Bank ishi

Saidov Doniyor Abdullayevich

Iqtisod fanlari nomzodi, dotsent


Kafedra tarixi

“Bank ishi” kafedrasi 1930-yillarda O‘rta Osiyo moliya instituti tashkil etilishining birinchi yillarida “Pul muomalasi va kredit” kafedrasi nomi bilan ochilgan, keyinchalik Toshkent xalq xo‘jaligi institutining “Pul muomalasi va kredit” kafedrasi deb nomlangan. 1991-yilda Toshkent moliya instituti tashkil etilishi bilan bu kafedra shu institutining “Pul muomalasi va kredit” kafedrasi sifatida faoliyat olib bordi. 1996-yilda kafedraga “Bank ishi” kafedrasi nomi berildi. “Bank ishi” kafedrasi 70 yildan ortiq tarixga ega bo‘lib, uning asoschilari bank ishi fanidan mashhur bo‘lgan olimlar – professorlar Yu.E.Shenger, N.N.Shabanovalar hisoblanadi. Respublikamizda “Bank ishi” sohasini o‘rgatishda faol ishlagan va ishlayotgan olimlar – professor M.S.Angelidi, S.A.Berjanov, I.V.Shanchenko, V.A.Ten, X.K.Kashapov, Sh.Z.Abdullayeva, Z.A.Xolmaxmadov, S.X.Norqobilov va boshqalar, shu kafedraning faxrli a’zolaridir.

O‘quv-uslubiy ishlar

12Kafedra o‘z faoliyati davomida respublikamiz bank va moliya tizimi uchun yetuk mutaxassislarni, shuningdek, o‘z sohasini mukammal o‘zlashtirgan pedagog-olim va faol iqtisodchi olimlarni tayyorlab kelmoqda.

Hozirgi kunda kafedraning asosiy shtatdagi 24 ta pedagog-xodim bakalavriatda 5 ta fandan, magistratura mutaxassisliklarida esa 6 ta fandan dars mashg‘ulotlarini olib bormoqdalar. Kafedrada yetakchi pedagog-xodimlardan O.Ortiqov, D.Saidov, Sh.Z.Abdullayeva, Z.Xolmaxmadov, T.Boboqulov, R.Shomurodov, U.Abdullayev,I.Rahmonov, I.Kulliyev, I.Alimardonov, N.Abrayev va

34boshqalar talaba va magistrlarga bilim berib kelmoqda.

Hozirgi kunda kafedrada 2 nafar professor, 10 nafar fan nomzodi va dotsentlar, shuningdek, 15 dan ortiq katta o‘qituvchi va assistentlar faoliyat ko‘rsatib kelmoqda.

Kafedraning pedagog-xodimlari tomonidan «Bank ishi» ta’lim yo‘nalishi va mutaxassisligi bo‘yicha Davlat ta’lim standartlari ishlab chiqilgan.

 

56Shuningdek, kafedra tomonidan o‘qitilayotgan mutaxassislik fanlari malakali pedagog-xodimlar hamda ishlab chiqarishdan jalb etilgan mutaxassislar tomonidan so‘nggi pedagogik texnologiyalar asosida olib borilmoqda.

Kafedra tomonidan har yili an’anaviy tarzda “Pul, kredit va banklar” fanidan “Pul, kredit va banklarning dolzarb masalalari” mavzusida viktorina tashkil etib kelinmoqda. Ushbu viktorinada hamkor tashkilotlar, jumladan, tijorat banklari ham homiy sifatida ishtirok etib kelishmoqda.“Bank ishi” kafedrasi tomonidan har yili bitiruvchi kurs talabalarini o‘z sohalari bo‘yicha ishga joylashishlariga amaliy yordam berish maqsadida “Karera kunlari” tashkil 

89tilib unda O‘zbekistonRespublikasi Markaziy banki va mamlakatimizdagi barcha tijorat banklari ishtirok etishib, bitiruvchi kurs talabalari bilan ikkitomonlama shartnomalarni imzolashmoqda.

Kafedraning pedagog-xodimlari tomonidan Davlat ta’lim standartlari talabiga asosan, magistratura bo‘yicha 6 ta fandan, bakalavriat yo‘nalishi bo‘yicha 5 ta fandan namunaviy o‘quv dasturi va ishchi o‘quv dasturlari ishlab chiqildi.

Hozirgi kunda tasdiqlangan o‘quv-rejaga asosan kafedra tomonidan

11bakalavr va magistraturada 11 ta fandan 10ma’ruza hamda amaliy darslar olib borilmoqda. Jumladan:

Bakalavriat ta’lim yo‘nalishida:

  • Pul, kredit va banklar;
  • Bank ishi;
  • Xalqaro valuta-kredit munosabatlari;
  • Bank menejmenti va marketingi;
  • Pul-kredit orqali muvofiqlashtirish.

