yil 12 iyuldagi 342-sonli qarori hamda Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 1999 yil 13 maydagi “Magistratura mutaxassisliklari bo‘yicha kadrlar tayyorlashga ruxsat berish haqida”gi 136-sonli buyrug‘iga binoan Toshkent moliya instituti Magistraturasi institut rektorining 1999 yil 21iyuldagi 106-sonli buyrug‘i bilan tashkil etilgan.

Magistratura bo'limiga 1999-2006 yillar davomida iqtisod fanlari nomzodi, dotsent Sh.Shayakubov, 2006-2014 yillar davomida iqtisod fanlari nomzodi, dotsent X.Axmedov rahbarlik qilgan. 2014 yildan boshlab hozirgi kunga iqtisod fanlari nomzodi, dotsent U.Ortiqov rahbarlik qilib kelmoqda.

shayakubov  ahmedov

Shayakubov Shoqobil Karimovich

(1999-2006 yy)

Axmedov Xabibulla Najullayevich            

(2006-2014 yy)

Magistratura faoliyatini tartibga soluvchi me’yoriy-huquqiy hujjatlar

     O‘zbekiston Respublikasi “Ta'lim to'g'risida”gi qonuni va “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi”, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2007-yil 10-sentyabrdagi “O'zbekiston Respublikasi Oliy ta'lim tizimida magistratura faoliyatini yanada takomillashtirish, uning samaradorligini oshirish chora-tadbirlari to'g'risida”gi 190-sonli Qarori, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2001-yil 16-avgustdagi “Oliy ta'limning davlat ta’lim standartlarini tasdiqlash to'g'risida”gi 343-sonli Qarori, O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2010 yil 18 iyundagi 118-son qarori bilan tasdiqlangan “Oliy ta'lim muassasalari magistraturasiga qabul qilish tartiblari to‘g‘risida”gi nizom, O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015-yil 2-martdagi  36-son qarori bilan tasdiqlangan “Magistratura to'g'risida”gi, O'zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2015 yil 26 noyabrda 2734-son bilan davlat ro'yxatidan o'tkazilgan “Oliy ta’lim muassasalari magistratura mutaxassisliklari talabalari tomonidan stajirovkani o‘tash tartibi to‘g‘risida”gi nizomlarda belgilangan vazifalardan kelib chiqib malakali pedagogik kadrlar tayyorlanmoqda.

Magistratura mutaxassisliklari va ularda o‘quv jarayonlarinining tashkil etilishi

   Magistratura bo‘limida 2016-2017 o‘quv yilida jami 325 nafar talaba , ya'ni, 1-kursda 121 nafar va 2-kursda 204 nafar talaba tahsil olmoqda. Magistratura bo'limida 23 nafar talaba davlat granti asosida va 302 nafar talaba to‘lov-kontrakt asosida tahsil olmoqda.

 Magitratura bo’limi bitiruvchilari soni (kishi)

magdiag

Magistratura bo‘limida 100 dan ortiq professor-o'qituvchilar faoliyat ko‘rsatib, ularning 20 nafaridan ortig’i fan doktori, professor ilmiy darajalariga va 80 nafaridan ziyodi fan nomzodi, dotsent ilmiy unvonlariga ega pedagoglardir. Jumladan, O’zbekistonda xizmat ko’rsatgan fan arbobi, iqtisod fanlari doktori, professor E.Akramov, iqtisod fanlari doktori, professor T.Malikov, iqtisod fanlari doktori, professor N.Xaydarov, iqtisod fanlari doktori, professor B.Toshmurodova kabi etuk olimlar magistratura talabalariga tahsil bermoqdalar.

Magistratura bo‘limida dars mashg’ulotlarini olib borayotgan pedagog xodimlar ilmiy salohiyati

magdiag1

Magistratura bo‘limida ta'lim-tarbiya, o‘quv va ilmiy ishlarni tashkil qilishga asosiy e’tibor qaratilgan bo‘lib ushbu ishlar yuqori saviyada amalga oshirilmoqda. Buning natijasida, Magistratura bo‘limida aniq mutaxassisliklar bo‘yicha iqtisodiyot tarmoqlari va sohalarini zarur yuqori malakali kadrlar bilan ta’minlanmoqda. O‘quv jarayoni davlat ta’lim standarti va malaka talablari, o‘quv rejalari va fan dasturlari asosida tashkil qilingan.

