Audit kafedrasi


Kafedra tarixi

«Audit» kafedrasi institut rektorining 2001-yil 26-dekabrdagi buyrug’iga asosan 2002-yil 1- yanvarda «Buxgalteriya hisobi va audit» kafedrasi tashkil etilgan.

Toshkent moliya instituti Ilmiy Kengashining 2005- yil 26-fevral 8-sonli qarori bilan kafedraning nomi «Audit» deb o’zgartirildi.

2002-2004-yillarda kafedraga i.f.d., professor A.Karimov, 2004-2013 yillarda i.f.n., dotsent Sh.Fayziyev rahbarlik qilgan. 2013-yilda i.f.n., dotsent I.Qo’ziyev kafedra mudiri sifatida tayinlandi.

O`quv-uslubiy ishlar

Tasdiqlangan o’quv rejasiga muvofiq kafedra tomonidan quyidagi fanlar o’qitilmoqda:

Bakalavriat:
  • Audit;
  • Boshqa tarmoqlarda auditning xususiyatlari.

Magistratura:

  • Amaliy audit;
  • Xalqaro audit;
  • Ichki audit;
  • Moliyaviy hisobot auditi;

1Kafedra tomonidan 5230900-«Buxgalteriya hisobi va audit (tarmoqlar bo’yicha)»2 bakalavriyat ta’lim yo’nalishi va 5A230902-«Audit (tarmoqlar bo’yicha)» magistratura mutaxassisligi bo’yicha kadrlar tayyorlanadi.

Kafedra professor o‘qituvchilari tomonidan quyidagi o‘quv uslubiy adabiyotlar nashr etilgan: M.M.Tulaxodjayeva, Sh.Fayziyev va bosh. “AUDIT” Toshkent “DeHaus print” 2012 y.; Sh.N.Fayziyev, A.A.Karimov. “Audit” Toshkent “Davr” 2012 y; Sh.N.Fayziyev, A.N.Musayev va boshqalar “Buxgalteriya hisobi va audit” “Voris –nashriyot” 2012.; Sh.N.Fayziev, A.A.Karimov “Audit” “IQTISOD-MOLIYA” 2013y.; Sh.U.Azizov, S.X.Yuldasheva «Международный аудит» 3Toshkent “IQTISOD-MOLIYA”, 2013y.; R.M.Xaydarov, Sh.N.Fayziyev “Внутренний аудит”4 Toshkent “IQTISOD-MOLIYA”, 2013.; O.A.Masharipov “Amaliy audit” Toshkent “IQTISOD-MOLIYA”, 2013.; A.A.Karimov, F.R.Islomov, A.Z.Avloqulov “Xalqaro audit” (darslik) Toshkent “IQTISOD-MOLIYA”, 2014.; Sh.N.Fayziyev, O.A.Masharipov, Sh.U.Azizov, M.S.Xojiyev “Практический аудит” Toshkent “IQTISOD-MOLIYA”, 2014.; I.I.Meliyev, O.Q.Qushmatov, I.X.Sherimbetov, I.R.Avazov “Audit” (amaliy mashg‘ulot o‘tish uchun) Toshkent “IQTISOD-MOLIYA”, 2014.

Institut rektorining 2014-yil 3-oktabrdagi “Institutda elektron modul tizimi boʻyicha ma’lumotlarning ichki (Internet) platformalarini tashkil etishni jadallashtirish toʻgʻrisida”gi 344-sonli buyrugʻi ijrosini ta’minlash maqsadida kafedraning 5bakalavriat ta’lim yoʻnalishida6 oʻqitiladigan fanlardan toʻliq matnli modul tizimiga asoslangan elektron majmualarning ichki (Internet) platformalari tashkil etildi.

Kafedrada oʻqitiladigan fanlardan toʻliq matnli modul tizimiga asoslangan elektron majmualarning ichki (Internet) platformalarini yangilab borish yuzasidan kafedra pedagog-xodimlari tomonidan chora-tadbirlar amalga oshirib kelinmoqda.

2016-2017-oʻquv yili uchun kafedrada oʻqitiladigan barcha fanlar boʻyicha oʻquv-uslubiy  majmualar yangilanib, tegishli tartibda rasmiylashtirildi. Oʻquv yili davomida ular takomillashtirib borilmoqda. Jumladan, 7qabul qilingan yangi qonun, Prezident8 farmonlari, hukumat qarorlari hamda amaldagi qonunlarga kiritilgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar e’tiborga olinib oʻquv-uslubiy majmualar yangilanib, zamonaviy oʻquv adabiyotlari bilan boyitib borilmoqda.

Kafedra pedagog-xodimlari malaka oshirish jarayonida egallagan tajribalari asosida ma’ruza va seminar mashgʻulotlarida pedagogik va axborot texnologiyalaridan keng foydalanib kelmoqdalar.

Kafedrada akademik litsey va kasb-hunar kollejlari bilan turli yoʻnalishlarda keng hamkorlik yoʻlgaqoʻyilgan boʻlib, Toshkent bank kolleji, TMI qoshidagi 1- va 2-sonli Moliya akademik litseylar bilanhamkorlik shartnomalari tuzilgan. Ushbu ta’lim muassasalari bilan kafedraning hamkorlik aloqalariga O.Kushmatov mas’ul etib belgilangan. Shu bilan birgalikda kafedra pedagog-xodimlari hamkorlikdagi ta’lim muassasalarining oʻquv-uslubiy, ilmiy-tadqiqot, ma’naviy-ma’rifiy ishlarida ishtirok etib kelmoqdalar.