12

  • 13Magistratura mutaxassisligida:
  • Tijorat banklari resurslarini boshqarish;
  • Bank risklari;
  • Monetar siyosat;
  • Xorijiy mamlakatlarda bank ishi;
  • Xalqaro valuta operatsiyalari va hisob-kitoblar;
  • Ilmiy-tadqiqot metodologiyasi.

Bundan tashqari, Kredit-iqtisod fakultetida “Ingliz tili” guruhlari tashkil etilgan bo‘lib, kafedra tomonidan o‘qitilayotgan “Pul, kredit va banklar”, “Bank ishi”, “Bank menejmenti va marketingi” kabi fanlar hamda Moliya-iqtisod fakultetida ham xuddi shunday guruhlar tashkil etilgan bo‘lib, “Pul, kredit va banklar”, “Bank ishi” fanlari ingliz tilida o‘tilmoqda.

Kafedraning innovatsion faoliyati

Kafedra pedagog-xodimlari ta’lim jarayoni davomida multimedia vositalaridan keng foydalanib kelinmoqda, jumladan, har bir mavzu bo‘yicha taqdimotlar, jadvallar, slaydlar va zaruriy ish o‘yinlari ishlab chiqilgan. Shuningdek, ma’ruza va amaliy mashg‘ulotlar davomida fanlarning nazariy jihatlarini tavsiflovchi tarqatma materiallar hamda ko‘rgazmali qurollardan qo‘llaniladi.

Aytib o‘tish joizki, pedagog-xodimlar doimiy ravishda o‘z malakalarini nafaqat Respublika miqyosida, balki chet el davlatrarida ham oshirib kelmoqdalar. Jumladan, i.f.n. O.Ortiqov Ispaniya, Janubiy Koreya, AQSh, i.f.n. D.Saidov Koreya, i.f.d. T.Boboqulov Lyuksemburg, k.o‘q. Sh.Davirova Germaniya, F.Xolmamatov Hindiston, D.Mamasobirov Slavakiya kabi davlatlarning nufuzli universitetlarida o‘z malakalarini oshirib keldilar.

Kafedra tomonidan innovatsion hamkorlik doirasida respublikamizning barcha tijorat banklari bilan hamkorlik shartnomalari tuzilgan bo‘lib, bunga asosan qator tadbirlar amalga oshirilmoqda. Xususan, banklarning malakali mutaxassislari istirokida dolzarb mavzularda ma’ruza va davra suhbatlari tashkil qilinib kelinmoqda. Shu bilan birga o‘tgan o‘quv yilida hamkorlikning ijobiy natijasi sifatida ATIB “Ipotekabank”(5954800 so‘mlik), XAB “Trastbank”( 5485570 so‘mlik), AT “Aloqabank”( 5

804240 so‘mlik), ATB “Qishloqqurilishbank” (11295060 so‘mlik), ATB “Agrobank”(3248700 so‘mlik)lar tomonidan homiylik ishlari amalga oshirilib, institutning tegishli o‘quv xonalari texnik vositalar bilan jihozlandi.

Shuningdek, 2016-2017-o‘quv yillarida AT “Xalq banki” bilan ham ana shunday hamkorlik amalga oshirilmoqda. Bu esa, institutda o‘quv jarayonini zamonaviy talablar asosida tashkil etilishiga xizmat qilmoqda.

Ilmiy tadqiqot ishlari

Kafedrada bir qator ilmiy izlanuvchilar yetuk professor olimlar ilmiy rahbarligi ostida izlanishlar olib bormoqda. Shuning samarasi sifatida kafedraning hozirgi kundagi ilmiy salohiyati 50% dan oshganligi ko‘rishimiz mumkin.

O‘tgan yillar davomida kafedra pedagog-xodimlari tomonidan bir qator darsliklar, o‘quv qo‘llanmalar hamda monografiyalar chop etildi.

Kafedra pedagog-xodimlari tomonidan quyidagi darsliklar va o‘quv qo‘llanmalar chop etildi:

Darslik:

T.Bobakulov, U.Abdullayev. “Xalqaro valuta-kredit munosabatlari”. 2014-y.

U.Azizov va boshqalar. “Bank ishi”. 2016-y.

O‘quv qo‘llanmalar:

  • D.Saidov va boshqalar. “Pul va pul muomalasi”. 2011-y.
  • D. Saidov, I.Qulliyev. “Pul muomalasi va kredit”. 2014-y.
  • O.Ortiqov, I.Qulliyev.“Bank menejmenti va marketingi”. 2015-y.