Bugungi kunda Magistratura bo‘limida 13 ta mutaxassislik bo‘yicha magistrlar tayyorlanmoqda. Magistraturada jami 11 ta mutaxassislik kafedralar faoliyat olib borishmoqda. magrasm1Jumladan, “Moliya”, “Bank ishi”, “Moliyaviy menejment”, “Baholash ishi va investitsiyalar”, “Menjment va marketing”, “Audit”, “Buxgalteriya hisobi”, “Pensiya ishi”, “Iqtisodiyot nazariyasi”, “Bank hisobi va audit” va “Budjet hisobi” kafedralaridir. Magistraturada o‘quv jarayoni respublikamizning ko'zga ko'ringan nufuzli tashkilotlarining malakali mutaxassislarini jalb etgan holda turli dolzarb mavzularda o‘quv seminarlari, muammoli ma’ruzalar, “Master- klass” lar tashkil etilmoqda. 

Magistratura bo‘limida dars mashg‘ulotlarini olib boruvchi mutaxassislik kafedralar bilan hamkorlikda bitiruvchi magistrlarni ish joylariga taqsimlash maqsadida “Karyera kunlari” mehnat yarmarkasi tadbirlari har yili an’anaviy tarzda o‘tkaziladi. 

Unda O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Markaziy bank va tijorat banklari, Davlat mulk qo‘mitasi, Iqtisodiyot vazirligi hamda mamlakatimizdagi boshqa korxona va tashkilotlar vakillari muntazam ravishda qatnashib kelmoqda. Shunga ko‘ra bitiruvchilarni ishga taqsimot natijasi bo‘yicha korxona va tashkilotlardan olingan takliflar umumlashtirilib borilmoqda. Hozirda bitiruvchi kurs talabalarining ishga joylashishi bo‘yicha Moliya vazirligi, Toshkent viloyati hokimligi, ATB O‘zsanoatqurilishbank, Tashqi iqtisodiv faoliyat milliy banki, ATIB Ipoteka bank, ATB Asakabank, AT Mikrokreditbank, AT Ipak yo‘li bank, ATB Aloqabank, DT Xalq banki, ATB Hamkorbank, XTAB Trastbanklar bilan hamkorlik aloqalari yaxshi yo‘lga qo'yilganligini alohida ta’kidlab o'tish lozim.

Bugungi kunda “Xalqaro moliya mutaxassisligi” talabalariga “Texas” dasturi doirasida Financial accounting (Moliyaviy hisob), Financial management (Moliyaviy menejment) hamda Public debt management (Davlat qarzlarini boshqarish) fanlaridan ingliz tilida dars mashg'ulotlari olib borilmoqda. Bundan tashqari 14 nafar magistratura talabalari Chexiyaning Iqtisodiyot va menejment oliy biznes maktabida “ERASMUS” dasturi doirasida tahsil olib qaytishdi. Ushbu loyiha muvaffaqiyatli amalga oshirilganligi munosabati ushbu loyihani kengaytirish hamda magistratura talabalari ishtirokini yanada oshirish ko‘zda tutilgan.magrasm2

Shu bilan bir qatorda 2014 yil 22 oktyabrda Istanbulda - Eduniversal 7 Xalqaro Konvensiyasida sayyoramizning 9 ta geografik hududlaridan bo‘lgan top 28 ta biznes maktablari orasida, tavsiyalar va ovozlariga muvofiq Toshkent moliya instituti magistratura mutaxassisliklarinig faoliyati bo‘yicha Markaziy Osiyoning yetakchi biznes maktablari beshligidan o‘rin oldi va Eduniversal biznes maktablari reyting ilg‘orligining yaprog‘i yaxshi katigoriyasi bo'yicha kuchli hududiy salohiyatga ega biznes maktab nominatsiyasiga munosib deb topilganini alohida ta’kidlab o‘tish lozim. Shuningdek, “Xalqaro moliya” magistratura mutaxassisligi xalqaro Eduniversal tashkilotining 2015-2016 yilgi natijalariga ko’ra jahondagi eng kuchli moliya sohasidagi magistratura mutaxassisliklari ichida global reytingda 95-o‘rinni egalladi.

