Welcome to Official web site of Tashkent institute of finance   Click to listen highlighted text! Welcome to Official web site of Tashkent institute of finance Powered By GSpeech

Kasbiy ta’lim

Omonov Akrom Abdinazarovich

Iqtisod fanlari doktori, professor


Kafedra tarixi 

Kafedra tarkibidagi fanlar 2006-2009-yillarda “Umumiqtisodiy nazariya” kafedrasi tarkibidagi fanlar bilan birgalikda o‘qitib kelingan. Institut Ilmiy kengashining 2009-yil 30-maydagi qaroriga muvofiq institutning “Umumiqtisodiy nazariya” kafedrasi bazasida “Pedagogika va psixologiya” kafedrasi sifatida tashkil etilgan. 2011-yil sentabrdan kafedra “Kasbiy ta’lim” kafedrasi nomi bilan yuritila boshlandi. Hozirgi kunda kafedrada 15 nafar pedagog- xodim faoliyat ko‘rsatmoqda. Ularning ikki nafari pedagogika fanlari doktori, professor, bir nafari iqtisod fanlari doktori, professor hisoblanadi.

Shuningdek, kafedrada bir nafar iqtisod fanlari nomzodi, faxriy professor, besh nafar pedagogika fanlari nomzodi, dotsentlar hamda olti nafar katta o‘qituvchi va o‘qituvchilar faoliyat yuritib kelmoqda. Kafedrada institutning bakalavriat va magistratura yo‘nalishlarida jami sakkizta fandan dars o‘tiladi.

“Kasbiy ta’lim” kafedrasi institutning “Moliyaviy menejment” fakulteti tasarrufida faoliyat yuritib, kasbiy ta’limning “Buxgalteriya hisobi va audit”, “Moliya” va “Bank ishi” yo‘nalishi bo‘yicha iqtisodchi-pedagogik mutaxassis chiqaruvchi kafedra hisoblanadi.

O‘quv-uslubiy ishlar

65Kafedra professor-o‘qituvchilari kafedra doirasida o‘qitiladigan fanlar va iqtisodiy yo‘nalishda qator darsliklar, monografiyalar, o‘quv qo‘llanmalari hamda ilmiy maqola va tezislar nashr etttirib kelmoqda. Xususan, keyingi uch o‘quv yilida kafedraning pedagog- xodimlari tomonidan oliy ta’lim muassasalari uchun mo‘ljallangan to‘rtta darslik, beshta monografiya, beshta o‘quv qo‘llanma va qator ilmiy maqolalar chop ettirildi.

Ilmiy tadqiqot va innovatsion faoliyat

Kafedra pedagog-xodimlaridan to‘rt nafari doktorlik dissertatsiyasi ustida ishlamoqdalar. Shuningdek, kafedra pedagog-xodimlari xalqaro va mahalliy konferensiyalarida o‘zlarining tezis va ma’ruzalari bilan ishtirok etib kelmoqda.

Kafedraning ilmiy tadqiqot ishining ustuvor yo‘nalishi “Iqtisodchi-pedagoglar tayyorlashda kasbiy ta’limni takomillashtirishning pedagogik-psixologik asoslari” masalalariga bag‘ishlangan bo‘lib, shu kunga qadar mazkur masala doirasida pedagog-xodimlar tomonidan qator ilmiy va amaliy ishlar nashr ettirilgan.

Asosiy maqsad iqtisodchi – pedagoglarni tayyorlashda yangi va zamonaviy ta’lim texnologiyalarini samarali qo‘llash, bo‘lg‘usi iqtisodchi-pedagoglarning intellektual salohiyatini yanada rivojlantirish, zamonaviy talablarga javob bera oladigan raqobatbardosh mutaxassislarni tayyorlash, pedagogik mahoratni, bilim, malaka va ko‘nikmalarni shakllantirish va ta’lim tizimini modernizatsiyalash jarayonida faol ishtirok etish hisoblanadi.