Monografiyalar:

  • O.Sattarov “Tijorat banklari likvidligini boshqarish”, 2011 y.
  • O.Sattarov “GEP va uni boshqarsh”, 2011 y.
  • O.Sattarov “Sekyuritizatsiya”, 2011 y.
  • U.Azizov “O‘zbekiston iqtisodiyotining barqaror o‘sishini ta’minlashda monetar va fiskal dastaklar ta’siri” 2013 y.
  • M.Egamova “Tijorat banklari kapitallashuv darajasini oshirishda daromadlarning roli”, 2013 y.
  • I.Qulliyev “Tijorat banklarida kredit bahosining shakllanish amaliyoti va uni takomillashtirish”, 2013 y
  • O.Sattarov, M.Tangishov “Internet-banking”, 2014 y.
  • O.Sattarov, Yu.Abdullaeva “Inflyasiya:muammolar va yechimlar”, 2014 y.
  • D.Saidov. “Tijorat banklarining kreditlash amaliyoti va uni takomillashtirish yo‘llari” 2015 y.
  • D.Mamasobirov. “Anti-money laundering” 2015 y.
  • O.Sattarov. “O‘zbekiston Respublikasi bank tizimi barqarorligini ta’minlash: nazariy va metodologik jihatlar” 2015 y.
  • U.Abdullayev. “Monetar siyosat” 2015 y.

Shuningdek, “Bank ishi” kafedrasi professor-o‘qituvchilari tomonidan respublika miqyosidagi 2 ta grant 2015-2017 yillar uchun qo‘lga kiritildi.

Jumladan, Yosh olimlarning 2016-2017 yillarga mo‘ljallangan YoF-1-10-“Bank tizimi barqarorligini ta’minlash orqali mamlakat kredit reytingini oshirishning asosiy yo‘nalishlari” mavzusidagi 40 mln.so‘mlik grant yutib olindi.

Bundan tashqari, 2015-2017 yillarga mo‘ljallangan Amaliy ilmiy-texnik tadqiqot dasturlari doirasida “Tijorat banklari resurs bazasini mustahkamlashning uslubiy va amaliy asoslarini takomillashtirish yo‘llari” mavzusida 81,0 mln.so‘mlik grant yutib olindi.

“Bank ishi” kafedrasi qoshida iqtidorli talabalarni o‘zida birlashtirgan “Bo‘lajak bankirlar” klubi muntazam ravishda faoliyat yuritmoqda. Bundan tashqari, bank tizimida ko‘zga ko‘ringan iqtisodchi olimlar va amaliyotchilar ishtirokida bank tizimidagi dolzarb masalalarga bag‘ishlangan muammoli ma’ruzalar doimiy ravishda tashkil etib kelinmoqda.

O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, O‘zbekiston Respublikasi Markaziy Banki, O‘zbekiston Respublikasi Bank-moliya akademiyasi Bank ishi kafedrasi bilan hamkorlikda 2015-yil 13-may kuni “Moliya-bank tizimini modernizatsiyalashning dolzarb masalalari” mavzusidagi respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi tashkil etildi.

Anjumanning yalpi yig‘ilishda A.A.Nazirqulov – O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputati, J.A.Abdurasulov – O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki kredit tashkilotlarni litsenziyalash va tartibga solish departamenti direktori o‘rinbosari, D.X.Pulatov – O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi g‘aznachilik bo‘limi boshlig‘i, i.f.n., dotsent, F.I.Mirzayev – O‘zbekiston Respublikasi Bank- moliya akademiyasi, i.f.d., Sh.A.Toshmatov – O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasi kafedra mudiri, i.f.d., professor, T.I.Boboqulov – Toshkent moliya instituti “Bank ishi” kafedrasi, i.f.d. professor kabilar o‘z ma’ruzalari bilan ishtirok etishdi.

Bank ishi kafedrasi tomonidan 2015-yil 30-oktabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, O‘zbekiston Respublikasi Markaziy Banki, Toshkent moliya instituti, O‘zbekiston Respublikasi Banklar assotsiatsiyasi bilan hamkorlikda “O‘zbekiston Respublikasida qulay ishbilarmonlik muhitini shakllantirishda bank tizimining roli” mavzusida respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi tashkil etildi.

Shu bilan birga, Bank ishi kafedrasi tomonidan 2016-yil 13-aprel kuni “Tijorat banklarining resurs bazasini mustahkamlash, investitsion faolligi va moliyaviy barqarorligini oshirishning dolzarb masalalari” mavzusidagi respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi tashkil etildi.

