Buxgalteriya hisobi

1

Karimov Akrom Abbosovich

Iqtisod fanlari doktori, professor

Qabul vaqti:

Kafedra tarixi

Kafedra institutning mutaxassislik tayyorlovchi ixtisoslik kafedrasi boʻlib, buxgalteriya hisobi va audit yoʻnalishi boʻyicha respublikada bazaviy kafedra hisoblanadi.

Kafedra boy tarixga ega. 1931-yilda Toshkent moliya instituti tashkil topishi bilan paydo boʻlgan. Shu davr mobaynida kafedraga N.B.Kartamishev (1966-y.), I.A.Shilov (1966-1967- y.y.), S.B. Qodirxonov (1969-1975-y.y.), S.X.Ablyatipov (1975-1983-y.y.), Yu.M.Itkin (1983-1990-y.y.), O.X.Xolmatov (1991-y.), M.M.To`laxo`jayeva (1992-1993-y.y.), B.A.Xasanov (1993-2005-y.y.), B.K.Xamdamov(2005-2009-y.y.), A.A.Karimov (2010-y.), B.O.Bolibekov (2011-2015-y.y), I.K.Ochilov (2015-2016-y.y) rahbarlik qilganlar. Hozirgi kunda kafedrani i.f.d., professor A.Karimov boshqarib kelmoqda. 

“Taʻlim toʻgʻrisida” gi qonun va “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi”ga muvofiq yuqori malakali kadrlar tayyorlash maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2001- yil 16-avgustdagi 343-sonli qarorining ijrosini ta’minlash maqsadida kafedrada “Buxgalteriya hisobi va audit (tarmoqlar boʻyicha)” bakalavriat yoʻnalishi va “Buxgalteriya hisobi (real sektor boʻyicha)” magistratura mutaxassisliklari uchun Davlat ta’lim standartlari va 2015-yilda malaka talablari, namunaviy oʻquv rejalari yaratilgan hamda takomillashtirilmoqda. Bugungi kunda “Buxgalteriya hisobi” kafedrasida jami 28 nafar pedagog-xodimlar faoliyat koʻrsatmoqdalar. Pedagog-xodimlardan 1 nafari iqtisod fanlari doktori, 1 nafari xizmat koʻrsatgan professor, 10 nafari iqtisod fanlari nomzodi, 11 nafari katta oʻqituvchi, 6 nafari oʻqituvchidir. Kafedraning ilmiy salohiyati yildan-yilga oshib bormoqda. 2015-2016-oʻquv yilida kafedra ilmiy salohiyati 39 foizni, oʻrtacha yosh 42 yoshni tashkil etadi.

O’quv-uslubiy ishlar

13“Buxgalteriya hisobi” kafedrasining pedagog-xodimlari ta’lim jarayonida ilgʻor pedogogik texnologiyalar va multimedia vositalaridan keng foydalanishadi. Shuningdek, ma’ruza va amaliy mashgʻulotlar davomida fanlarning nazariy jihatlarini tavsiflovchi tarqatma materiallar, slaydlar hamda koʻrgazmali qurollar qoʻllaniladi.

Ta’lim jarayonida talabalar dasturiy axborot tizimlari orqali tegishli fanlar hamda qonunchilikdagi yangiliklardan xabardor boʻlishlari va oʻqish jarayonida ulardan foydalanishlari mumkin.

Tasdiqlangan oʻquv rejasiga muvofiq kafedra tomonidan quyidagi fanlar oʻqitilmoqda:

45Bakalavriatda:

1. Buxgalteriya hisobi nazariyasi”;

2.“Moliyaviy hisob”;

3.“Boshqaruv hisobi”;

4.“Buxgalteriya hisobining milliy standartlari”;

5.“Boshqa tarmoqlarda buxgalteriya hisobining xususiyatlari”;

6.“Moliyaviy hisobot”;

7.“Soliq va boshqa majburiy toʻlovlar hisobi”;

8.“Buxgalteriya hisobi”.

Magistraturada:

1.“Boshqaruv hisobi”;

2.“Moliyaviy hisobotning xalqaro standartlari”;

3.“Maxsus fanlarni oʻqitish metodikasi”;

4.“Soliq hisoboti”;

5.“Moliyaviy hisob”.

So‘nggi yillarda kafedra pedagog-xodimlari tomonidan bir qancha o‘quv qo‘llanmalar chop etildi. Xususan, A.Karimov (hammualliflikda) “Audit” (rus tilida) o‘quv qo‘llanmasi, B.Bolibekov (hammualliflikda) “Buxgalteriya hisobini avtomatlashtirish” o‘quv-uslubiy qo‘llanmasi, K.Misirov, U.Nurmanov, N.Ishonqulov “Iqtisodiy tahlil nazariyasi” o‘quv qo‘llanmasi, D.Muxammedova, S.Jumanazarov “Boshqaruv hisobi (amaliy mashg‘ulotlar uchun)” o‘quv qo‘llanmalari nashr etildi.