                                              Ozbekiston Respublikasi oliy ta'lim muassasalarida magistrlar tayyorlashni tashkil etish Sxemasi

I

bosqich

Abituriyentlarning hujjatlarini qabul qilish

 (Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 18-iyundagi 118-son qarori bilan tasdiqlangan Oliy ta'lim muassasalari magistraturasiga qabul qilish tartiblari to‘g‘risidagi Nizom)

Iyul

II

bosqich

Magistraturaga kirish imtihonlarini o'tkazilishi

(Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 18-iyundagi 118-son qarori bilan tasdiqlangan Oliy ta'Iim muassasalari magistraturasiga qabul qilish tartiblari to'g'risidagi Nizom)

Avgust

III

bosqich

Pedagoglar tarkibini shakllantirish

 (Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 10-fevraldagi 20-son qarori bilan tasdiqlangan Oliy ta'Iim muassasalariga pedagog xodimlarni tanlov asosida ishga qabul qilish tartibi to‘g‘risidagi nizom va Vazirlar Mahkamasining 2015-yil 2-martdagi    36-son qarori bilan tasdiqlangan Magistratura to‘g‘risidagi Nizom)

Iyul-avgust

IV

bosqich

Magistratura ta'lim jarayonini tashkil qilish

 (Vazirlar Mahkamasining 2001-yil 16-avgustdagi 343-son qarori)

Kamida ikki yil

V

bosqich

Magistrlik dissertastiyasini tayyorlash

(Vazirlar Mahkamasining 2015-yil 2-martdagi    36-son qarori bilan tasdiqlangan Magistratura to‘g‘risidagi Nizom)

Birinchi o'quv yilining birinchi ikki oyi davomida

VI

Magistratura talabasining kalendar ish rejasi bo’yicha

VII

bosqich

Magistratura talabasi faoliyati ustidan monitoring olib borish

(Vazirlar Mahkamasining 2015-yil 2-martdagi    36-son qarori bilan tasdiqlangan Magistratura to'g'risidagi Nizom)

Aprel-may

VIII

bosqich

Magistrlik dissertastiyasining dastlabki va rasmiy himoyasi

Jadval asosida

 Magistratura bo'limining ilmiy-tadqiqot jarayoni

     Magistratura bo‘limida ilmiy-tadqiqot ishlari dastur va tasdiqlangan reja asosida olib borilmoqda.

     Magistratura bo‘limi talabalari tanlagan magistrlik dissertatsiyalari mavzulari ustida chuqur ilmiy izlanishlar olib bormoqdalar. Magistratura bo‘limi talabalari ilmiy izlanishlari natijalarini amaliyotda qo‘llash va dissertatsiya himoyasi chog‘ida Yakuniy Davlat Attestatsiyasi Komissiyasi a’zolariga  taqdim etmoqda. Bundan tashqari, Magistratura bo‘limi talabalarining respublikamiz turli jurnal, gazetalari va ilmiy-amaliy konferensiyalarida ilmiy maqola hamda tezislari chop etilmoqda.magrasm3

     Magistratura bo’limida har yili an’anaviy tarzda magistratura talabalarining “Moliya, bank va buxgalteriya hisobi tizimlarini takomillashtirish masalalari" mavzudagi ilmiy-amaliy konferensiyasi tashkil qilinmoqda va unda talabalarning ilmiy-tadqiqot mavzusi yuzasidan ma’ruzalari tinglanib, tezislar shaklida chop etilmoqda.

     Bugungi kunda Toshkent moliya instituti Magistratura bo‘limi talabalari ilmiy-tadqiqot faoliyatini ilmiy tekshirish institutlari, shuningdek, davlat, jamoat, tijorat va notijorat tashkilotlari, korxonalar va boshqa muassasalarda o‘tkazmoqdalar. Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2015-yil 26-noyabrda 2734-son bilan davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan “Oliy ta’lim muassasalari magistratura mutaxassisliklari talabalari tomonidan stajirovkani o‘tash tartibi to‘g‘risida”gi Nizomga ko‘ra 2016-yilning yanvar oyida   2- kurs magistratura talabalarini stajirovkaga jo‘natish rejalashtirilmoqda.

     Ilmiy-pedagogik amaliyotni o‘tash magistratura mutaxassisliklari magistrantlarining ilmiy-pedagogik mahoratini oshirishda muhim ahamiyatga egadir. Ilmiy-pedagogik ishning maqsadi - magistrantlarni zamon talablariga javob beruvchi ilmiy-pedagogik faoliyatga tayyorlashdir.magrasm4

     Ilmiy-pedagogik amaliyotning vazifasi - qo‘yilgan maqsadga mavjud tegishli qonuniy-me’yoriy hujjatlarda qo'yilgan talablarga erishishni ta’minlashdan iborat.