Kafedraning innovatsion faoliyati

Bakalavriatning «Buxgalteriya hisobi va audit» yo’nalishida ta’lim olayotgan talabalar 4-kurs davomida bitiruvoldi amaliyotini o’taydilar.

Amaliyot O’zbekiston Respublikasi Auditorlik tashkilotlari va xo’jalik yurituvchi sub’yektlarning ichki audit xizmati bo’limlarida o’tkazilmoqda.

Kafedra O’zbekiston Auditorlar palatasi bilan xo’jalik shartnomalari asosida auditorlik faoliyati uchun ishchi hujjatlar to’plami va uslubiyoti materiallari yaratib berilmoqda.

Ilmiy-tadqiqot ishlari

11Kafedraning ilmiy-tadqiqot yo‘nalishi iqtisodiyotni modernizatsiyalash12 va diversifikatsiyalash sharoitida auditorlik faoliyatini takomillashtirish hisoblanadi. Kafedraning ilmiy-tadqiqot ishlariga pedagog-xodimlar va katta ilmiy xodim-izlanuvchilar, mustaqil izlanuvchilar va magistrantlar jalb etilgan.

Hozirgi kunda har bir kafedra a’zosi o‘ziga biriktirilgan mavzu asosida ilmiy-tadqiqot ishlarini olib bormoqda. Ilmiy-tadqiqot ishlari va erishilgan natijalar har oyda kafedra umumiy yig‘ilishida muhokama etiladi.

13Kafedra pedagog-xodimlari 2015-2017-yillarga mo‘ljallangan14 A-2-20-sonli “Audit” tekshiruvida rasmiylashtiriladigan ishchi hujjatlar to‘plamini yaratish” mavzusidagi amaliy grant ustida ish olib borishmoqda.

2007-yilda ilmiy izlanuvchi A.Avlokulov, 2009-yilda Sh.Azizov nomzodlik dissertatsiyalarini muvaffaqiyatli himoya qildi. 2009- yilda A.Karimov doktorlik dissertatsiyasini muvaffaqiyatli himoya qildilar.

2011-yil kafedra katta o‘qituvchilari S.Yuldasheva, O.Astanakulov nomzodlik dissertatsiyalarini muvaffaqiyatli15 himoya qildilar.17

Hozirgi kunda kafedra pedagog xodimlaridan O.Masharipov “Boshqaruv hisobida standart-kost tizimi bo‘yicha xarajatlar hisobi va og‘ishlar tahlilini takshil etishni takomillashtirishning asosiy masalalari”, I.Qo‘ziyev “Auditorlik hisobotini tuzish va umumlashtirish metodologiyasini takomillashtirish”, A.Avloqulov “Moliyaviy natijalar hisobi va auditi uslubiyatini takomillashtirish”, M.Yakubov “Xo`jalik yurituvchi sub`yektlarda operatsion audit va uning metodikasini takomillashtirish masalalari”, I.Sherimbetov “Auditorlik tekshiruvida muhimlik darajasi va auditorlik riskini aniqlash metodologiyasini takomillashtirish ” mavzularida doktorlik dissertatsiyalari ustida ish olib borishmoqda.

Kafedrada M.Hojiyev, Z.Tashkenbayeva, Sh.Azizov, N.Abdiyeva katta ilmiy xodim-izlanuvchilar institutida ilmiy ishlarini tayyorlashmoqda.

2015-2016-o’quv yilida I.Qo’zievning “Auditorlik hisobotlarini tuzish va ularni umumlashtirish: nazariya va metodologik masalalar”, A.Avloqulovning “Milliy inoovatsiya tizimi sub’ektlarida investitsion mulk hisobi va auditini takomillashtirish”, S.Yuldashevaning “Учёт и аудит экологических затрат на промышленных предприятиях” nomli monografiyalari chop etilgan.

Ma’naviy-ma’rifiy ishlar

Yoshlar orasida ijtimoiy-siyosiy hamda mafkuraviy dunyoqarashni yuksaltirish, ma’naviyatimizga, milliy qadriyatlarimiz va an’analarimizga hurmat tuygʻusini shakllantirish, yoshlarning qalbi va ongi, sogʻlom tafakkuri uchun kurashish taqozo etilayotgan bugungi kunda ma’naviy-ma’rifiy ishlarga alohida e’tibor qaratish, ma’naviyatni yoshlar ongiga singdirish kafedra tomonidan olib borilayotgan ma’naviy-ma’rifiy ishlarning oʻzagini tashkil etadi.

O`quv yili davomida mashhur fan, madaniyat xodimlari va siyosatchilarning talabalar bilan muloqatlari uyushtirilib kelinmoqda.

Bo'glanish uchun ma`lumot:

Manzil: 100000, A.Temur shoh ko`chasi 60a uy.

Telefon: (99871) 235-80-77

E-mail: This email address is being protected from spambots. You need JavaScript enabled to view it.

BOG`LANISH

Toshkent Moliya Instituti

  • Manzil: 100000 Toshkent shahri, A.Temur ko`chasi 60A
  • Telefon: (8 371) 234-53-34
  • Faks: (8 371) 234-11-48
  • Email: admin@tfi.uz
  • Ishonch telefoni: (8 371) 235-77-66
  • Jamoat transporti: 10,17,19,24,38,51,60,67,72,93,115,140
  • Ish tartibi: 09:00 dan 18:00 gacha

Hozir saytda

Hisoblagich

uz certified

Top
We use cookies to improve our website. By continuing to use this website, you are giving consent to cookies being used. More details…