Ilmiy tadqiqot ishlari

“Iqtisodiyotni modernizatsiyalash sharoitida buxgalteriya hisobi milliy standartlarini xalqaro standartlar asosida takomillashtish” mavzusidagi ilmiy tadqiqot mavzusi sifatida tanlab olingan. Kafedra pedagog-xodimlar salohiyatini yanada oshirish maqsadida iqtisod fanlari nomzodi Toʻrayev Abduraxim Nortojiyevich katta ilmiy xodim boʻlib institutga qabul qilindi.          Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi hamda Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus ta’lim vazirligi hamkorligida Toshkent moliya institutida 2013-yil 14-dekabrda “Raqobatbardosh iqtisodiyotni rivojlantirish sharoitida buxgalteriya hisobi, iqtisodiy tahlil va auditning dolzarb masalalari”, 2014-yil 7-iyunda “Iqtisodiyotni modernizatsiya qilish sharoitida buxgalteriya hisobi, audit va tahlilni takomillashtirish yoʻnalishlari” mavzularida Respublika ilmiy-amaliy anjumanlari oʻtkazildi.

Keyingi yillarda ilmiy-uslubiy ishlar borasida kafedra pedagog-xodimlari ijobiy natijalarga erishmoqda. Kafedra 2012-yildan Yaponiya, Janubiy Koreya, Xitoy xalq respublikasi nufuzli universitetlari bilan hamkorlikda “Madaniyat va Buxgalteriya uyushmasining anjumani” – xalqaro ilmiy-amaliy anjumanlar tashkil etishni yoʻlga qoʻygan. Jumladan, 2013-yil Janubiy Koreyada oʻtkazilgan “The 7th Conference of Culture & Accounting Association. Faculty of Business Administration, Pukyong National University, South Korea”, 2014-yil Xitoy xalq respublikasida “The 8th Conference of Culture & Accounting Association” xalqaro ilmiy-amaliy anjuman oʻtkazildi.

Ushbu ilmiy-amaliy anjuman 2015-yilda Toshkent moliya institutida, 2016-yilda Yaponiyada oʻtkazildi. Shuningdek, kafedra tomonidan 2014-yilda “Iqtisodiyotni modernizatsiya qilish sharoitida buxgalteriya hisobi, audit va tahlilni takomillashtirish yoʻnalishlari” hamda Respublika miqyosida ilmiy-amaliy anjumanlar oʻtkazilib, anjumanlar materiallari toʻplam boʻlib chop etildi.        

Kafedra assistenti Xalilov Sherzod Axmatovich Oʻzbekiston Respublikasi va Yevropa Ittifoqi hamkorligidagi Eramus Mundus dasturi boʻyicha “Silkroute Eramus Mundus scholarship for PhD studies mobiliti” ilmiy granti gʻolibi boʻlib, Ruminiya davlatining Aleksandra Ioan Kuza-Iasi University “Accountancy, Financial Managment” PhD yoʻnalishi boʻyicha ta’lim oldi (09.2014-03.2015-y). Kafedra katta oʻqituvchisi Tashmanov Gʻolib Davronovich esa Malayziyaning “Binary university college of management and entrepeneurship” granti asosida oʻqishga yuborildi.

O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi hamda Oliy va oʻrta maxsus ta’lim vazirligi hamkorligida Toshkent moliya institutida 2015-yil 6-avgustda Yaponiya, Janubiy Koreya va Xitoy davlatlarining oliy ta’lim muassasalari bilan birgalikda “Buxgalteriya hisobini xalqaro standartlar asosida takomillashtirishning dolzarb masalalari” mavzusida IX xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya tashkil etildi. Mamlakatimizda bugungi kunda buxgalteriya hisobini xalqaro standartlar talablari darajasida shakllantirilgan boʻlib, kelgusida ularni mamlakatimizda amalga oshirilayotgan iqtisodiy islohotlar talablariga mos holda takomillashtirib borish hamda bu borada ilmiy tadqiqotlarni yanada chuqurlashtirish talab etiladi. Mazkur konferensiyada iqtisodiyotni va uning etakchi tarmoqlarini modernizatsiyalash sharoitida xalqaro standartlar asosida buxgalteriya hisobini yuritishning dolzarb masalalari yuzasidan pedagog-xodimlar, yuqori malaka va tajribaga ega amaliyotchi mutaxasisslar, ilmiy xodimlar, yosh olimlar hamda ilmiy tadqiqot olib borayotgan magistrlar oʻz ma’ruzalari bilan ishtirok etishdi.

Konferensiyada buxgalteriya hisobini xalqaro standartlar asosida takomillashtirish ahamiyatidan kelib chiqib, moliyaviy hisobotning xalqaro standartlarini ishlab chiqish va amaliyotga joriy qilishdagi tajribalari, O‘zbekistonda moliyaviy hisobotning xalqaro standartlarini tadbiq etish, moliyaviy hisobotning xalqaro standartlari boʻyicha moliyaviy hisobotlarni tayyorlash masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Ilmiy-amaliy konferensiya natijalari boʻyicha mavzuga oid berilgan tegishli savollarga malakali javoblar berildi hamda ishtirokchilar tomonidan mamlakatimizda buxgalteriya hisobini va moliyaviy hisobotlarni xalqaro standartlar asosida takomillashtirishning dolzarb masalalari yuzasidan ilmiy-nazariy taklif va amaliy tavsiyalar berildi.