     Bugungi kunda Toshkent moliya instituti Magistratura bo‘limi talabalari ilmiy-pedagogik amaliyotni institutning mutaxassislik kafedralarida hamda O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi tizimidagi boshqa iqtisodiy oliy o‘quv yurtlari kafedralarida, kasb-hunar kollejlari va akademik litseylarda о‘tkazmoqdalar.

     Bugungi kunda Magistratura bo‘limi tomonidan yuqori malakali amaliyotchilar muammoli ma’ruzalarga jalb qilinib, iqtisodiyot sohalari va tarmoqlarida mavjud muammoli masalalar to‘g‘risida ma’ruzalar qilishmoqda.

    Magistratura bo‘limi talabalari mamlakatimizda tashkil qilingan turli xil tanlov va stipendiya dasturlarida samarali ishtirok etib kelmoqda. Jumladan, “Xalqaro moliya” mutaxassisligi talabasi Muqimov Sherali Axmadali o‘g‘li 2015-2016 o‘quv yili uchun, “Bank hisobi va audit” mutaxassisligi talabasi Xolmurodov Sunnatulla Musurmonqul o’g’li 2016-2017 o‘quv yili uchun O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining davlat stipendiyasi sovrindori bo‘ldi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti stipendiyasi sovrindorlari 

         magstip1                  magstip2.png
  Muqimov Sherali Axmadali o‘g‘li(2015-2016 o‘quv yili)    Xolmurodov Sunnatulla Musurmonqul o’g’li(2016-2017 o‘quv yili)

 Magistratura bo‘limida olib borilayotgan ma’naviy-ma’rifiy va tashkiliy ishlar

     Har bir jamiyatning ma’naviyat darajasi uning iste’dod egalarini, umuman, qobiliyatli o'quvchi-talabalarni qadrlashi, ularga alohida g‘amxo‘rlik ko‘rsatilishi, kamol topishi uchun yetarli shart-sharoitlarni ta’minlab berishi bilan ham belgilanadi.

     Magistratura bo‘limida olib borilayotgan ma’naviy-ma’rifiy ishlardan asosiy maqsad magistrantlarda yuksak ma’naviy fazilatlarni  kamol toptirish, talaba yoshlarni boy ma’daniy merosimiz, tarixiy an’analarimizga, umuminsoniy qadriyatlarga hurmat, ona-vatanga muhabbat, sadoqat ruhida tarbiyalash bilan birga, ularda nafaqat kasbiy, balki ma’naviy dunyoqarashni yanada yuksaltirishdan iboratdir.

     Magistratura bo‘limida ma’naviy-ma’rifiy ishlarni yanada takomillashtirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar ko‘lami kengayib bormoqda. Jumladan:

     Ustoz-shogird tizimi asosida ta’lim tarbiyani yanada jonlantirish maqsadida Institut-oila-mahalla ta’lim-tarbiya tizimi yo'lga qo'yilgan.

     Ta’lim-tarbiya maslahat kengashi, Ota-onalar kengashi tashkil etilib, unda talabalar va ota-onalar bilan muloqotlar olib borilmoqda.

     Bundan tashqari, doimiy ravishda darsdan bo‘sh vaqtlarida magistrantlar bilan turli dolzarb mavzularda davra suhbatlari, uchrashuvlar tashkil etish, turli hashar tadbirlarini tashkil etish, qariyalar holidan xabar olish, nogironlar uylariga borib ularning turmush tarzi bilan tanishib, turli sovg'a-salomlar ulashish kabi ishlar olib borilmoqda.

2015 yilda tamomlagan magistratura bo’limi bitiruvchilarining o‘qishdan keyingi faoliyati to‘g‘risida malumot

magdiag2

BOG`LANISH

Toshkent Moliya Instituti

  • Manzil: 100000 Toshkent shahri, A.Temur ko`chasi 60A
  • Telefon: (8 371) 234-53-34
  • Faks: (8 371) 234-11-48
  • Email: admin@tfi.uz
  • Ishonch telefoni: (8 371) 235-77-66
  • Jamoat transporti: 10,17,19,24,38,51,60,67,72,93,115,140
  • Ish tartibi: 09:00 dan 18:00 gacha

Hozir saytda

Hisoblagich

uz certified

Top
We use cookies to improve our website. By continuing to use this website, you are giving consent to cookies being used. More details…