Welcome to Official web site of Tashkent institute of finance   Click to listen highlighted text! Welcome to Official web site of Tashkent institute of finance Powered By GSpeech

A- A A+

Budjet hisobi kafedrasi

1

Hamdamov Bahrom Kasimovich

Iqtisod fanlari doktori, Professor

 

Kafedra tarixi

Ozbekiston Respublikasi budjet tizimida islohatlarni amalga oshirish borasida yuqori malakalimutaxassis kadrlar tayyorlash maqsadida shuningdek 2009/2010 oquv yilidan boshlab “Budjet hisobi va nazorati” ta’lim yonalishi boyicha kadrlar tayyorlashning yolga qoyilishi, ta’lim muassasasining mavjud moddiy texnik, oquv uslubiy ba’zasi, professor oqituvchilar salohiyati hamda kelajakda mazkur yonalish negizida magistratura mutaxassisliklarini ochish imkoniyati va budjet tizimida oliy ma’lumotli buxgalter mutaxassislarga bolgan ehtiyojdan kelib chiqib Ozbekiston Respublikasi Oliy va orta maxsus ta’lim vazirligining 2009 yil 30 dekabrdagi 87-01-836- son lixati, 2010 yil 29 yanvardagi institut Kengashining 6-sonli yigilishi qaroriga hamda institut rektorining 2010 yil 10 fevraldagi 44-sonli buyrugiga asosan institutning “Buxgalteriya hisobi” kafedrasi negizida “Budjet hisobi” kafedrasi tashkil etilgan.

Kafedra faoliyatida i.f.d.,prof. B.Hamdamov rahbarlik qilmoqda.

Oʻquv-uslubiy ishlar

12Kafedrada yangi klassifikatorga muvofiq Respublikada amalga oshirilayotgan islohotlar talablari asosida 5232000 – “Davlat budjetining g‘azna ijrosi” bakalavr ta’lim yo‘nalishi hamda 5A230903 - “Budjet hisobi va nazorati” magistratura mutaxassisligi bo‘yicha Davlat ta’lim standarti, o‘quv rejаsi, o‘quv dasturlari ishlab chiqilgan. Shuningdek fanlar bo‘yicha zamonaviy elektron modul tizimiga asoslangan o‘quv uslubiy qo‘llanmalari ishlab chiqilgan.

Kafedra professor - o‘qituvchilari tomonidan oxirgi yillar davomida ko‘plab o‘quv, ilmiy, uslubiy ishlar chop ettirilgan bo‘lib 1 ta darslik va 2 ta o‘quv qo‘llanma hamda 2 ta monografiya yaratilgan. 

56

Hozirgi kunda tasdiqlangan o‘quv rejalariga muvofiq kafedra tomonidan quyidagi fanlar o‘qitilmoqda: 

Bakalavriyatda:

- Budjet hisobi;

- Gaznachilik;

- Moliyaviy va boshqaruv hisobi;

- Boshqa tarmoqlarda buxgalteriya hisobining xususiyatlari;

- Byudjet gazna ijrosi hisobi;

Byudjet tizimi.

Magistraturada:

- Budjet hisoboti;

- Budjet hisobining xalqaro standartlari;

- Budjet nazorati;

- Budjet tashkilotlarini budjetdan ta

shqari jamg‘armalari hisobi;

- Davlat jamg‘armalari hisobi.

89Yuqorida keltirilgan barcha fanlardan xorijiy adabiyotlar asosida uquv – uslubiy majmualar shakllantirilgan. Oʻquv yili davomida ular takomillashtirib borilmoqda. Hususan, qabul qilingan yangi qonunlar, Prezident farmonlari, hukumat qarorlari hamda amaldagi qonunlarga kiritilgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar e’tiborga olinib oʻquv-uslubiy majmualar yangilanib, zamonaviy oʻquv adabiyotlari bilan boyitib borilmoqda. Kafedra pedagog-xodimlari malaka oshirish jarayonida egallagan tajribalari asosida ma’ruza va seminar mashgʻulotlarida pedagogik va axborot texnologiyalaridan keng foydalanib kelmoqdalar. Kafedrada S.Mehmonov tomonidan “Budjet hisobi” fanidan oʻquv qoʻllanma, S.Mehmonov va D.Ubaydullayevlar hammuallifligida “Budjet tashkilotlarida buxgalteriya hisobi” fanidan oliy oʻquv yurti talabalari uchun dasrlik, D.Toshmuxamedova va Sh.Allayarovlar hammuallifligida “Davlat pensiya ta’minoti” fanidan oʻquv qoʻllanma, shuningdek, S.Mehmonov muallifligida “Budjet tashkilotlarida buxgalteriya hisobi: nazariya va amaliyot” nomli monografiya, N.Boʻriyeva muallifligida“Finansovaya logistika v kommercheskix bankax” nomli monografiya nashr etilgan. 
1011S.Mehmonov tomonidan  chop etilgan “Byudjet hisobi” o‘quv qo‘llanmasi 2013 yilda,  “Budjet tashkilotlarida buxgalteriya hisobi” darsligi 2015 yilda “Yilning eng yaxshi darsligi va o‘quv adabiyoti muallifi” Respublika tanlovi g`olibi bo‘lgan.