Kafedrada ma’naviy-ma’rifiy ishlar hamda Ustoz-murabbiylar faoliyatining yarim yillik ma’lumotnomalari mavjudligi

Buyuk kelajagimizning haqiqiy ma’noda yaratuvchisi hisoblangan yoshlarni yuksak bilimli, zamonaviy texnologiyalarni mukammal egallagan, ayni paytda, tarixan tarkib topgan milliy qadriyatlarimizning asl durdonalarini o‘zida mujassam etgan komil inson, barkamol avlod sifatida voyaga yetkazish institut doirasida o‘tgan o‘quv yillari davomida olib borilgan ma’naviy-ma’rifiy ishlarning o‘zagini tashkil etadi.“Buxgalteriya hisobi” kafedrasining 2016-yil 26-avgustdagi 2-sonli majlisida ma’naviy-ma’rifiy ishlar hamda ustoz-murabbiylar faoliyati rejalari ishlab chiqildi va muhokama qilindi hamda institutning ma’naviy-ma’rifiy va axloqiy-tarbiyaviy ishlari bo‘yicha prorektori tomonidan tasdiqlandi. Kafedraning pedagog-xodimlari ushbu rejaga asoson har bir o‘tkazilishi rejalashtirilgan yig‘ilish va tadbirlarni o‘z vaqtida amalga oshirib kelmoqdalar. Shuningdek, ustoz-murabbiylar ishchi rejalari ham kafedra majlisida muhokama qilinib, fakultetning ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha dekan muovini tomonidan tasdiqlangan. Kafedrada 18 ta o‘qituvchi asosiy shtatda bo‘lib, shulardan 9 tasi “Hisob va audit” fakultetining akademguruhlariga murabbiy sifatida biriktirilgan. Har bir ustoz-murabbiy o‘z faoliyatiga mas’uliyat bilan yondoshib, “Ma’naviyat va ma’rifat saboqlari” soatlarini ishchi rejaga asosan bugungi kunning dolzarb muammolarini bartaraf etishga harakat qilgan holda olib bormoqdalar. Kafedra haftaliklari va ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar o‘tkazilib kelinmoqda.

Buxgalteriya hisobi kafedrasi qoshidagi “Yosh buxgalterlar” ilmiy to‘garagi faoliyati

“Yosh buxgalterlar” ilmiy to‘garagi tasdiqlangan nizom va yillik dastur asosida faoliyat yuritadi. “Yosh buxgalterlar” ilmiy to‘garagi S.Jumanazarov rahbarligida iqtidorli va o‘zlashtirishi past talabalar bilan ilmiy izlanishlar olib boradi. To‘garak a’zosi HBA-92 guruh talabasi M.Abdullayev B.Bolibekov rahbarligida 2015-yilda “Buxgalteriya hisobi va audit” fan olimpiadasi Respublika bosqichida faxrli 2-o‘rinni egalladi. Shuningdek, HBA-74 guruh talabasi D.Yuldasheva 2015-yil uchun tanlovda “Navoiy davlat stipendiyasi” sohibasi bo‘ldi.

To‘garak a’zolari kafedra pedagog-xodimlari rahbarligida ilmiy jurnallarda maqolalar, respublika va institut miqyosida bo‘lib o‘tadigan anjumanlarda esa o‘z tezislarini namunali ishtirok etib kelmoqdalar.

“Yosh buxgalterlar” ilmiy to‘garagi iqtidorli talabalar bilan ishlashni tashkil etish borasida quyidagi faoliyatlarni olib boradi:

  • iqtidorli talabalarni aniqlash va tanlash, moyilligiga qarab ularni maqsadli tayyorlashni tashkil etish;
  • iqtidorli talabalar faoliyatini shakllantirish va rivojlantirish uchun ilmiy rahbarlarni biriktirish;
  • iqtidorli talabalarni ilmiy tadqiqot ishlarini mustaqil ravishda bajarishga o‘rgatish;
iqtidorli talabalar‘ o‘quv-reja doirasidagi mutaxassislik fanlari bo‘yicha oladigan bilimlarni mustaqil ravishda, ilmiy tadqiqot ishlarini bajarish negizida, chuqur va mukammal egallashlariga shart-sharoitlar yaratish va ko‘maklashish.

 

 

 

BOG`LANISH

Toshkent Moliya Instituti

  • Manzil: 100000 Toshkent shahri, A.Temur ko`chasi 60A
  • Telefon: (8 371) 234-53-34
  • Faks: (8 371) 234-11-48
  • Email: admin@tfi.uz
  • Ishonch telefoni: (8 371) 235-77-66
  • Jamoat transporti: 10,17,19,24,38,51,60,67,72,93,115,140
  • Ish tartibi: 09:00 dan 18:00 gacha

Hozir saytda

Hisoblagich

uz certified

Top
We use cookies to improve our website. By continuing to use this website, you are giving consent to cookies being used. More details…