Ma’naviy-ma’rifiy ishlar

2021Kafedra tomonidan 2016-2017-o‘quv yili uchun tasdiqlangan reja asosida ma’naviy-ma’rifiy ishlar olib borilmoqda. Kafedra pedagog-xodimlaridan 10 nafari talabalarga tasdiqlangan ish-rejalari asosida murabbiylik qilib, ular bilan "Ustoz-shogird" tamoyili asosida ish olib bormoqdalar. Doimiy ravishda talabalar bilan har xil dolzarb mavzularda davra suhbatlari, uchrashuvlar olib boriladi. Shuningdek, talabalar turar joyida “Kafedra haftaliklari” muntazam ravishda o‘tkazilib kelinmoqda. Toshkent shahri 15va 17Respublikamizning diqqatga sazovor bo‘lgan joylariga talabalar bilan birgalikda tashriflar uyushtirib turiladi.

Jumladan, 2016-yil 29- sentabr kuni 2-talabalar turar joyida “Bank ishi” kafedrasi o‘qituvchilari tomonidan “Internet va yoshlar” mavzusiga bag‘ishlangan institut talaba-yoshlari bilan kafedra haftaligiga bag‘ishlangan davra suhbati bo‘lib o‘tdi.

2016-yil 26-fevral kuni “Bank ishi” kafedrasi taklifiga asosan Germaniya va O‘zbekiston o‘rtasida akademik almashuvlar bo‘yicha maslahatchi Gert-Rüdiger Wegmarshaus Toshkent moliya institutining kredit-iqtisod fakulteti talabalari uchun “Yevropa iqtisodiy va valuta ittifoqi” mavzusida muammoli ma‘ruza o‘qidi.

2016-yil 13-14-aprel kunlari O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan Oliy Majlis Qonunchilik palatasining Budjet va iqtisodiy islohotlar qo‘mitasi hamda Axborot va kommunikatsiya texnologiyalari masalalari qo‘mitasi, O‘zbekiston banklari assotsiatsiyasi va Axborot texnologiyalari korxonalari va tashkilotlari assotsiatsiyasi bilan hamkorlikda tashkil etilgan bank texnologiyalari, uskunalari va xizmatlari "BankExpo-2016” IX milliy ko‘rgazmasi o‘tkazildi.

Bu yirik anjumanga 48 mingdan ortiq tadbirkorlar, xorijiy investor va ekspertlar, kasb-hunar kollejlari bitiruvchilari, aholi va poytaxtimiz mehmonlari tashrif buyurdi. Ular zamonaviy axborot texnologiyalari asosida yangi xizmatlar, jumladan depozit turlari va kredit mahsulotlari batafsil ma’lumotlar oldilar.

Ushbu anjumanga Toshkent moliya Instituti Kredit-iqtisod fakulteti talabalari “Bank ishi” kafedrasi pedagog-xodimlari bilan tashrif buyurib O‘zbekiston Respublikasi tijorat banklari faoliyati bilan yaqindan tanishishdi.

Umuman olganda "BankExpo-2016” IX milliy ko‘rgazmasi talabalarni o‘z tanlagan yo‘nalishlari bo‘yicha katta qiziqish uyg‘otdi.

2016-yil 29-fevral kuni Kredit-iqtisod fakultetida Bank ishi kafedrasi kafedra kunlari doirasida “Ayol qadri – millat qadridir” mavzusida anjuman bo‘lib o‘tdi. Anjumanda O‘zbekiston xalq artisti, „El-yurt hurmati“ ordeni sovrindori Munojot Yulchiyeva, Toshkent shahar bilim-axborot kutubxona markazi xodimi Hafiza Karimova, Toshkent moliya instituti xotin-qizlar qo‘mitasi raisi Ra’no Azimbayeva, Toshkent moliya instituti professori Sharbat Abdullayeva, fakultet pedagog-xodimlari va talabalari ishtirok etdi.

Bog‘lanish uchun ma’lumotlar:

Manzil: 100000, Amir Temur shoh ko‘chasi, 60a-uy.

Tel: (99871) 234-43-42

E-mail: This email address is being protected from spambots. You need JavaScript enabled to view it.

 

 

 

 

BOG`LANISH

Toshkent Moliya Instituti

  • Manzil: 100000 Toshkent shahri, A.Temur ko`chasi 60A
  • Telefon: (8 371) 234-53-34
  • Faks: (8 371) 234-11-48
  • Email: admin@tfi.uz
  • Ishonch telefoni: (8 371) 235-77-66
  • Jamoat transporti: 10,17,19,24,38,51,60,67,72,93,115,140
  • Ish tartibi: 09:00 dan 18:00 gacha

Hozir saytda

Hisoblagich

uz certified

Top
We use cookies to improve our website. By continuing to use this website, you are giving consent to cookies being used. More details…