Kafedra professori S.Mehmonov 2015 yilda “Oliy ta’lim muassasasining eng yaxshi pedagogi” Respublika tanlovining iqtisodiyot ta’lim sohasida “Mutahassisligi bo‘yicha eng yaxshi pedagog” nominatsiyasi g‘olibi bo‘lgan.

Kafedra pedagog xodimlari tomonidan magistratura talabalariga amaliy mashg‘ulotlar doirasida O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi g‘aznachiligining tegishli bo‘limlarida sayyor darslar tashkil etib kelinmoqda. Bunda talabalar institutda olgan nazariy bilimlarini qo‘llashni amaliy ko‘rish imkoniyatiga ega bo‘lishmoqda.  

12

2017-2018 yilida kafedraning asosiy shtatida kafedra mudiri i.f.d., professor B.Xamdamov, institutning faxriy professori Z.Karimova, katta o‘qituvchilar X.Iskanov, D.Toshmuhammedova, A.To’laganov,o‘qituvchilar M.Abidov, A.Tursunov, A.Kuliboyev, N.Aminova kabinet mudiri Sh.Raximova faoliyat qilmoqda.

Kafedra o‘qituvchisi Anvar Tursunov Buyuk Britaniyadagi Angliya Ruskin Universitetini magistratura (MBA) sini tamomlab hozirda “Budjet hisobi” fanidan ingliz tilida dars mashg‘ulotlarini olib bormoqda.

Ilmiy tadqiqot ishlari

1514

Kafedraning asosiy ilmiy tadqiqot yo‘nalishi “Davlat budjeti g‘azna ijrosi sharoitida budjet hisobini tashkil etishning ilmiy-uslubiy asoslarini takomillashtirish” hisoblanadi. Kafedra professor-o‘qituvchilari respublikada e’lon qilingan ilmiy, amaliy hamda innovatsion grantlar tanlovlarida faol ishtirok etib ilmiy grantlarni qo‘lga kiritib kelmoqda. Hususan, “Audit” kafedrasi bilan hamkorlikda A-2-20 sonli “Audit tekshiruvida rasmiylashtiriladigan ishchi hujjatlar to‘plamini yaratish” mavzusida 2015-2017 yillarga mo‘ljallangan amaliy grant doirasida tadqiqot olib bormoqda. Kafedraning asosiy ilmiy tadqiqot yo‘nalishi “Davlat budjeti g‘azna ijrosi sharoitida budjet hisobini tashkil etishning ilmiy-uslubiy asoslarini takomillashtirish” hisoblanadi.

1817

“Kadrlar tayyorlash milliy dasturi” talablari asosida fan, ta’lim, ishlab chiqarish innovatsion integrasiyasi doirasida Moliya vazirligi G‘aznachiligi, Xalq ta’limi vazirligi, Madaniyat va sport ishlari vazirligi, Sog‘liqni saqlash vazirligi, Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri Davlat qo‘mitasi bilan 5 yil muddatga xo‘jalik shartnomalari imzolangan va xamkorlik amalga oshirib kelinmoqda.

“Budjet tashkilotlarida buxgalteriya hisobini yuritishning dolzarb masalalari” mavzusida budjet tashkilotlari bosh hisobchi va hisobchi xodimlari uchun o‘quv-seminarlari tashkil etilmoqda.

1620

Kafedra professor-o‘qituvchilari “Budjet kodeksi”, “Budjet hisobining standartlari” va budjet hisobiga oid boshqa bir qator me’yoriy hujjatlar loyihalarini ishlab chiqishda ilmiy tadqiqot natijalari bilan ishtirok etishmoqda.