Ma’naviy-ma’rifiy ishlar

107O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimovning O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining IX sessiyasida (1997-yil 29- avgust) so‘zlagan nutqlarida bildirilgan fikrlariga diqqatimizni qaratish maqsadga muvofiqdir: “Tarbiyachining o‘zi zamonaviy bilim berish, ularning ma’lumotini, malakasini oshirish kabi paysalga solib bo‘lmaydigan dolzarb masalaga duch kelmoqdamiz. O‘qituvchi bolalarimizga zamonaviy bilim bersin deb talab qilamiz, ammo zamonaviy bilim berish uchun, avvalo murabbiyning o‘zi 93ana shunday bilimga ega bo‘lishi kerak”.

Kafedra a’zolarining aksariyati guruh murabbiyligi faoliyati bo‘yicha ish olib borishmoqda hamda institut miqyosida o‘tkaziladigan ma’naviy-ma’rifiy tadbirlarda faol qatnashib kelishmoqdalar. Ularning ishtirokida “Moliyaviy menejment” fakulteti va talabalar turar joylarida madaniy-ma’rifiy va axloqiy tadbirlar muntazam ravishda o‘tkazib kelinmoqda. prof H.Omonov ma’naviyat targ‘ibotchisi sifatida 24Yunusobod tumani miqyosida 2013-yilda 2-darajali, 2014-yilda 1-darajali diplom va shu asnodagi  Respublika tanlovining 2-darajali diplomi bilan taqdirlandi.

Kafedra va fakultet miqyosida “Odobing – saodating”, “Konstitutsiya – baxt qomusimiz”, manaviy-marifiy tadbir hamda «Zamonaviy ta’lim tizimida psixologik tarbiyaning ahamiyati: muammo va yechimlari» mavzusida seminar-trening o‘tkazildi. Tadbirda o‘qituvchilar talabalarning ta’lim olish sifati bilan bir qatorda ularning tarbiyaviy jihatlariga, ayniqsa kiyinish va muomala odoblariga ham alohida e’tibor qaratishlari lozimligini ta’kidlab o‘tishdi. Mamlakatda bugungi kunda yoshlar uchun yaratilayotgan imkoniyatlardan har bir yosh unumli foydalanishi kerakligi, bugungi kun zamonaviy ta’lim tizimida joriy etilayotgan axborot texnologiyalaridan har bir yoshda yetarli darajada malaka, ko‘nikma, bilim hosil qilishi ushbu xislatlarga ega bo‘lishda pedagog-psixologlarning oldida turgan vazifalar haqida pedagog-xodimlar tomonidan madaniy-ma’rifiy va axloqiy tadbirlar o‘tkazib kelinmoqda.

Institutda muntazam ravishda “Sog‘lom turmush tarzi” doirasida fakultetlararo sport musobaqalari o‘tkaziladi. “Kasbiy talim” kafedrasi pedagog-xodimlari ham ushbu musobaqada faol ishtirok etib kelishmoqda. Faol ishtirok etgan pedagog-xodimlar institut rahbariyati tomonidan “Faxriy yorliq” bilan taqdirlandi.

Bog‘lanish uchun ma’lumotlar:

Manzil: 100000, Kichik xalqa ko‘chasi 7 uy

Tel: (99871) 234-66-39

E-mail: This email address is being protected from spambots. You need JavaScript enabled to view it.

 

 

 

 

BOG`LANISH

Toshkent Moliya Instituti

  • Manzil: 100000 Toshkent shahri, A.Temur ko`chasi 60A
  • Telefon: (8 371) 234-53-34
  • Faks: (8 371) 234-11-48
  • Email: admin@tfi.uz
  • Ishonch telefoni: (8 371) 235-77-66
  • Jamoat transporti: 10,17,19,24,38,51,60,67,72,93,115,140
  • Ish tartibi: 09:00 dan 18:00 gacha

Hozir saytda

Hisoblagich

uz certified

Top
Click to listen highlighted text! Powered By GSpeech
We use cookies to improve our website. By continuing to use this website, you are giving consent to cookies being used. More details…