Kafedra iqtisod fanlari doktori B.K.Hamdamov raxbarligida 2 nafar doktorantlar(PhD) va 1 nafar doktorant (DSc) ilmiy tadqiqot ustida izlanish olib bormoqda.

Innovatsion g‘oyalar, texnologiyalar va loyihalar respublika yarmarkasida ishtirok etilib 2016 yilda besh million so‘m qiymatda shartnoma imzolangan va ishlab chiqarish korxonasi bilan innovatsion guruh shakllantirilgan. Ushbu guruh 1 nafar korxona vakili, 2 nafar saloxiyatli professor-o‘qituvchi va 2 nafar doktorantlar (PhD) dan iborat.

Akademik litsey va kasb-hunar kollejlari bilan hamkorlik

Kafedrada akademik litsey va kasb-hunar kollejlari bilan turli yoʻnalishlarda keng hamkorlik yoʻlga qoʻyilgan boʻlib, Toshkent bank kolleji, Toshkent Qurilish-kommunal kasb-hunar kolleji bilan, Toshkent Iqtisodiyot va biznes kolleji bilan hamkorlik shartnomalari tuzilgan. Ushbu ta’lim muassasalari bilan kafedraning hamkorlik aloqalariga А. Kuliboyev mas’ul etib belgilangan.Shu bilan birgalikda kafedra pedagog-xodimlari hamkorlikdagi ta’lim muassasalarining oʻquv-uslubiy, ilmiy-tadqiqot, ma’naviy-ma’rifiy ishlarida ishtirok etib kelmoqdalar.

Ma’naviy-ma’rifiy ishlar

Kafedra tomonidan yoshlar orasida ijtimoiy-siyosiy hamda mafkuraviy dunyo qarashni yuksaltirish, manaviyatimizga, milliy qadriyatlarimiz va ananalarimizga hurmat tuygʻusini shakllantirish, yoshlarning qalbi va ongi, sogʻlom tafakkuri uchun kurashish taqozo etilayotgan bugungi kundamanaviy-marifiyishlarga alohida etiborqaratish, manaviyatni talabalar ongiga singdirish borasida kafedra tomonidan olib borilayotgan manaviy-marifiy ishlarning oʻzagini tashkil etadi. Kafedraning 2017-2018 oʻquv yiliga moʻljallanganmanaviy-marifiy va tarbiyaviy ishlar rejasi tasdiqlangan.

Kafedraning pedagog xodimlariushbu rejaga asosan rejalashtirilgan yigʻilish va tadbirlarni talabalar turar joyida hamda institutda oʻz vaqtida amalga oshirib kelmoqdalar. Kafedra oʻqituvchisi M.Abidov Budjet hisobi va davlat jimg’armalari fakulteti tasarrufidagi DBGʻI-80 akademguruhiga, A.Tursunov DBGʻI-70, D.Toshmuhamedova DBGʻI-71 akademguruhlariga murabbiylar sifatida biriktirilgan. Ustoz murabbiylar oʻz murabbiylik faoliyatiga mas’uliyat bilan yondoshib, “Ma’naviyat va ma’rifat” soatlari ishchi rejasiasosida tadbirlar tashkil etilmoqda, talabarning yashash sharoiti bilan tanishmoqda, ma’naviy-ma’rifiy maskanlarga talabalar bilan qatnashmoqda.

Bog‘lanish uchun ma’lumotlar:

Manzil: 100000, Toshkent shahri, Amir Temur shoh ko‘chasi, 65-“A” uy.

Telefon: (99871) 235-23-87.

E-mail: This email address is being protected from spambots. You need JavaScript enabled to view it.

BOG`LANISH

Toshkent Moliya Instituti

  • Manzil: 100000 Toshkent shahri, A.Temur ko`chasi 60A
  • Telefon: (8 371) 234-53-34
  • Faks: (8 371) 234-11-48
  • Email: admin@tfi.uz
  • Ishonch telefoni: (8 371) 235-77-66
  • Jamoat transporti: 10,17,19,24,38,51,60,67,72,93,115,140
  • Ish tartibi: 09:00 dan 18:00 gacha

Hozir saytda

Hisoblagich

uz certified

Top
Click to listen highlighted text! Powered By GSpeech
We use cookies to improve our website. By continuing to use this website, you are giving consent to cookies being used. More details…